26.06.2018 yildagi PQ-3807-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.06.2018 yildagi PQ-3807-son
Date of entry into force
27.06.2018
Hujjat 27.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-iyunda Ostona shahrida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni amalga oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan xar tomonlama foydalanish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), Tashki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ittifoqi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasining ular muassisligida nodavlat notijorat tashkiloti koʻrinishidagi muassasa shaklida Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Halq diplomatiyasi markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, kuyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHHT mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegatsiyalarning oʻzaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHHT mamlakatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHHT mamlakatlari oʻrtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot resurslarini shakllantirish xamda SHHTning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, SHHT mamlakatlarining madaniy- gumanitar sohada erishgan yutuqlari toʻgʻrisida axborot-taxliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHHT mamlakatlari va ularning xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik ruxini mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat subsidiyalari, ijtimoiy buyurtmalar va ijtimoiy sheriklik doirasida ajratiladigan grantlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnikaviy koʻmaklashish vositalari, xalqaro va xorijiy hukumat, noxukumat tashkilotlari, tijorat banklari xamda boshqa tashkilotlarning Markaz faoliyatini koʻllab-quvvatlashga ajratadigan grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markazga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur statistik va tahliliy axborotni talab qilish va bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun davlat mulki boʻlmish majlislar zali va konsert zallaridan (ana shu zallar oʻz tasarrufida boʻlgan subyektlar bilan kelishilgan jadval boʻyicha) bepul foydalanish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashki ishlar vazirligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan taʼminlash, shuningdek, Markaz tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy ekspertlarni taklif qilish maqsadida texnikaviy koʻmaklashish vositalarini va grantlarni jalb etish masalalarini SHHT hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan puxta ishlab chiqishda Markazga yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda SHHT mamlakatlari oʻrtasida madaniy-gumanitar, sport hamda boshqa aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda madaniyat, sport, turizm va OAV sohasidagi tadbirlarni tashkil qilishda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Milliy teleradiokompaniya Markazga yordam bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markazga ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniya. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislar zali va boshqa mulkdan vaqtincha foydalanish uchun ularni bepul taqdim etish orqali madaniy, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda Markazga yordam bersinlar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 45-uyda ijara haqi “nol stavka” boʻyicha joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilda Qoʻmitaga Markaz joylashadigan bino qismini mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlari doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga xodimlar mehnatiga haq toʻlash uchun Tashki ishlar vazirligi xodimlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Markazning zarur zamonaviy kompyuterlar. tashkiliy texnika, mebel va anjomlar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning telefon aloqasi va Internet tarmogʻiga ulanishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan birgalikda Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondiga hamda chet ellardagi litsenziyalangan yetakchi axborot-kutubxona resurslarining fondlariga doimiy elektron bogʻlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzavtosanoat” AJga “Lasetti” rusumli 1 dona yangi avtotransport vositasini Markazga xayriya ionasi sifatida topshirish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Markaz qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga binoan, Markaz tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga binoan, Markazda ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga vizalar muddati uzaytirilishini. shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Milliy teleradiokompaniya va Milliy axborot agentligi Markaz faoliyatining maqsad va vazifalarini aholi oʻrtasida. shu jumladan, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 26-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3807-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 07/18/3807/1401-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)