Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.06.2000 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.06.2000 yildagi 242-son
Date of entry into force
24.06.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IMPORT ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import isteʼmol tovarlari sotishni tartibga solish, savdoning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va mustahkamlash, aholining xarid qobiliyatini oshirish, isteʼmol tovarlariga narx belgilash tizimini takomillashtirish va narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta xarid qilinganligi uchun 5 foiz miqdorida yigʻim undirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 1-iyulgacha import qilinadigan isteʼmol tovarlari narxlari ustidan monitoring olib borish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etsinlar, unga narxlar darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni oʻrganib chiqish va isteʼmol tovarlariga narx belgilash mexanizmini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni yuklasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Savdo korxonalarining yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin, bunda, shuningdek, savdo maydonlari ijaraga olinganligi uchun savdo korxonalari daromadlariga soliq solish boʻyicha imtiyozlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 350-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-iyuldan boshlab buyum bozorlarida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlovning amaldagi stavkalarini 1,5 baravar oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahar hokimligining jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan import isteʼmol tovarlarini mayda ulgurji va chakana sotish boʻyicha savdo markazi tashkil etish va uni “Chorsu” univermagi tomonidan foydalanilayotgan binoga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda turgʻun binolarda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar tizimini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uyushtirilgan savdoni kengaytirish hamda tovar aylanishi hajmida uning ulushini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, shu jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini amalga oshirishlari uchun mavjud ombor va savdo maydonlarini, shuningdek, turar joyga moʻljallanmagan fonddagi boʻsh maydonlarni koʻplab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish turgʻun markazlari tashkil etish, shu jumladan, ularga yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlar sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslardan import tovarlar xarid qilish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo korxonalarini yer uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushtirilgan savdo tizimida ombor binolari va savdo maydonlaridan foydalanilganligi uchun ijara toʻlovining buyum bozorlariga nisbatan tadbirkorlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan foydaliroq shart-sharoitlarini taʼminlovchi imtiyozli miqdorlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar, shuningdek, turgʻun binolarda chakana savdoni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun kassa apparatlarini kreditga yoki lizing shartlarida sotib olishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 2000-yil yakunlari boʻyicha axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 24-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)