Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025 11.06.2018 yildagi 436-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.06.2018 yildagi 436-son
Date of entry into force
11.06.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qaʼrining geologik oʻrganilishi, undan oqilona foydalanilishi va muhofaza etilishining tegishli nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) ikki hafta muddatda yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir barcha arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlab turishga moliyaviy mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining yuklangan vazifalarga muvofiq samarali faoliyati yuritishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
436-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 436-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Inspeksiya Davlat geologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Davlat geologiya qoʻmitasining buyruqlariga va ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Inspeksiya yer qaʼridan barcha foydalanuvchilarning yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, suvdan foydalanish va yer osti manbalari suvini isteʼmol qilishga oid qonunchilik talablariga, bu boradagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan normalar va qoidalarga rioya etishini, shuningdek, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarda belgilangan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini taʼminlash boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi oldida javobgardir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida beriladigan koʻrsatmalar davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarmagan yuqorida qayd etilgan organlarning mansabdor shaxslari va yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar qonunchilikka binoan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlariga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash borasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ilgʻor uslublarni joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, marksheyderlik ishlarini amalga oshirgan holda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash borasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishi, koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu masalalarga doir qoidalar, yoʻriqnomalar va normalarni tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologik oʻrganish va foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib oladigan yuridik va jismoniy shaxslarning kon-geologiya faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xom ashyoni geologik oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda, sanoat va tajriba-sanoat yoʻli bilan qazib olishga berilgan konlarda togʻ ishlarini marksheyderlik va geologik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish hamda uning muhofaza etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼridan foydalanuvchilarning foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari va obyektlarini hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va vaqtincha toʻxtatib qoʻyish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asoslanmagan va oʻzboshimchalik bilan qurilishlarga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun yer qaʼridan foydalanish ruxsatnomalari, texnik loyihalar va boshqa hujjatlardagi shartlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
(9-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini yanada oʻrganish, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer qaʼridan foydalanishda qoʻllanishi mumkin boʻlgan qidiruv togʻ konlari va quduqlari, geologiya va texnik hujjatlarning, maʼdanlar va togʻ jinslari namunalari, kern, foydali qazilma namunalari dublikatlarining saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrogeologiya quduqlarini burgʻulash va ishlatishda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlaydi, yer qaʼrining noyob obyektlari, yer osti mineral shifobaxsh va ichimlik suvlarini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan tavsiya va koʻrsatmalarni har yili tahlil qiladi hamda baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish uchun ruxsatnoma beriladigan yer qaʼri uchastkasida dastlabki tekshiruvlarni oʻtkazadi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishning kelishilgan hajmlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilinadigan qarorlari hamda xulosalariga muvofiq konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
(9-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydali qazilma konlariga ishlov berish uchun togʻ ajratmalarini taqdim etadi, shuningdek, yer qaʼridan foydalanuvchilar taqdim etadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini toʻliq geologik oʻrganishni, qidirilayotgan foydali qazilma konlariga, foydali qazilmalarni qazib olish, shu jumladan chiqindilarni saqlash va koʻmish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanish uchun berilgan yer qaʼri uchastkalariga ishlov berishning togʻ-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda ularning tarkibidagi asosiy va birga uchraydigan komponentlar zaxiralarining miqdorlari va sifati, shuningdek, foydali qazilmalarni qazish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalaniladigan yer qaʼri uchastkalarining tabiiy xususiyatlari haqida dastlabki materiallarning toʻliqligi va ishonchligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻrish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili foydali qazilmani qazib olish hajmlari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi hisobotlarni qabul qiladi va ularni Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondiga qayta yuborishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qazib olinadigan konlar boʻyicha yillik hisobot balanslarida foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish bilan bogʻliq yer ostini oʻrganish ishlari hisobini yuritadi, shuningdek, geologik oʻrganish ishlari natijalarining, qazib oluvchi korxonalar hisobidan chiqarilayotgan qazib olingan va yoʻqotilgan qazilmalarning haqqoniyligini taʼminlaydi;
(9-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
