Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.01.1992 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.01.1992 yildagi 26-son
Date of entry into force
22.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZILQUM NODIR METALLAR VA OLTIN DAVLAT KONSERNI (QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN)NING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qizilqum kamyob metallar va oltin davlat konserni (“Qizilqumkamyobmetalloltin”)ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 22-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 22-yanvardagi 26-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qizilqum kamyob metallar va oltin davlat konserni (“Qizilqumkamyobmetalloltin”)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qizilqum kamyob metallar va oltin davlat konserni (“Qizilqumkamyobmetalloltin”), bundan keyin — konsern, ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi boʻlib, mustaqil sanoat korxonalarini, qurilish, montaj, taʼminot va sotish tashkilotlarini, loyihalash, ilmiy-tadqiqot institutlarini va boshqa yuridik shaxslarni ixtiyoriy asosda birlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni, ilmiy-texnikaviy, investitsion, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatlarni rivojlantirish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning umumiy vazifalarini hal etish hamda faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsern tarkibiga tematik, ishlab chiqarish, moliyaviy, iqtisodiy, hududiy, tijorat manfaatlari umumiy boʻlgan negizda, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, mulkchilikning istalgan shaklidagi (davlat, ijara, kooperativ, qoʻshma aksionerlik va boshqalar) birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsern va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Respublika hududida yuridik kuchga ega boʻlgan normativ aktlarga, mazkur Ustavga va Taʼsis shartnomasiga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ishtirokchi korxonalar (Konsern aʼzolari) mustaqilligini, yuridik shaxs huquqlarini, mulkchilik shakli va munosabatlarini, boʻysunuvchanligini, shuningdek, davlat buyurtmasini va shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish ham kiradigan burchni saqlab qolishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Konsern tarkibidagi korxonalar boshqa konsernlar, korporatsiyalar, tarmoqlararo davlat birlashmalari tarkibiga kirishlari, konsernga va respublikaga moddiy zarar keltirmagan holda oʻzaro va konsernga kirmaydigan korxonalar bilan birgalikda xoʻjaliklararo birlashmalar, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar uyushmalari va assotsiatsiyalari tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsern ichida ishtirokchi korxonalar oʻrtasida, shuningdek, uning Boshqaruvi bilan ishlab chiqarish munosabatlari mazkur Ustav va shartnomalar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Konsern yuridik shaxs hisoblanadi, u bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, ijara va qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarda ishtirokchi korxonalarning jamoa mulkchiligi huquqlari bilan alohida mulkka egalik qiladi, oʻz nomidan mulkiy huquqlarga ega boʻlishi va javobgar boʻlishi, hakamlikda yoki sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin. Konsern oʻziga tegishli mol-mulk boʻyicha qonunchilikka koʻra chora koʻrilganda oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern konsern aʼzolari majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, oʻz navbatida konsern aʼzolari ham uning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konserndagi va uning taʼsischilari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar shartnomaviy asosda quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konsern oʻz faoliyatida respublikaning barcha organlari bilan bevosita aloqada boʻladi. Konsern faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Konsern Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, shtamplarga, tovar belgisiga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Konsern Boshqaruvi Navoiy shahrida joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Konsernning asociy vazifalari va faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishtirokchi korxonalar ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ishlab chiqarish quvvatlaridan, mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirishda oʻz imkoniyatlarini kengaytirish uchun konsernga birlashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Konsernning asosiy vazifasi ishlab chiqarish-texnika yoʻnalishidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha davlat buyurtmalarini, qurilish boʻyicha, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni, shuningdek, boshqa ishlar va xizmatlarni, ham tashqi, ham ichki bozorlarda ularning raqobatdorligini taʼminlaydigan yuqori isteʼmol xossalarini va kam xarajatlar bilan toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib borish va bunga koʻmaklashishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Konsern oʻziga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, davlat buyurtmasini va toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizilqumdagi xomashyo bazasini kengaytirish hamda qimmatbaho va kamyob metallar, binokorlik materiallari konlaridan kompleks foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalari, qurilishning istiqbolini rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikdagi dasturlarni bajarish uchun konsernga kiruvchi korxonalarni moddiy-texnikaviy taʼminlash masalalarini koʻrib chiqadi va hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho va kamyob metallarni qazib chiqarish, qayta ishlash va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish boʻyicha ishlab turgan korxonalarni texnikaviy qayta jihozlash, yangi korxonalarni qurish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika va moliyaviy resurslarni jamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini, ekologik jihatdan toza boʻlgan texnologik ishlab chiqarishlarni joriy etadi, balans chegarasidan