07.09.2017 yildagi PQ-3260-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.09.2017 yildagi PQ-3260-son
Date of entry into force
07.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida “Eski shahar” turizm zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning turizm salohiyatini yanada oshirish, xususan, Toshkent shahrining eski shahar hududidagi mavjud madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy-diniy obyektlardan samarali foydalangan holda turizm tarmogʻini rivojlantirish, boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A. Navoiy koʻchasi manzili boʻyicha joylashgan sobiq “Chorsu” mehmonxona kompleksining bino va inshootlari, “Chorsu” maydoni (keyingi oʻrinlarda — obyekt deb ataladi) uzoq vaqt davomida boʻsh turibdi, hozirgi vaqtda ushbu obyekt Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidadir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi va “Demir group” Turkiya kompaniyasi oʻrtasida mehmonxona kompleksi va biznes markazi tashkil etgan holda “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish sohasida turizmni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu memorandumni amalga oshirish maqsadida “Demir group” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Demir group” kompaniyasining obyekt negizida eski shaharning madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy-diniy obyektlaridan foydalangan holda zamonaviy mehmonxona, anʼanaviy hunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar bilan birgalikda savdo-koʻngilochar, sogʻlomlashtirish va turizm kompleksini oʻz ichiga olgan “Eski shahar” turizm zonasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan obyektni “Demir group” kompaniyasiga “nul” xarid qiymatida berish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Demir group” kompaniyasi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorsu” mehmonxonasini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 4 yulduzli darajadan kam boʻlmagan 270 ta xonali, restoranlar, doʻkonlar, SPA salonlar va zarur infratuzilma hamda avtoturargohni oʻz ichiga olgan yangi mehmonxona majmuasini tashkil etishni nazarda tutuvchi ikki yil muddatda “Eski shahar” turistik zonasini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatisiz oʻz mablagʻlari, xorijiy investorlar va tijorat banklarining mablagʻlarini jalb etgan holda umumiy qiymati kamida 33,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga kamida 350 ta yangi ish oʻrni yaratib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi mavjud boʻlgan xalqaro mehmonxona brendini hamkor sifatida jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, 2017 — 2019-yillar — loyihani amalga oshirish muddati etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Demir group” kompaniyasi bilan ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan obyektni “nul” xarid qiymati boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Demir group” kompaniyasi tomonidan oʻz zimmasiga olingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar tegishli darajada bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Barcha zarur infratuzilmasi bilan birgalikda mehmonxona hududi turizm zonasi sifatida toʻliq faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Demir group” kompaniyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Eski shahar” turizm zonasini tashkil etish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi chegaralarini belgilasin hamda kadastr hujjatlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 31-dekabrgacha “Eski shahar” turizm zonasini va mehmonxona majmuasini rekonstruksiya qilish, qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasi va uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan asbob-uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar, mebel va jihozlar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasi “Eski shahar” turizm zonasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 7 yil muddatga foyda soligʻi, mulk soligʻi, yer soligʻi, toʻlashdan;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eski shahar” turizm zonasi hududida tashkil etiladigan tadbirkorlik obyektlari, hunarmandchilik ustaxonalari va madaniy-maʼrifiy hamda maʼnaviy-diniy mahsulotlarni sotuvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi doʻkonlar “Eski shahar” turizm zonasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil muddatga aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod etilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasining talabnomasi boʻyicha, loyihani amalga oshirishda qatnashish uchun jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashish uchun jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda uzaytirilishini, muvaqqat propiska oʻz vaqtida berilishini (uning muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qoʻshma korxonasining talabnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilinishi uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda oʻz vaqtida berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqi tasdiqnomalari berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3260-son