|
Talabalar toifasi |
Miqdori | |
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi stipendiatlari |
o‘rtacha stipendiyaning uch barobari miqdorida* |
|
2. |
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari stipendiatlari |
o‘rtacha stipendiyaning ikki barobari miqdorida* |
|
3. |
Oliy o‘quv yurtlari talabalari |
505 278 |
|
4. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar |
548 340 |
|
5. |
Davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onalar vasiyligisiz qolgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar |
482 155 |
|
6. |
Baynalmilal burchini bajarishda yarador bo‘lish, kontuziya, jarohatlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan sob�q harbiy xizmatchilar sirasiga kiruvchi talabalar |
572 714 |
|
7. |
Sobiq baynalmilalchi jangchilar sirasiga kiruvchi talabalar |
548 340 |
|
8. |
Oliy o‘quv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar |
549 906 |
|
9. |
Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 17.08.2001 yildagi 344-son
Date of entry into force
17.08.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY O‘QUV YuRTLARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TO‘LASh TARTIBI VA MIQDORLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Talabalarning kasb bilimlarini chuqur egallashlarini rag‘batlantirish va o‘zlashtirishini oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oliy o‘quv yurtlarida stipendiya tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab davlat grantlari bo‘yicha va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalarini (xorijiy mamlakatlar talabalaridan tashqari) stipendiya bilan ta’minlash joriy etilsin.
Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar, shuningdek, ularning oila a’zolari oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya olishga haqlidirlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishning qiymati miqdoriga har oyda to‘lanadigan stipendiya miqdorini albatta kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda to‘lanadigan stipendiya summasi talabalarning o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
2. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin, talabalarning o‘zlashtirishiga qarab stipendiyalarga quyidagi tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlar joriy etilsin:
reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86 — 100 ball) — 1,0;
reyting bo‘yicha yuqori ballar (71 — 85 ball) — 0,75;
reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55 — 70 ball) — 0,5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 586-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 2001/2002 o‘quv yilida o‘qish qiymatining yangi miqdorlarini;
ta’lim muassasalarida stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning amal qilishi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 253-son qarorining 2-bandining to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘quv yurtlari o‘quvchilariga joriy etilsin, bunda o‘quvchilar va talabalar stipendiyalari miqdorlarining ilgari amalda bo‘lgan nisbati saqlab qolinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli ta’lim muassasalarining 2001-yil uchun xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-avgust,
344-son
Oliy o‘quv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari
* Talabalarning reyting nazorati bo‘yicha 71 — 85% o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha belgilangan stipendiya miqdori — o‘rtacha stipendiya miqdori deb hisoblanadi.
Izoh:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy o‘quv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqariladi.
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 586-modda)
Respublika oliy ta’lim muassasalarining talabalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya to‘lanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 105-modda; 2002-y., 21-son, 169-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2017-y., 26-son, 586-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)