25.06.2018 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.06.2018 yildagi 474-son
Date of entry into force
27.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Badiiy ekspertlar kengashi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
474-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 474- son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Sh. Nurulloyev

Madaniy meros agentligi direktori, Badiiy ekspertlar kengashining raisi

2.

F. Ruzikulov

Madaniy meros agentligi boshqarma boshlig‘i, Badiiy ekspertlar kengashining raisi o‘rinbosari

3.

F. Tashmuxammedov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining o‘rinbosari

4.

V. Fayziyeva

O‘zbekiston davlat san’at muzeyining direktori

5.

S. Raxmetov

O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rang tasvirchi rassom

6.

A. Xakimov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor

7.

A. Mamajonov

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, grafik rassom

8.

A. Raximov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, kulol

9.

M. Borodina

Toshkent arxitektura va qurilish institutining kafedra professori, haykaltarosh

10.

N. Axmedova

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, san’atshunos

11.

Z. Raximova

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining professori

12.

Lavozimiga ko‘ra

Madaniy meros agentligining Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i, Badiiy ekspertlar kengashining mas’ul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Badiiy ekspertlar kengashining raisi, Badiiy ekspertlar kengashi raisining o‘rinbosari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan Badiiy ekspertlar kengashiga qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 474- son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash idoraviy mansubligidan qat’i nazar davlat muzeylarining fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish ishlarini amalga oshiruvchi va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilovchi kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengash a’zolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tavsiyasi bilan asosiy ish joyidan belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda Madaniy meros agentligining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan taqdim etilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning qiymatini baholash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan badiiy asarlarning eskizlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ularning badiiy qiymati va shartnoma tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan rang tasvir, miniatura, haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’at, installyatsiya asarlarini ko‘zdan kechirish, g‘oyaviy-badiiy qiymati, bajarilgan ishlarni qabul qilish va mualliflik haqining miqdori bo‘yicha xulosalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kengashning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xulosalar, tavsiyalar, takliflar berish va qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishgan holda, qoida tariqasida, kamida 7 nafar va ko‘pi bilan 17 nafar (Kengash raisi, o‘rinbosari, mas’ul kotibi va kengash a’zolari)dan iborat tarkibda shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash tarkibiga yetakchi san’atshunoslar va rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, dekorativ-amaliy san’at ustalari, arxeolog, numizmat, manbashunos olimlar, mutasaddi rahbarlar, muzey muhofizlari va ko‘rgazma bo‘limlarining mutaxassislari, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim va fan muassasalarining xodimlari kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kengashning ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondini to‘ldirib borish maqsadida tasviriy, an’anaviy va noan’anaviy dekorativ-amaliy san’at, teatr-bezak san’ati, arxeologik, numizmatik, yozma manbalar hamda boshqa tarixiy va zamonaviy madaniy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha e’lonlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilishga va boshqa tegishli maqsadlarda taqdim etilgan madaniy boyliklar ro‘yxatini shakllantiradi, ularning fotosuratlarini ro‘yxatga ilova qiladi hamda asarlarni ekspertizadan o‘tkazish va qiymatini baholash uchun Kengashga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashda ish yuritilishini tashkil etadi, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kengash majlisining kun tartibi Kengash kotibi tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash kotibi ekspertizadan o‘tkaziladigan va qiymati baholanadigan ashyolarning zarur hujjatlari to‘plamini tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash ko‘rgazmalar va rassomlarning ustaxonalarida badiiy asarlarni ko‘zdan kechirishi, muzey va ko‘rgazma fondlari uchun xaridlar haqida tavsiyalar berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalariga muvofiq, shuningdek, ushbu haq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalariga mos ravishda asarlarning bahosini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashga ma’lum bir asar yoki ashyoga xulosa berish ehtiyoji tug‘ilganda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan qo‘shimcha soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kengash majlisi Kengash raisi va uning