1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish oʻtkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakil qilingan davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlarning malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Auditorlik tashkilotlari uchun ustav sarmoyasining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilansin. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasini shakllantirishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlari 2001-yil 1-sentabrgacha ustav sarmoyasining eng kam miqdorini eng kam oylik ish haqining 1200 baravari miqdoriga yetkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini 2001-yil 1-oktabrgacha mazkur qaror talablariga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar va auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yangi namunadagi litsenziya bersinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan auditorlik tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishini va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hukumatning ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 22-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
365-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Mazkur Nizom auditorlik xulosalarini moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi (taftish qiluvchi) soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijobiy auditorlik xulosasi — auditorlik tashkilotining xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirishi va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi fikrini oʻz ichiga olgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salbiy auditorlik xulosasi — auditorlik tashkilotining xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti buzib koʻrsatilganligi va moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishtirishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrini oʻz ichiga olgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan keyin 15 kun mobaynida auditorlik xulosasi nusxasini oʻzi joylashgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mavjud auditorlik xulosalarini umumlashtirish natijalari boʻyicha yigʻma axborot soliq organlari tomonidan belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni nazorat organlari tomonidan tekshirishning kelgusi yildagi reja-jadvalini tuzish uchun Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga joriy yilning 1-oktabrigacha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar oxirgi tekshirish oʻtkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatiga kiritishning shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektda oldingi ikki yil uchun har yilgi ijobiy auditorlik xulosalarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi ikki yil mobaynida budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirishdan ozod etilgan davrga ijobiy auditorlik xulosalarining taqdim etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Salbiy auditorlik xulosasiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvaliga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Nizom qoidalarining buzilishi uchun soliq organlari va boshqa nazorat organlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishda auditorlik xulosasining xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi oldindan notoʻgʻri deb hisoblanadi, auditorlik tashkiloti, shuningdek, bunda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq organlari va boshqa nazorat organlari tegishli auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Notoʻgʻri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor boʻlgan auditorlik tashkiloti va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xoʻjalik yurituvchi subyektni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashning belgilangan tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun oʻz yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1-mayigacha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom boʻlgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash sababli auditorlik xulosasi mavjud boʻlmasa, soliq organi xoʻjalik yurituvchi subyektga belgilangan tartibda jarima soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jarima jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida undiriladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan jarima miqdori soliq haqidagi qonunlarga muvofiq penya hisoblangan holda soʻzsiz undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan soliq organi tomonidan jazo jarimasi qoʻllanilmaganligi boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan aniqlangan taqdirda tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb xizmatlari koʻrsatishlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatish, bekor qilish, toʻxtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (mazkur Nizomga 1-ilova) taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bankning toʻlov hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti hujjatlarini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun (toʻlov kunidagi) eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti hujjatlarni koʻrib chiqish davrida bergan arizasini qaytarib olgan holda yigʻim qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya, berilgan sanadan boshlab, besh yil muddatga beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi (mazkur Nizomga 2-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya besh yildan kam boʻlgan muddatga faqat auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova qilingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji toʻlanadigan bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatib oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash maʼlumotlar boʻlganligi, shuningdek, auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berilishini rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va auditorlik tashkilotiga yozma shaklda yuborilishi kerak, unda rad etish sabablari va auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatib oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga koʻpi bilan 15 kun muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotining litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan soʻng berilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oy oldin litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari (litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada ularga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvol toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun auditorlik tashkiloti tomonidan eng kam ish haqi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkilotining arizasi olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyaning amal qilish muddati tegishli davlat boji toʻlangan holda 5 yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18 Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng 3 kun muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlariga rioya qilingan taqdirda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish oldingi berilgan litsenziya blankasiga maxsus belgi qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda litsenziya bitimining amal qilish muddati oʻz-oʻzidan shu muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar litsenziyaning amal qilishi ariza berilgan sanada yoki ariza koʻrib chiqilayotgan davrda qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishlari shartdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qoʻyish sharti bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Amal qilish muddati tugamagan yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga, auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, shuningdek, eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatida kamida ikki nafar auditor boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqillikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz pochta manzili oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga koʻra taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organ mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga, toʻxtatishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori bajarilmagan hollarda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuborishi shartdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Koʻrsatib oʻtilgan muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ ushbu holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan paytdan boshlab 10 kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Basharti auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotini qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, qayta oʻzgartirish bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda buzib kelinganda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi sabablari asoslangan holda qaror qabul qilinganligi haqida u qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun mobaynida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan boʻlsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya sud qaroriga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, yangilash, toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, litsenziyani bekor qilish haqidagi qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon (faks) raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislarning ustav sarmoyasidagi ulushlari toʻgʻrisidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditorlar tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami, uning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Reyestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chiqishlari uchun ochiq hisoblanadi va yozma holdagi soʻrovga koʻra reyestrdan koʻchirma tariqasida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bir auditorlik tashkilotiga nisbatan reyestrdan olingan axborotni berganlik uchun eng kam ish haqining (axborot taqdim etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadagi) yarmi miqdorida haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga reyestrdan olingan axborot bepul taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Reyestrdan olingan axborotni taqdim etish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab (uni taqdim etganlik uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan taqdirda) uch kundan oshib ketishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza

1. Ariza beruvchining nomi _____________________________________________
2. Pochta manzili ______________________________________________________
Telefon _________, telefaks ___________, soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami ____________
Bank rekvizitlari _____________________________________________________
3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati
3.1.
3.2.
va boshqalar.
M. Oʻ.
Rahbarning imzosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriya _________
№ ________
Toshkent shahri
200__ yil “____” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 200__ yil “___” ____________dagi______ -son buyrugʻiga muvofiq __________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining nomi)
___________________________________________________________________________________ (pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va auditorlik tashkilotining boshqa rekvizitlari)
200__ yil “___” ______________dan boshlab 200__ yil “___” _______________ gacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqini beruvchi malaka imtihonini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi, shuningdek bu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning malaka sertifikatini beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xoʻjalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom II boʻlimining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.