04.05.2018 yildagi PQ-3694-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 04.05.2018 yildagi PQ-3694-son
Date of entry into force
05.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizning bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tijorat banklarining likvidliligi va barqarorligini taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini kengaytirish xamda sifatini oshirish imkoniyatini yaratmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda Xalq banki deb yuritiladi) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan faol ish olib borish bilan bir qatorda, hududlarda chorvachilikni rivojlantirish borasidagi faoliyatini kengaytirmoqda, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi hisobini yuritish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni joylarga yetkazib berish kabi ijtimoiy vazifalarni amalga oshirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — Mikrokreditbank) faoliyati asosan kichik biznesni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, hunarmandchilik va boshqa dolzarb biznes-tashabbuslarni rivojlantirish uchun imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib borilayotgan kredit siyosatida ijtimoiy yoʻnaltirilganlikning ustuvorligi sababli Xalq banki va Mikrokreditbankning rentabellik darajasi pastligicha qolmoqda, ularning kredit portfeli yetarli darajada diversifikatsiya qilinmagan, bu esa, oʻz navbatida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yangi bank xizmatlarini joriy etishga toʻsqinlik qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu banklarning filial tarmoqlari mamlakatning barcha hududlarini qamrab olganligini hisobga olib, ular faoliyatini eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish orqali samarali tashkil qilish ular tomonidan koʻrsatilayotgan bank xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va xizmatlardan maksimal foydalanish imkoniyatini taʼminlashning zarur sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq banki va Mikrokreditbankning moliyaviy holatini yaxshilash va faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼat subyektlariga chakana bank xizmatlari koʻrsatish turlari roʻyxatini kengaytirish va hajmini oshirish, tomorqa yerlaridan, ayniqsa, qishloq joylarida samarali foydalanishni ragʻbatlantirishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan xizmatlarning moliyaviy barqarorligi va jozibadorligini taʼminlash nuqtai nazaridan filiallar va boʻlinmalarning faoliyatini, xarajatlar tarkibi va bank xizmatlariga tarif siyosatini optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank xizmatlarining zamonaviy innovatsion va mijozlarga moʻljallangan turlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablarga muvofiq banklarni faollashtirish va tizimli rivojlantirish maqsadida bank boʻlinmalarini aholiga bank xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash sohasida dolzarb vazifalarni samarali hal etishga qodir malakali, tashabbuskor rahbarlar va mutaxassislar bilan yanada toʻldirish, shuningdek, rahbar va mutaxassislarni ularning faoliyatini baholashdan kelib chiqqan xolda ragʻbatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq banki va Mikrokreditbank kuzatuv kengashlariga va ijro etuvchi organlari rahbarlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda banklarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha, jumladan ularning filial tarmoqlari xarajatlarini va shtatlar sonini optimallashtirishni nazarda tutgan holda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish va ularning turlarini koʻpaytirish, chakana bank xizmatlari, jumladan mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlariga rioya etilishini hisobga olgan holda respublikaning barcha hududlarida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining samaradorligini va zarar koʻrmaslik darajasini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlarni tezkorlik bilan taqdim qilishning yangi mexanizmlarini faol joriy etish, mijozlar bilan sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyishning zamonaviy yondashuvlarini qoʻllashni hisobga olgan holda kredit uchun arizalarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish jarayonining shaffofligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sunʼiy toʻsiqlar yaratish va ortiqcha byurokratiya yuzaga kelishi imkoniyatlariga barham berish maqsadida tizimli kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi qishloq joylarda oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar boʻyicha kafillik berish sohasida Xalq banki va Mikrokreditbank bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruv organlari, shuningdek, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-2019-yillarda Halq banki ustav kapitalini 1,245 trillion soʻmga, shundan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 645 milliard soʻm hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 75 million AQSH dollari, jumladan 2018-yilda tegishincha 250 milliard soʻm va ekvivalenti 30 million AQSH dollari miqdorida oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-2019-yillarda Mikrokreditbank ustav kapitalini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 450 milliard soʻmga, shundan 2018-yilda — 100 milliard soʻmga oshirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining 2016-yil 4-oktabrdagi hukmiga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan “UzPaynet” MCHJ ustav fondidagi 37,5 foiz ulushni keyinchalik davlat ulushini oshirish hisobiga Xalq bankiga oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalq banki va Mikrokreditbank 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagi toʻlovlardan ozod etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bank jihozlari va texnikalarini olib kirish uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Barcha tijorat banklariga 2024-yil 1-yanvarga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bank jihozlari, texnikalari va bank kartalarini olib kirishga ruxsat berilsin hamda ular bu bilan bogʻliq bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod etilsin.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi PQ-198-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalq banki ijtimoiy toʻlovlar oluvchilarning xohishiga koʻra mazkur toʻlovlarni xalqaro toʻlov tizimi bazasida milliy valyutada amalga oshirish uchun xalqaro plastik kartalarni muomalaga chiqarsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda mikromoliyaviy xizmatlarning foiz stavkalarini Mikrokreditbankning mazkur xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi innovatsion yechimlardan foydalanish hamda filiallararo kommunikatsiyada axborot xavfsizligi darajasini sifatli oshirish imkoniyatini taʼminlaydigan optik tolali axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etishda Xalq banki va Mikrokreditbank uchun imtiyozli tariflar qoʻllanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalq banki va Mikrokreditbankning ijtimoiy reklamali axborot bepul translyatsiya qilinishi hamda keng yoritilishini, shuningdek, tijorat faoliyati bilan bogʻliq reklama va tematik lavhalar uchun translyatsiya qilish narxidan 50 foiz miqdorida imtiyoz berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalq banki, Mikrokreditbank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 4-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3694-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

M.M. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari

Yo.E. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori

N.J. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moliya bozori va davlat aktivlaridan daromadlar tushumi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi

D.K. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2018-y., 07/18/3694/1166-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)