Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2017 13.01.1992 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.01.1992 yildagi 10-son
Date of entry into force
13.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2017
Hujjat 13.01.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKA BAYNALMILAL MADANIYAT MARKAZI TOʻGʻRISIDA

 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo madaniyat markazi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirilsin. SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyi tugatilib, uning bazasida Respublika baynalmilal madaniyat markazining tarkibiy boʻlinmasi sifatida Oʻzbekiston Xalqlari doʻstligi uyi barpo etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika baynalmilal madaniyat markazi va uning apparati tuzilmasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika baynalmilal madaniyat markazi xodimlarining lavozim maoshlari SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boshqaruv organlari apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish haqida” 1989-yil 29-sentabrdagi 803-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-noyabrdagi 355-son qaroriga muvofiq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddat ichida Respublika baynalmilal madaniyat markaziga quyidagilarni oʻtkazsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo madaniyat markazi va SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyi xodimlarini saqlash xarajatlari moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyining binosi, inventari, asbob-uskunalarini oʻz balansidan Respublika baynalmilal madaniyat markazi balansiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyidagi muzey fondi, hamma eksponatlar va balansdagi hamda Respublika baynalmilal madaniyat markaziga oʻtkazilmagan boshqa moddiy boyliklar belgilangan tartibda respublika tasarrufidagi boshqa muzeylarga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga bir yarim smenali rejim bilan ishlaydigan bitta yengil avtomobilni saqlashga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 13-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-yanvardagi 10-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA BAYNALMILAL MADANIYAT MARKAZI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Respublika baynalmilal madaniyat markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) mustaqil muassasa boʻlib, madaniy markazlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Oʻzbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy ehtiyojlarini oʻrganish va qondirishda davlat organlari va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashadi. Markazning amaliy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining millatlararo munosabatlar boʻlimi tomonidan yoʻnaltirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi milliy guruhlarning xilma-xil milliy, madaniy-maʼnaviy va til borasidagi ehtiyojlarini aniqlash, oʻrganish, ularning urf-odatlari, anʼanalari, marosimlarini rivojlantirishga koʻmaklashishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining farmonlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa meʼyoriy hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika baynalmilal madaniyat markazi yuridik shaxs boʻlib, oʻz nomi yozilgan gerbli muhrga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankida oʻzining hisob-kitob schyotiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz tarkibiga SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyi bazasida barpo etiladigan Oʻzbekiston Xalqlari doʻstligi uyi kiradi. Uning vazifalari respublikada yashovchi xalqlar doʻstligini, milliy tuygʻular, madaniy anʼanalarni chuqur hurmat qilish asosida bir-birini tushunish va bir-biriga ishonchni targʻib qilishdan, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirishga koʻmaklashishdan iboratdir. Ularni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Xalqlari doʻstligi uyida milliy tillarni oʻrgatish boʻyicha ilmiy-metodik kabinet, baynalmilal Doʻstlik klublari, kutubxona hamda SSSR xalqlari tillaridagi adabiyotlar, ittifoqdosh respublikalarning davriy nashrlari fondi boʻlgan oʻqish zali, kinolektoriyli kinozal, lektoriylari boʻlgan muzikali mehmonxona, SSSR xalqlari sanʼati asarlarini, xalq ijodiyotini namoyish qiladigan koʻrgazma zali boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va baynalmilal markazlarga amaliy va metodik yordam koʻrsatish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib va nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy anʼanalar, urf-odatlar va marosimlarni qayta tiklash va rivojlantirishga, respublika hududida yashovchi xalqlar va milliy guruhlarning madaniyati va maʼnaviy qadriyatlarini har tomonlama rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ittifoqdosh respublikalar va xorijiy mamlakatlarning milliy va baynalmilal madaniy markazlari bilan aloqalar va hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning baynalmilal jipslashuviga, millatlararo munosabatlarning uygʻunlashuviga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati millatlararo munosabatlar boʻlimining tavsiyasiga binoan Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning hamma ishlariga rahbarlik qiladi, ommaviy, madaniy-maʼrifiy ishlar, oʻtkazilayotgan tadbirlar sifati, ularning gʻoyaviy mazmuni va badiiy saviyasi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan smetaga muvofiq moliya va xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradi, pul mablagʻlarini boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat tashkilotlarida Markaz nomidan vakillik qiladi, bitimlar va shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binodan texnikaviy foydalanish, yongʻinga qarshi va soqchilik tizimi muntazam ishlashini taʼminlash uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan eng muhim masalalarni yuqori organlarning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika baynalmilal madaniyat markazi huzurida jamoatchilik kengashi ishlaydi, uning tarkibiga milliy madaniyat markazlarining, jamoat va ijodiy tashkilotlarning vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori ayni vaqtda kengash raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazning jamoatchilik kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yashovchi turli milliy guruhlarning milliy-madaniy talab va ehtiyojlarining koʻproq qondirilishiga koʻmaklashadi, baynalmilal va milliy madaniy markazlarning siyosiylashuvi va tijorati bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar va yoshlarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha shoʻbalar, komissiyalar, guruhlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi turli guruhlarining madaniy ehtiyojlarini va oʻtkaziladigan tadbirlarning samaradorligini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baynalmilal tarbiya, havaskorlik ijodiyotini rivojlantirish, aholining hordiq chiqarishini tashkil etish, Markaz ishini takomillashtirishga doir tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ish rejasini, vaqtinchalik koʻrgazmalar dasturini, teatrlashtirilgan tomoshalarning, ommaviy mavzuli tadbirlarning ssenariylarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori, boshqa xodimlarning, milliy va baynalmilal markazlar rahbarlarining yillik va moliyaviy hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning boshqa muassasalar va jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining qarorlari va tavsiyalari direktorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika baynalmilal madaniyat markazi davlat budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi. Markaz, shuningdek, turli xil pulli tadbirlar oʻtkazish hisobiga tushadigan maxsus mablagʻlarga ega boʻlishi mumkin. Bu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibga muvofiq sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaz maqomini oʻzgartirish va uni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-yanvardagi 10-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika baynalmilal markazining
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbariyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqlari Doʻstlik uyi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy madaniyat markazlari bilan ishlash boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar va bolalar bilan ishlash boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspozitsiya-koʻrgazmalar boʻlimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnika boʻlimi
Keyingi tahrirga qarang.