05.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1764-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 05.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1764-2
Date of entry into force
06.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1764-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 5-apreldagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining 2018-yil 26-martdagi IE/04-346-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlardan muhofaza qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 1764, 2008-yil 31-yanvar), shuningdek unga oʻzgartirishlarni (roʻyxat raqami 1764-1, 2011-yil 18-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan murojaati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 10-dekabrdagi 213-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlardan muhofaza qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1764, 2008-yil 31-yanvar) hamda 2011-yil 24-iyundagi 108-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlardan muhofaza qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1764-1, 2011-yil 18-iyul) buyruqlari davlat reyestridan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/1764-2/1021-son)