Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 10.09.2001 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.09.2001 yildagi 366-son
Date of entry into force
10.09.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KICHIK KORXONALAR, DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH, MODDIY-TEXNIK TA’MINLASH, ULARGA BOJXONA IMTIYOZLARI BERISH, BANK XIZMATLARI VA BOSHQA XIZMATLAR KO‘RSATISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik biznes, dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil etishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari olishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini ularning dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlasinlar.
(1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan) va fermer xo‘jaliklariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan davrda kredit olish uchun tegishli buyurtmanomalar bergan faqat yangidan ochilgan korxonalarga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatib o‘tilgan maqsadli kredit liniyalari hisobiga olingan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoya kichik biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishiga, asbob-uskunalar olinishiga yo‘naltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida imtiyozli foiz stavkasi bo‘yicha 3 yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish huquqisiz mikrofirmalar va dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan) xo‘jaliklari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorigacha hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorigacha;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlar to‘lashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan keyin 18—24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Biznes-fond” o‘n kun muddatda belgilangan tartibda Budjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari hisobiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan kredit berish tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiy sudlarga davlat bojini to‘lashni keyinchalik aybdor tomondan undirib olgan holda uni kechiktirib, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlaridan qarzlarni undirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalarining da’volarini qabul qilish tavsiya etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kredit resurslarini kengaytirish maqsadida 2002-yil 1-yanvardan boshlab 2005-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan davrga Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining daromadlariga soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilansin, bo‘shab qolgan mablag‘lar kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2001-yil 1-oktabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasining mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining o‘z ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va moddiy resurslar importiga bojxona to‘lovlarini to‘lashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga kechiktirilsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi (R.S. Azimov) mazkur qarorning bajarilishini o‘rganib chiqsin va 2002-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha mikrofirmalar va kichik korxonalarning dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun yo‘naltiriladigan resurslarni ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi Davlat matbuot qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklari sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar to‘plamlari qayta nashr etilishini ta’minlasinlar. Bunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish ishida barcha masalalar mutlaqo muhim ahamiyatga ega ekanligidan va ikkinchi darajali vazifalar bo‘lmasligidan kelib chiqib yangi to‘plamlarga yangidan qabul qilingan barcha qarorlar kiritilishi kerakligi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘plamlarni tayyorlash va nashr etish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning qayta nashr etilgan to‘plamlari birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes subyektlarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga hamda davlat huquqiy tizimi organlariga, xo‘jalik sudlariga va barcha nazorat organlariga yetkazib berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kichik biznes sohasida tasdiqlanadigan, qabul qilinadigan va joriy etiladigan qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ustidan doimiy monitoringni amaliyotga kiritsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
366-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 17-son, 126-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)