chiquvchi rudalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashga jalb qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi, chet ellik sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalarida qoʻshimcha ishchi oʻrinlari tashkil etishga, mehnatkashlarning ishlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi, Qizilqum mintaqasi aholisi uchun uy-joylarni, madaniy-maishiy obyektlarni, avtomobil yoʻllari tarmogʻini, elektr uzatish liniyalarini, suv va gaz quvurlarini va boshqa kommunikatsiyalarni remont qilish va qurishda faol qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bexatar olib borish, ishlab chiqarishning texnika xavfsizligi qoida va normalariga va yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat Kengashining ijroiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda respublikada joylashgan oʻziga qarashli korxonalar va boshqa korxonalar hamda tashkilotlarning binokorlik materiallariga boʻlgan ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirishni hisobga olib ularni mahalliy xomashyodan foydalangan holda ishlab chiqarish masalalarini koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Konsernga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, qurilish-montaj va boshqa birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha davlat organlarida, shuningdek, uning tashqarisida oʻziga ishonib topshirilgan masalalar boʻyicha respublika manfaatlarini ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern aʼzolari boʻlgan qurilish, transport, texnologik, tijorat, loyiha-konstruktorlik, tashqi savdo korxonalariga, yuridik, axborot xizmatlari koʻrsatuvchilarga yordam berish maqsadida butlovchi buyumlar, materiallar, zagotovkalar, jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xoʻjalik hisobidagi korxonalar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent axborotlaridan foydalanish boʻyicha konsultatsiyalar berish, shuningdek, nou-xau, patentlar va kashfiyotlarni ishlab chiqarishga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern qatnashchilari mahsulotlarining isteʼmolchilariga marketing, savdo vositachiligi va boshqa firma xizmati koʻrsatishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern tomonidan tashkil etilgan korxonalarga yuridik shaxs huquqlari berish, ular faoliyatining shart-sharoitlarini kelishib olish. Mazkur korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlangan Ustav asosida ishlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda konsern aʼzolariga kredit xizmati koʻrsatadigan va birgalikdagi dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlaydigan banklar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatni rivojlantirish muammolarini samarali hal etish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish, ham respublika hududida, ham uning tashqarisida va chet ellarda sanoat obyektlarini barpo etishga chet el tashkilotlari va firmalarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida va chet ellarda xorijiy sheriklar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar va firmalar, texnika va texnikaviy-tijorat markaz (byuro)lari, vakolatxonalar, tuzatish va servis tashkilotlari, baza va omborxonalar tashkil etish, xizmat koʻrsatish uchun chet el firmalarini jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Konsern quyidagi fondlarni tashkil etishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezerv;

ijrochi organlar mehnatiga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-madaniy tadbirlar va uy-joy qurilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fondlarni tashkil etish va sarflash tartibi Boshqaruvning taqdimi boʻyicha konsern Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Konsernning mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Konsern oʻz mulkiga, shuningdek, oʻziga berilgan vakolatlar doirasida konsernga kiruvchi yuridik shaxslarning mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi, ularni boshqaradi. Ishtirokchi korxonalar bu mulklarga nisbatan alohida huquqlarga ega boʻlmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishlab chiqarish-xoʻjalik funksiyalarini markazlashgan tartibda bajarish maqsadida konsern tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga barpo etilgan korxonalarning mol-mulklari konsernning mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Konsernning mulki quyidagi manbalar hisobiga barpo etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern aʼzolarining kirish badallaridan tashkil topadigan ustav fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq maʼlumotlarni va ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ishtirokchi korxonalar tomonidan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladigan maqsadli badallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv va korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar asosidagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyati daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar)ni sotishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatdor qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar)ni, shu jumladan, chet el kompaniyalarining sotib olingan qimmatdor qogʻozlari boʻyicha dividendlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Konsern aʼzolarining ustav fondidagi ulushi yil yakuni boʻyicha konsern olgan foyda (dividendlarning bir qismini taqsimlashda tegishli ravishda ulushni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Aniq dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun maqsadli badallar miqdorlarini, ulardan foydalanish va foydani taqsimlash tartibini konsern Kengashi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kengash qaroriga muvofiq mablagʻlar quyidagilarga ishlatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning ishtirokchi korxonalarini ishlab chiqarish va mablagʻ bilan taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlashga va qayta qurishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan maqsadli dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlashga (ushbu xarajatlar