togʻ-kon va qayta ishlash korxonalarining texnik loyihalarini, mineral xom ashyoni qazib olish hamda qayta ishlashda foydali qazilmalarni yoʻqotish va ularning kamayish normativlarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini toʻliq va kompleks oʻrganishni, ulardan foydali qazilmalarni yanada toʻliq qazib olish, ulardan samarali foydalanish hamda va barcha komponentlar ajratib olinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konlarga foydali qazilmalarning asossiz yuqori darajada yoʻqotilishi va sifatining pasayishiga yoʻl qoʻymaydigan usul va uslublarda ishlov berilishini, shuningdek, togʻ ishlarini rivojlantirish rejalarining bajarilishi, foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlashda ularning yoʻqotilishi va kamayishi boʻyicha belgilangan normativlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiq yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Inspeksiya oʻz vakolati doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi Ilmiy-texnik kengashining yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini oʻtkazish loyiha-smeta hujjatlarini, ularning natijalari boʻyicha hisobotlarni, shuningdek, Ilmiy texnik kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan boshqa masalalarni muhokama etishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarga oid materiallarni tayyorlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasining Inspeksiya faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha buyruqlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish masalalarini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza etish masalalari boʻyicha korxona va obyektlarda tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona va tashkilotlarga foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish hamda mineral xom ashyoni qayta ishlashda yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon-geologiya faoliyatni tekshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, maxfiy rejimdagi obyektlar, shuningdek, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar hududlarida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish talablarini buzgan mansabdor shaxslar va fuqarolarni oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti manbalari hisobidan suvdan foydalanuvchi obyektlarni ekspluatatsiya qiluvchi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash ishlarini olib boradigan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aybdor shaxslarni maʼmuriy va/yoki jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan suvdan foydalanish hamda yer osti manbalari suvini isteʼmol qilish, foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, togʻ ishlarini geologik-markshreyderlik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish masalalari haqida zarur axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Davlat geologiya qoʻmitasining va davlat boshqa organlari, shuningdek, ixtisoslashgan tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼridan foydalanuvchilarga kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish masalalari boʻyicha maslahat va zarur uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilma konlariga ishlov berish uchun belgilangan tartibda kon ajratmasiga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning maʼlumotlar bazasini har yili shakllantirish va yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼridan foydalanuvchilar talablariga binoan foydali qazilmalarni qazib olish va geologiya-qidiruv ishlarini nazorat qilish sohasidagi amaldagi tartib-qoidalar, talablar va boshqa masalalar toʻgʻrisida ularni bepul xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish sohasida boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Inspeksiya inspektorlarining javobgarlik darajasi lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat inspektorlarini lavozim yoʻriqnomalari Davlat geologiya qoʻmitasining raisi bilan kelishgan xolda Inspeksiya boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Inspeksiyaning kon-geologiya nazorati boʻyicha faoliyatiga asossiz toʻsqinlik qilgan va ushbu nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga nisbatan jazo qoʻllash bilan tahdid qilgan yoki bosim oʻtkazishga harakat qilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori (keyingi oʻrinlarda bosh davlat inspektori deb ataladi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod etadigan ikki oʻrinbosariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon faoliyatini nazorat qilish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Inspeksiya boshqaruv apparati, hududiy davlat inspektorlari, qoʻshimcha boʻlinmalar, shuningdek, hududiy inspeksiyalardan tarkib topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspeksiya boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifa hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Inspeksiya tuzilmasini oʻzgartirish boʻyicha asoslangan takliflar kiritadi, belgilangan umumiy son doirasida Inspeksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya xodimlarini mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar nomzodini belgilangan tartibda mukofotlashga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarida ijrosi intizomini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hududiy inspeksiyalar oʻz faoliyatini Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Inspeksiyaning inspektorlar tarkibiga farqlanuvchi belgilarga ega formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Inspeksiya inspektorlari oʻz vazifalarini bajarish uchun yer qaʼridan foydalanuvchilar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, avtomobil transporti, telefon aloqasi bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Inspeksiya budjet tashkiloti hisoblanadi va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlamagan boshqa manbalar hisobidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Inspeksiya xodimlarining ish haqi — mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentini qoʻllagan holda ikki barobar miqdorda belgilanadi va Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan miqdorda uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun lavozim maoshiga ustamalar, ish haqiga belgilangan miqdorlarda tuman (hududiy) koeffitsiyentlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qoʻshimcha toʻlovlardan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2020-y., 09/20/83/166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan Inspeksiya xodimlariga boshqa ragʻbatlantiruvchi choralar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Inspeksiya qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka binoan javob beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/436/1334-son; 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son; 15.02.2020-y., 09/20/83/166-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)