Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA BAYNALMILAL MADANIYAT MARKAZI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo madaniyat markazi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirilsin. SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyi tugatilib, uning bazasida Respublika baynalmilal madaniyat markazining tarkibiy boʻlinmasi sifatida Oʻzbekiston Xalqlari doʻstligi uyi barpo etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 180-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 180-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 60-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddat ichida Respublika baynalmilal madaniyat markaziga quyidagilarni oʻtkazsin:
millatlararo madaniyat markazi va SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyi xodimlarini saqlash xarajatlari moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyining binosi, inventari, asbob-uskunalarini oʻz balansidan Respublika baynalmilal madaniyat markazi balansiga.
SSSR Xalqlari doʻstligi muzeyidagi muzey fondi, hamma eksponatlar va balansdagi hamda Respublika baynalmilal madaniyat markaziga oʻtkazilmagan boshqa moddiy boyliklar belgilangan tartibda respublika tasarrufidagi boshqa muzeylarga oʻtkazilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga bir yarim smenali rejim bilan ishlaydigan bitta yengil avtomobilni saqlashga limit ajratsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-yanvar,
10-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 180-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 180-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 60-modda)