o‘rinbosari rahbarligida o‘tkaziladi hamda Kengash qarori a’zolarning kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda, ochiq ovoz berish yo‘li bilan, majlisda qatnashayotgan mutaxassislarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning har bir a’zosi umumiy qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z fikrini bildirish huquqiga ega va bu bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada har bir asar bo‘yicha ovoz berish natijalari ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha taklif etilgan maslahatchilar va ekspertlar ovoz berishda ishtirok etmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash a’zosi tomonidan yaratilgan asar ekspertizadan o‘tkazish va qiymatini baholash uchun Kengashga kiritilgan taqdirda ushbu Kengash a’zosi ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kengashning majlislari bayonnomalarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Kengash majlisida ishtirok etgan a’zolar va taklif etilganlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) homiylik xayriyalari ko‘rinishidagi yoki xarid qilishga taqdim etilgan madaniy boyliklarni muzey fondiga kiritishning maqsadga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xarid qilishga taqdim etilgan madaniy boyliklar haqida qisqa ma’lumotlar (nomlanishi, muallifi, yaratilgan joyi, qisqa vizual ta’rifi, materialning nomi, texnikasi, o‘lchami, imzoning mavjudligi hamda saqlanganlik holati ko‘rsatilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) madaniy boyliklarni homiylik xayriyasi sifatida yoki xarid qilish uchun taqdim etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili va pasport ma’lumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Kengash tomonidan ko‘rib chiqish uchun vaqtinchalik saqlashga olingan ashyolarni qabul qilish dalolatnomasi, hadya etish yoki oldi-sotdi shartnomasining loyihasini ilova qilgan holda (zarur holatlarda kolleksiya ro‘yxati bilan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengash bayonnomasining qaror qismida sotib olingan asar yoki ashyoning yo‘nalishi bo‘yicha qaysi davlat muzeyining asosiy yoki yordamchi fondiga kiritish to‘g‘risidagi tavsiya yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnoma Kengash raisi, kotibi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kengash majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kengashda ish yuritish, hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanilishi uchun mas’uliyat, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish Kengash raisiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini xarid qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Kengash majlisi bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi buyrug‘i nusxasi muallif va mulkni tasarruf etuvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga topshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Kengash majlisi bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi buyrug‘i nusxasi tegishli davlat muzeylarining fondlariga kelib tushayotgan asarlarni qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun topshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kengash muallif va mulkni tasarruf etuvchining iltimosiga ko‘ra asarni uning ishtirokida ko‘rib chiqishi mumkin, asarning bahosi to‘g‘risidagi qaror Kengashning yopiq majlisda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kengash a’zolari uzrsiz sabablarga ko‘ra uch marotaba majlislarda ishtirok etmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi ularni Kengash tarkibidan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Moliyalashtirish va hisob-kitob tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sotib olish uchun Kengash tomonidan baholanadigan ashyolar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari, shuningdek, boshqa madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida Kengashning qaroriga asosan sotib olinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashning tasdiqlangan majlis bayonnomasini va Madaniy meros agentligining tegishli buyrug‘i hamda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda rassomlarga mualliflik gonorari to‘lash va ashyolarni tasarruf etuvchilar bilan hisob-kitob qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshiradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli davlat muzeyining bosh muhofizi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, asarlarni muzey va ko‘rgazma fondlariga qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan so‘ng, rassomlar va asarlarni tasarruf etuvchilar bilan to‘lovning qolgan 85 foizi hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda davlat muzeylari fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun tasviriy, dekorativ-amaliy, teatr-bezak san’ati asarlari, tarixiy yodgorliklar, arxivlar, noyob kitoblar va boshqa madaniy boyliklar, badiiy asarlar, kolleksiyalar yoki alohida buyumlarni xarid qilish uchun buyurtma berish huquqiga ega.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kengash faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash ishchi organi Kengash faoliyati yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga ma’lumot taqdim etadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 09/18/474/1399-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)