02.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3004
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 02.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3004
Date of entry into force
03.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3004]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo vaziri J. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 9-aprel,

2018/05-02-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-son

Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-21-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 9-apreldagi 2018/05-02, 29, 9, 01-02/12-21-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi hisoblanuvchi hunarmandchilik subyektlariga (bundan buyon matnda hunarmand deb yuritiladi) nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan hunarmand xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan qiymati 5 000 (besh ming) AQSh dollarigacha boʻlgan hunarmandchilik mahsulotlarini eksport kontrakti tuzmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan olib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hunarmandchilik mahsulotlarini olib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hunarmand xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlarini olib chiqishda “Hunarmand” uyushmasi Badiiy kengashining (bundan buyon matnda Badiiy kengash deb yuritiladi) xulosasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining (bundan buyon matnda Badiiy ekspertiza boshqarmasi deb yuritiladi) sertifikatini olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqishda Badiiy kengashning xulosasi (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) tovarning kuzatuv hujjati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hunarmandlar oʻzlari ishlab chiqargan hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun Badiiy kengashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Badiiy kengash hunarmandchilik mahsulotlarini bir kun muddatda oʻrganib chiqib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni bilan tasdiqlangan Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ish, xizmat koʻrsatish) turlarining roʻyxatidagi mahsulot turlariga mosligini va tannarxini aniqlab, tegishli xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xulosada olib chiqiladigan hunarmandchilik mahsulotlarining nomi, miqdori, qiymati, rejalashtirilgan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarning oʻtkazilish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xulosada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligi uchun hunarmand va “Hunarmand” uyushmasi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik mahsulotlarini badiiy ekspertizadan oʻtkazish va tegishli sertifikat rasmiylashtirish uchun hujjatlarni Badiiy ekspertiza boshqarmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qiymati 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan yuqori boʻlgan hunarmandchilik mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hunarmand xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan hunarmandchilik mahsulotlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi oʻz hisobraqamlariga, shu jumladan bank oʻtkazmalari, shuningdek, xorijiy valyutadagi naqd pul shaklida kiritish huquqiga ega
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hunarmandlar mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni erkin tasarruf etish, shu jumladan bank hisob raqamlaridan naqd pul shaklida olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etish uchun koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Hunarmand” uyushmasi hunarmandga ular tomonidan ishlab chiqarilgan hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqishi va mazkur tadbirlarda qatnashishida har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda vujudga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Hunarmand” uyushmasining xorijiy mamlakatlardagi hunarmandchilik yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, hunarmandchilik subyektlarining xorijga amaliy tashriflarini tashkil etish, respublika va xorijda hunarmandchilik bilan bogʻliq anjuman, savdo-koʻrgazma va yarmarkalarni oʻtkazishda koʻmaklashadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hunarmandga xorijga chiqish va kirish masalasida oʻz vakolati doirasida amaliy yordam koʻrsatilishi taʼminlanadi. Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga elchixonalar va boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan hunarmandchilik yoʻnalishi boʻyicha aloqalarning amalga oshirilishida koʻmaklashadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi hunarmandga belgilangan normadan ortiq boʻlgan yuklari (hunarmandchilik mahsulotlari) uchun amalga oshiriladigan toʻlovlarda 25 (yigirma besh) foiz maxsus chegirmalar berilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel

Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasi raisi U. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori v.b. B. XAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 10/18/3004/1153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)