keyinchalik dasturlar qatnashchilarining foydalari hisobiga qoplanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi korxonalar uchun rezerv (ehtiyot) fondini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni mablagʻ bilan taʼminlash uchun valyuta fondini yaratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning faoliyati uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish va tijorat infrastrukturasini yaratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing va reklama faoliyatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv apparatini saqlashga va boshqa maqsadlarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Konsern oʻzining mustaqil balansiga ega boʻladi, davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalar boʻyicha buxgalterlik hisob-kitobini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Konsernning mulklardan foydalanish va moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat konferensiya saylaydigan taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning va Konsern tasarrufidagi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati yiliga kamida bir marta taftish qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Konsernni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Konsernni boshqarish demokratik asosda iqtisodiy usullarni qoʻllab, uning tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarning mustaqillik huquqlariga qatʼiy rioya qilgan holda, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Quyidagilar boshqaruv organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsischilar konferensiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Boshqaruvi (ijrochi direksiya).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Taʼsischilar konferensiyasiga vakillik normasi konsern Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Taʼsischilar konferensiyasi zaruratga qarab (buning uchun Kengash aʼzolarining ellik foizidan koʻprogʻi istak bildirgan taqdirda), shuningdek, taftish komissiyasining qarori boʻyicha quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun yiliga kamida bir marta chaqiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Ustavini qabul qilish, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi va taftish komissiyasining hisobotlarini tinglash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Raisini, uning oʻrinbosarlarini, shu jumladan, ijrochi direktorni saylash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Konsernga aʼzo boʻlgan korxonalar vakillari konferensiyasining qarori uning uchun vakillar umumiy sonining ellik foizidan koʻprogʻi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Konsernning ishtirokchi korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari, Kengash Raisi va uning oʻrinbosarlari Kengash aʼzolari hisoblanadilar. Kengash aʼzolari besh yil muddatga saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Konsern Kengashining Raisi ayni vaqtda Boshqaruv Raisi hisoblanadi va konferensiya tomonidan taʼsischi korxonalar rahbarlari orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Konsern Kengashi (Boshqaruvi) Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Rais oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan xolda saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Konsern organlarining funksiyalari, huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Konsern Kengashi yilning xar choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari majlislari konsern ishtirokchilarining kamida uchdan bir qismining talabi bilan, shuningdek, konsern faoliyatida paydo boʻladigan masalalarni tezda hal etish uchun taftish komissiyasining qaroriga koʻra chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Konsern ishtirokchilari Kengashni chaqirish muddati va uning kun tartibi toʻgʻrisida Kengash oʻtkaziladigan kundan ikki hafta oldin xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Konsern Kengashining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Ustaviga va taʼsis shartnomasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish masalasini konferensiya koʻrib chiqishiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikdagi faoliyatning istiqbolli va yillik dasturlarini, ularning bajarilishi toʻgʻrisida Boshqaruvning hisobotlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern fondlarini hosil qilish tartibini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning soliqlarni toʻlashdan keyin qolgan foydasini fondlarni toʻldirishga taqsimlash va dividendlarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan ulushni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi takliflarni konferensiya koʻrib chiqishiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern faoliyati yoʻnalishlarini belgilash, uning dasturlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tabiatni muhofaza qilish va boshqa dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun maqsadli badallar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning yangi aʼzolarini qabul qilish toʻgʻrisida qarorlar tayyorlash, ustav fondiga va konferensiya tasdigʻi bilan undagi ishtirokchilarning ulushiga oʻzgartish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat tugʻilganda konsernning maqsadli dasturlarini oʻzlashtirish davomida korxonalar tomonidan yoʻl qoʻyilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv apparatini saqlashga, shu jumladan, Kengash Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozim maoshlariga qilinadigan xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar, konsern korxonalarini, strukturaviy birliklarini tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv ishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tinglash va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern aʼzolari va Boshqaruv oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Boshqaruv (ijrochi direksiya) konsern Kengashining ijro etuvchi boshqaruvchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv ishiga va uning ishchi apparatiga konsern Kengashining Raisi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Kengashining