02.04.2018 yildagi PF-5392-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.04.2018 yildagi PF-5392-son
Date of entry into force
02.04.2018
Hujjat 02.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishning muhim sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi subyektlarning innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning oʻrta muddatli va istiqbolli yoʻnalishlari belgilanmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini toʻliq kuzatib borishni taʼminlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini taʼminlamayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, koʻpchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta oʻylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab boʻlmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qoʻllash eʼtiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va obyektlarni qurish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali roʻyobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bazasida Vazirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasini Vazirlikka oʻtkazgan holda Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda 1-ilovada nazarda tutilgan litsenziyalarni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilanib qoʻyilsinki, Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallariga boʻlgan ichki talabni qondirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida “Oʻzqurilishmateriallari” AJ faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishi, aholi punktlarini rejalashtirish va qurish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma, qoida va standartlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi texnik nazorat va loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati olib borishi ustidan monitoring oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish boʻyicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya shartnomasini imzolash zaruratini bekor qilgan holda, aniq va toʻliq litsenziya talablari va shartlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy javobgarlik hamda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik 2018-yilning oxiriga qadar 1-ilovada nazarda tutilgan ilgari berilgan litsenziyalarning ushbu Farmon bilan belgilangan litsenziyalashning yangi mexanizmini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan akkreditatsiya organining mustaqilligini taʼminlash, subyektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qurilish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5392-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Qurilish sohasini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalar

1.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
va boshqa tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini tanqidiy oʻrganish va qayta koʻrib chiqish orqali qurilish sohasidagi faoliyatda takrorlanishlarni istisno etish maqsadida ularning tashkiliy-shtat tuzilmasi va vakolatlarini optimallashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Qurilish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun shaxslarning, jumladan mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligini kuchaytirish.

Qonun

2018-yil
15-iyungacha

Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish tartibotlarini tubdan takomillashtirish, unifikatsiya qilish va shaffofligini oshirish, shuningdek, qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha elektron savdolarni tashkil etish yuzasidan maxsus portalni ishlab chiqish, uning ishlashi va doimiy yangilanib borishini taʼminlashni;

vakolatli davlat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga
yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni faqat elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrib chiqish va kelishishni;

hokimlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarini ular qabul qilingandan keyin bir kun mobaynida maxsus portalda majburiy eʼlon qilishni;

qurilish sohasidagi uning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan barcha ruxsat beruvchi tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish va bekor qilishni.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyulgacha

“Yergeodezkadastr”

davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

4.

Manfaatdor shaxslarga Internet tarmogʻi orqali yer osti muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi axborot
va materiallar, topografik xaritalar, hududlarning tasdiqlangan bosh rejalaridan erkin foydalanish imkoniyatini hamda ularning shaffofligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
15-iyulgacha

Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Qurilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish

5.

Qurilish xavfsizligiga talablarni shakllantirish, shaharsozlik shartlari va cheklovlarini eʼlon qilish, shuningdek, qurilish sohasi ishtirokchilariga malaka talablarining yangi tartibini joriy etish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining (gaz, elektr, issiqlik, suv taʼminoti va kanalizatsiya, telekommunikatsiya va boshqalar) joriy holati, texnik tavsiflari, rejalashtirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlardan erkin foydalanishni taʼminlashni;

tuman (shahar)larni rejalashtirishning umumiy makon sxemalari/rejalarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlarni markazlashtirilgan tarzda sotib olishni joriy etish, shuningdek, Internet tarmogʻida eʼlon qilish orqali ulardan erkin foydalanishni taʼminlashni;

xalqaro miqyosda tan olingan qurilish xavfsizligi norma
va qoidalarini ularni ishlab chiqishga xususiy sektorni jalb etgan holda joriy qilishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligini shaharsozlik hujjatlarining yagona buyurtmachisi va egasi etib belgilashni.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Qurilish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor idoralar

6.

Akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan akkreditatsiya organining mustaqilligini taʼminlash, subyektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga
oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyulgacha

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor idoralar

7.

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va qurilish obyektlarini inspeksiya qilish tartibini joriy etish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish huquqini;

akkreditatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxslar — ekspertlarning qurilish obyektlarini inspeksiya qilish huquqini;

akkreditatsiyadan oʻtgan subyektlarning faoliyati ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, ularning moddiy (moliyaviy) javobgarligini.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor idoralar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 06/18/5392/0982-son; 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)