Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5199-sonli Farmoniga muvofiq “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari taʼsis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan soha xodimlarining mehnatini munosib taqdirlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlarini Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston fermerlari kengashining qarori asosida;
“Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari bilan mukofotlash Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
3. Quyidagilar:
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasining tavsiflari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasining tavsiflari 8 va 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar:
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston fermerlari kengashining mablagʻlari hisobidan;
“Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyun,
PQ-3803-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etgan, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari taqdirlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bilan hamkorlikda tuman fermerlari kengashi tomonidan shakllantiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tuman fermerlari kengashi har yilning 1-noyabr sanasiga qadar tuman hokimligi bilan kelishgan holda koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatiga oid barcha tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashlariga taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlardan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tegishli shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashlari tomonidan shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yilning 15-noyabr sanasiga qadar Oʻzbekiston fermerlari kengashiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston fermerlari kengashi koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Komissiyani tashkil etadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yilning 1-dekabr sanasiga qadar yakuniy xulosalar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya xulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston fermerlari kengashining qarori qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston fermerlari kengashining ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston fermerlari kengashi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
10. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
11. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida xalqimiz farovonligi va rizq-roʻzi ramzi boʻlgan timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida bugʻdoy boshoqlari hamda ochilgan paxta chanoqlari, oʻng yon tomonida esa uzum shingili va mevalar tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining markazida quyoshning majoziy timsoli sifatida toʻq sariq rangli emaldan ishlangan tishli gʻildirak (shesternya) mexanizmi joylashgan boʻlib, ushbu tasvir fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarish tarmogʻi jadal rivojlanayotganligining ramziy maʼnosini ifoda etadi. Uning tepa qismida quyoshdan taralayotgan nur hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi ranglaridagi emaldan ishlangan, chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan bugʻdoy boshogʻi koʻrinishidagi tasvir joylashgan. Quyosh timsolining pastki qismida mamlakatimizning betakror tabiatini ifoda etuvchi yashil vodiy va moviy togʻlar hamda ikki daryo tasviri aks etgan.
Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi koʻk rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishonining chetki qismlarida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining ramziy belgilaridan biri sifatida asalarining mumkatakchalari aks ettirilgan.
Koʻkrak nishonining pastki qismida koʻk rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2,5 millimetr boʻlgan “ILGʼOR FERMER” yozuvi joylashgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “ILGʻOR FERMER” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och moviy rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Fermer, dehqon”, ikkinchi satrda “xoʻjaliklari va tomorqa yer”, uchinchi satrda “egalari kengashining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “ILGʻOR FERMER” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda bir satrdan iborat “Kengash raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni
guvohnomasi
guvohnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. “Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, zarur agrotexnik tadbirlarga rioya etgan holda ajratilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish, ularni belgilangan sifat standartlari talablari asosida saqlash va eksport qilish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni puxta oʻzlashtirib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, aʼzolari, mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi har yilning 1-noyabr sanasiga qadar tuman hokimligi bilan kelishgan holda koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatiga oid barcha tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlardan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tegishli shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yilning 15-noyabr sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Komissiyani tashkil etadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yilning 1-dekabr sanasiga qadar yakuniy xulosalar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya xulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
9. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
10. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida yashil rangli emal fonida dasturxonlarimiz toʻkin-sochinligini ifoda etuvchi timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida uzum shingillari, oʻng yon tomonida esa oʻrik mevalari tilla rangda, oʻrtasidan chambar hoshiya oʻtgan holda tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining markazida relyef shaklida ishlangan quyosh nurlari fonida yashil rangdagi emaldan ishlangan yosh navnihol hamda har bir niholni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylovchi mirishkor dehqonning mashaqqatli va sharafli mehnatini ifoda etuvchi kaft tasviri joylashgan.
Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi koʻk rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishonining pastki qismida koʻk rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2,2 millimetr boʻlgan “MENNATKASN DENQON” yozuvi joylashgan. Lentaning pastki qismida, markazda yashil rangli fonda toʻrtta tilla rangli gulbarg tasviri aks ettirilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och jigar rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan jigar rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mehnatkash dehqon”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och jigar rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Kambag'allikni qisqartirish”, uchinchi satrda “va bandlik vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mehnatkash dehqon” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda bir satrdan iborat “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni
guvohnomasi
guvohnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror taʼminlash, yangi serhosil navlarni koʻpaytirish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, dehqonchilik madaniyati va sir-asrorlarini puxta egallagan, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi bilan aholi oʻrtasida alohida hurmatga sazovor boʻlgan ilgʻor tomorqa yer egalari taqdirlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi har yilning 1-noyabr sanasiga qadar tuman hokimligi bilan kelishgan holda koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatiga oid barcha tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlardan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tegishli shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yilning 15-noyabr sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Komissiyani tashkil etadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yilning 1-dekabr sanasiga qadar yakuniy xulosalar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya xulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
9. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
10. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida yashil rangli emal fonida dasturxonlarimiz toʻkin-sochinligini ifoda etuvchi timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida uzum shingillari, oʻng yon tomonida esa oʻrik mevalari tilla rangda, oʻrtasidan chambar hoshiya oʻtgan holda tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining markazida, oldingi planda saxovatli zaminimiz tuhfasi boʻlgan, mevalar bilan toʻldirilgan och yashil rangdagi savat tasviri aks ettirilgan. Uning ortida relyef shaklidagi quyosh nurlari fonida yashil rangli emaldan ishlangan mevali daraxtlar va ekin maydoni hamda tomorqa egasining daromad manbalaridan biri boʻlgan chorva hayvonlari va uy tasviri ifodalangan.
Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi toʻq qizil rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishonining pastki qismida toʻq qizil rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “NAMUNALI TOMORQACNI” yozuvi joylashgan. Lentaning pastki qismida, markazda yashil rangli fonda toʻrtta tilla rangli gulbarg tasviri aks ettirilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3803-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Namunali tomorqachi”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och moviy rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Kambag'allikni qisqartirish”, uchinchi satrda “va bandlik vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Namunali tomorqachi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda bir satrdan iborat “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
“Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni
guvohnomasi
guvohnomasi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 07/18/3803/1395-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)