Raisi, u Boshqaruv Raisi hamdir, oʻz oʻrinbosarlaridan biriga (ijrochi direktorga) taʼsis konferensiyasi va Kengash qabul qilgan qarorlarni bajarish uchun zarur boʻlgan doirada oʻz huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Konsern Boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy, investitsiya va boshqa faoliyatlarning maqsadli dasturlarini ishtirokchi korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern faoliyatining yangi sohalari boʻyicha takliflar ishlab chiqishni amalga oshiradi, marketing boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlari, assotsiatsiyalar va birlashmalar bilan oʻzaro munosabatlarda konsern aʼzolarining manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor korxonalar bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, korxonalarni texnikaviy qayta jihozlash va rekonstruksiyalash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning boshqa sanoat korxonalarida va tarmoqlarida dasturlar va ilmiy-texnikaviy ishlanmalar doirasida yangi butlovchi buyumlarni va materiallarni joylashtirishga doir masalalarni hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlarini ijro etish borasida respublika hududida konsern faoliyati uchun zarur boʻlgan, shu jumladan, chet ellik sheriklar bilan korxona va firmalar tashkil etadi, konsern tomonidan barpo qilingan korxona va tashkilotlarni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning tashqi iqtisodiy faoliyatini uyushtiradi oʻz dasturlarini amalga oshirish uchun chet el firmalarini jalb etadi, mazkur masalalarni hal qilish uchun mutaxassislarni chet ellarga xizmat safarlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern va uning ishtirokchilarining manfaatlarini huquqiy himoya qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernga aʼzo boʻlgan korxonalarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning maqsadli va istiqbolli dasturlari asosida konsernni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi va konsern Kengashining tasdigʻiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashining qaroriga muvofiq konsern tomonidan tashkil etilgan korxonalarga yuridik shaxs huquqlarini beradi, ular faoliyatining shart-sharoitlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi korxonalarning kooperatsiya va resurslardan oqilona foydalanish yoʻnalishidagi dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlardan va mol-mulklardan oqilona foydalanish, konsern dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern olgan foydani, shu jumladan, maqsadli dasturlarning amalga oshirilishidan olingan foydani ham taqsimlash, konsernning markazlashtirilgan fondlarini va rezervlarini hosil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi va ularni konsern Kengashining tasdigʻiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalarni tayyorlashni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Konsern Boshqaruvi tuzilgan strukturaviy boʻlinmalar ishiga rahbarlik qiladi, oʻziga yuklatilgan funksiyalarning bajarilishi va qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Boshqaruv zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Kengash Raisi ishchi apparati tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash (Boshqaruv) Raisi, uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda konsernning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mutaxassislarini ishlarni bajarishga, xizmat koʻrsatishga jalb qilish, xodimlarni ragʻbatlantirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Boshqaruv bilan konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Boshqaruv qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va Rais tomonidan imzolanadi Ular Konsern tomonidan tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, uning apparati uchun bajarilishi majburiydir, konsernga aʼzo boʻlgan korxonalar esa ularni mazkur Ustav va taʼsis shartnomasida belgilangan huquqlar hajmida bajarishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Konsern Boshqaruvi oʻziga yuklatilgan funksiyalarning ijrosi uchun konsern Kengashi oldida javob beradi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Kengash (Boshqaruv) Raisi, uning oʻrinbosarlari Boshqaruv ishini tashkil etadilar, ishonchnomasiz konsern nomidan harakat qiladilar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, assotsiatsiyalar, davlat boshqaruv organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy firmalar bilan munosabatlarda uning manfaatini ifodalaydilar, konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun taʼsischilar oldida shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Konsernga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun konsern Boshqaruvi Raisi oʻziga berilgan huquqlar doirasida buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi, bitimlar, shartnomalar, kontraktlar tuzadi, shu jumladan, konsern Kengashi va boshqaruvi nomidan banklarda schyotlar ochadi, toʻlov topshiriqlarini, konserning hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisidagi tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan konsern nomidan daʼvogar bildirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi. Belgilangan tartibda konsernning balansidan qarzlarni, yetishmagan va yoʻqolgan tovar-moddiy boyliklarni, bundan buyon ishlatishga yaroqsiz, maʼnaviy jihatdan eskirgan, ishdan chiqqan asbob-uskunalarni, shuningdek, toʻxtatib qoʻyilgan ishlar boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Taftish komissiyasi Ustavga muvofiq konsernning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi aʼzolari konsern Kengashi va Boshqaruvi tarkibiga kira olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvlar taftish komissiyasining tashabbusi yoki Kengash (Boshqaruv)ning qarori bilan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Taftish komissiyasining aʼzolari konsernning mansabdor shaxslaridan zarur boʻlgan barcha hujjatlarni berishlarini talab qilishga haqlidirlar. Konsern ishtirokchilari taftish komissiyasining faoliyatiga koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern