Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 03.11.2001 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.11.2001 yildagi 438-son
Date of entry into force
03.11.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 03.11.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“CHORSU SAVDO MARKAZI” SAVDO KOMPLEKSI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo xizmati koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish, “Chorsu savdo markazi” savdo kompleksida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorini bajarish yuzasidan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Chorsu savdo markazi” (keyingi oʻrinlarda “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi) savdo kompleksi tashkil etilganligi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga tegishli savdo va omborxona maydonlarini isteʼmol tovarlari, birinchi navbatda, jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga keltiriladigan isteʼmol tovarlari bilan mayda ulgurji va chakana savdoni tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa manfaatdor tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda savdoning yuqori sifati va madaniyatini taʼminlovchi transport, bank xizmatlari, maishiy va boshqa xizmatlar kompleksini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchilar uchun zarur moddiy-texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, savdo kompleksi hududida sotuvchilar va xaridorlarga zarur axborot xizmatlari, shu jumladan isteʼmol tovarlariga talab va taklif konyunkturasi toʻgʻrisida axborot xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi tadbirkorlar oʻrtasida muntazam ravishda keng reklama va zarur tushuntirish ishlarini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalariga ochiq obuna boʻlishdan tushadigan pul mablagʻlari jamiyat tomonidan uning balansidagi binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-avgustdagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish Tartibiga muvofiq amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida jismoniy shaxslar daromadlaridan soliqning toʻliq va oʻz vaqtida undirilishini taʼminlash uchun tayanch punkt tashkil etsin. Davlat soliq xizmatining koʻrsatib oʻtilgan tayanch punkt shtatida boʻlmagan mansabdor shaxslarining jismoniy shaxslar tomonidan “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida tadbirkorlik faoliyati daromadidan belgilangan soliqning oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi tijoat banklari “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida valyuta almashtirish punktlari, shuningdek pul mablagʻlarini qabul qilish kassalari ochsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M. Z. Usmonov hamda Toshkent shahar hokimi R. M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 3-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
438-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 150-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)