Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2026 16.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3000
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 16.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3000
Date of entry into force
17.04.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2026
Hujjat 17.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3000]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 18-sonli “Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3752, 12.01.2026-y.) asosan 2026-yil 15-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. SHADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 9-martdagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomning talablari davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga asosan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq yozma shaklda Dori vositasining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiya aniqlangan holat toʻgʻrisidagi xabarnoma (bundan buyon matnda xabarnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi va u mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davolash-profilaktika muassasasida davolanayotgan (shu jumladan statsionar yoki ambulator sharoitda davolanayotgan) shaxsga nisbatan dori vositasini qoʻllash chogʻida yoki dori vositasi qoʻllanilgandan keyin unda nojoʻya reaksiyalar kuzatilgan yoki aniqlangan hollarda ushbu holatni kuzatgan yoki aniqlagan davolash-profilaktika muassasasining xodimi bu haqda zudlik bilan davolovchi vrachga xabar berishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolovchi vrach qoʻllanilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi kuzatilganligi yoki aniqlanganligiga ishonch hosil qilsa ushbu holat boʻyicha 10 kun ichida xabarnomani rasmiylashtiradi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi, mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uy sharoitida davolangan bemor oʻzi isteʼmol qilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi yuzasidan davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilganda, bemorni qabul qilgan vrach unda kuzatilgan yoki aniqlangan nojoʻya reaksiyaning aynan u qoʻllagan dori vositasining qoʻllanilishi oqibatida yuzaga kelganligiga ishonch hosil qilsa ushbu holat boʻyicha 10 kun ichida xabarnomani rasmiylashtiradi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi, mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xabarnomaning murojaat qilgan shaxsga qirqib berilishi lozim boʻlgan qismi toʻliq toʻldirgan holda murojaat qilgan shaxsga berib yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dorixona hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi tashkilotlar oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan yoki realizatsiya qilingan dori vositasining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiya aniqlanganligi (kuzatilganligi) haqida maʼlumot olganda ular bu haqda 10 kun ichida xabarnoma rasmiylashtiradi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi, mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda dorixona, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilot xodimiga ushbu tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan yoki realizatsiya qilingan dori vositasining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiya kuzatilganligi yoki aniqlanganligi haqida xabar berilganda, u bu haqda zudlik bilan tashkilot rahbariga, u boʻlmaganda esa, uning oʻrnini bosuvchi shaxsga maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs dori vositasining nojoʻya reaksiyasi kuzatilganligi yoki aniqlanganligi haqidagi xabarga asoslanib xabarnoma rasmiylashtiradi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻllanilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi anafilaktik reaksiya, Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromi bilan bogʻliq deb xulosa qilinsa yoxud bu haqda maʼlumot kelib tushsa, shuningdek uning oqibatida inson vafot etganligi aniqlansa xabarnoma 1 kun ichida rasmiylashtirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan yuboriladigan xabarnoma davolash-profilaktika muassasasi vrachi tomonidan, dorixona hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan yuboriladigan xabarnoma esa, ushbu tashkilot rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda uning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va yuborilishi uchun xabarnomani imzolagan shaxs masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Dori vositalarini qoʻllovchi boshqa tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida faoliyatining xususiyatiga koʻra mazkur Nizomda tegishlicha davolash-profilaktika muassasalari yoxud dorixona, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilot uchun belgilangan tartibda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur Xabarnoma davolash-profilaktika muassasasining vrachi tomonidan toʻliq toʻldiriladi, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi tashkilotlar va dori vositalarini qoʻllovchi boshqa tashkilotlar tomonidan esa, mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2018-y., 10/18/3000/1076-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)