manfaatlariga nisbatan jiddiy taqdid paydo boʻlgan taqdirda taftish komissiyasi aʼzolari konsern Kengashi chaqirilishini talab qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tegishli choralar koʻrilishi uchun taftish komissiyasi tekshiruv natijalarini konsern Kengashiga va Boshqaruviga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Konsern aʼzolari, ularning huquqlari va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ustavni va taʼsis shartnomasini tan oluvchi va bajaruvchi korxonalar va tashkilotlar konsern aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ishtirokchi korxonalar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern hamda uning tomonidan tashkil etilgan korxonalar xizmatidan shartnomalar asosida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnikaviy ishlanmalardan, konsern mahsulotlaridan oʻzining rivojlanishi manfaatlari yoʻlida ustun darajada foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondidagi ulushlariga muvofiq, dividendlarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan konsern faoliyatidan tushadigan foydadan ulush olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern tomonidan amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyat dasturlarida va shartnomaviy asosda alohida korxonalarning dasturlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning rahbar organlarini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi va Boshqaruvi majlislarida ishtirokchi korxonalarning manfaatlariga daxldor boʻlgan, birgalikdagi faoliyat dasturlari doirasida va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning rahbar organlariga oʻzining faoliyatini koʻrib chiqish masalasi boʻyicha takliflar kiritish, zarurat tugʻilganda moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishni talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern emblemasidan oʻz belgisida, firmaning blanklarida va muhrlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Boshqaruvidan Ustav doirasida davlat, boshqa organlar va idoralar oldida oʻz manfaatlarini himoya etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning tadbirlarida ixtiyoriy ravishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan bitimlar boʻyicha konsern tarkibiga kiruvchi yoki uning manfaatlari uchun ishlayotgan korxonalar oldidagi oʻz majburiyatlarini saqlagan holda, konsern Kengashini olti oydan kech boʻlmagan muddatda ogohlantirib konserndan erkin holda chiqish Korxonaning konserndan chiqishi konsern Kengashining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, korxonalarning ustavlari (nizomlari)da belgilangan boshqa huquqlarni mustaqil ravishda amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Konsern tugatilgan hollarda ishtirokchi korxona konsern mulki qiymatidan, oʻzining Ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda, bir qismini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Mulkchilik va tobelik shakllari, shuningdek, munosabatlar oʻzgargan hollarda ishtirokchi korxona konserndagi oʻz huquqlarini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Konsernning ishtirokchi korxonasi quyidagilarni bajarishga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Ustaviga va taʼsis shartnomasiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi (Boshqaruvi) qarorlari va shartnomalar bilan belgilangan konsernning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikdagi faoliyat shartlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern va uning tuzilma boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun konsern Kengashi belgilagan tartib va miqdorlarda shartnomada koʻzda tutilgan badallarni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikdagi faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern faoliyati haqida konfidensial axborotlarni tarqatmaslik, tijorat sirlariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqarish va sotish, obyektlar xavfsizligi rejimi boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ishtirokchi korxona quyidagilar uchun javobgardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Ustavda va taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan burchlarni bajarmaganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va ushbu shartnomalar bilan belgilanadigan konsern yoki uning istalgan ishtirokchisi bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilmaganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning mulkiga zarar yetkazilganligi (uni ishlatish chogʻida) uchun belgilangan tartibda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern mablagʻlarini qaytarish muddatlarini bajarmaganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustavga binoan konsern Kengashi yoki Boshqaruvi qabul qilgan qarorlarni bajarmaganligi oqibatida konsernning boshqa ishtirokchilariga yetkazilgan zarar uchun. Zarar oʻrnini qoplash tartibi birgalikdagi faoliyat dasturlarini ishlab chiqish jarayonida konsern Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Konsernni tugatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Konsernni tugatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern aʼzolarining manfaatdorligi yoʻqolganda yoki ularning soni bittagacha kamayganda konsern ishtirokchilarining birgalikdagi qarori boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa korxonalarning, fuqarolarning va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari konsern tomonidan buzilgan taqdirda davlat boshqaruv organlarining qarori boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlari haqiqiy emas deb topilganda sudning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernni tugatish korxonalarni tugatish uchun qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Konsern tugatilganda uning ishtirokchilari Ustav fondidagi ulushlariga muvofiq ravishda mulkdagi oʻz ulushlarini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Ustav korxonalar va tashkilotlar vakillarining taʼsis konferensiyasida
1991-yil 1-oktabrda,
Navoiy shahrida qabul qilindi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 1-son, 1-modda)