28.03.2018 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.03.2018 yildagi 248-son
Date of entry into force
31.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish, aholiga koʻrsatiladigan sport-sogʻlomlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tijorat tashkilotlari tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, shu jumladan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari (keyingi oʻrinlarda sport inshootlari deb ataladi) bazasida jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda sogʻlomlashtirish xizmatlari deb ataladi) davlat-xususiy sheriklik asosida koʻrsatish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlash hamda qoʻllab-quvvatlash orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish uchun anʼanaviy xizmatlar bilan bir qatorda, sifatli va ommabop sogʻlomlashtirish xizmatlaridan foydalanishning muqobil imkoniyatlarini taqdim etish boʻyicha pulli sogʻlomlashtirish xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun innovatsion shakllar, uslublar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida samaradorlik va natijadorlikni oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini yanada rivojlantirishga oid asosiy yoʻnalishlar va vazifalarni hisobga olgan holda pulli sport toʻgaraklari, seksiyalari va boshqa sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali Sport inshootlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan sport inshootlari toʻgʻrisida manfaatdor jismoniy hamda yuridik shaxslarning keng xabardor qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshootlarining namunaviy shtatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari stavkalarini hisob-kitob qilish metodikasi toʻgʻrisida, jumladan, birinchi navbatda, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan subyektlarga muayyan imtiyozlar berish nazarda tutilgan nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan sport inshootlarida aholiga sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga davlat mulki boʻlgan va foydalanilmayotgan binolar, obyektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda sportga muhabbat hissini, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shugʻullanishning muhimligi, sogʻlom turmush tarzini yuritish, maʼnaviy va jismoniy komilikka intilish tushunchasini shakllantirish, ularni salbiy taʼsirlardan himoya qilish va zararli odatlardan xalos qilish, bolalarda qatʼiy feʼl-atvor, Vatanga muhabbat va oʻz mamlakati bilan faxrlanish tuygʻularini qaror toptirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya-sport jarayonini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sport koʻnikmalarini chuqur oʻrganish yoʻnalishida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya-sport jarayoniga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga yangi tashkil etilayotgan va oʻz faoliyatini kengaytirayotgan nodavlat sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan manzilli roʻyxatlar asosida tadbirkorlarga sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy sport uskunalarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar berish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-sogʻlomlashtirish inshootlarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) bilan belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi aholini, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatuvchi tashkil etilayotgan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlashga doir amaliy chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.V. Akmalov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/248/0969-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)