Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARNING DAVLAT KADASTRINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HAYVONOT DUNYOSINING DAVLAT KADASTRINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli “Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻsimlik dunyosi va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini va oʻsimlik dunyosi va hayvonot dunyosi obyektlarning davlat hisobini yuritishga doir ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Hayvonlarning va ulardan foydalanishning davlat hisobini va hayvonot olami davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida” 1984-yil 28-apreldagi 373-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 17-maydagi 258-son qarori (OʻzSSR QT, 1984-y., 5-son, 24-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-sentabr,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son qaroriga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yovvoyi oʻsimliklar turlari tarkibi, soni, geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsifi, ulardan foydalanish, ularni iqtisodiy baholash, ular oʻsadigan muhitning tavsifi toʻgʻrisidagi uzluksiz yangilanib turadigan axborot tizimi.
3. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri foydalaniladigan, mintaqadagi ekologik muhitga taʼsir koʻrsatadigan yoki kamyob va turi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi tomirli oʻsimliklar va qoʻziqorinlarning hamma turlarini hisobga oladi.
4. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar: qishloq xoʻjaligida band boʻlgan yerlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlar; davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon xoʻjaligi korxonalari; zaxiralardagi yerlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyatining vakolatli organlari oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan, dorivor oziqbop va manzarali turlari boʻyicha respublikaning butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri subyektlari hisoblanadilar.
5. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr axboroti bilan taʼminlashga moʻljallanilgan.
6. Quyidagilar oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida oʻsimlik dunyosining barcha obyektlarini davlat kadastri bilan qamrab olish;
axborotni toʻplash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi;
davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish;
Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini taʼminlash;
Kadastr axborotini toʻldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi.
7. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish oʻsimlik dunyosi davlat kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
8. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri: obyektlarni roʻyxatga olishni, ular sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish sifatini, obyektlarni iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni oʻz ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda haq toʻlab foydalanadilar.
9. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablagʻ bilan taʼminlanishi kerak.
II. OʻSIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRINING MAZMUNI
10. Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrida quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi oʻsimliklarning har bir turi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻladi:
yovvoyi holda oʻsadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan oʻsimliklar;
texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi oʻsimliklar;
tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklar;
yovvoyi oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari.
11. Kadastr obyektlarining har bir guruhida quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi:
obyektlar guruhlarining maqomi;
oʻsimliklar dunyosi (yaylovlarning turlari);
keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi);
mahsuldorligi;
iqtisodiy baholanishi;
foydalanilishi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston oliy oʻsimliklarining taʼrifnomasi”, shuningdek dalani tekshirish maʼlumotlari oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi.
13. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri kadastri axboroti uzluksiz yangilashini taʼminlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining asosiy (birlamchi) turini yuritishda obyektlar birlamchi roʻyxatdan oʻtkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur oʻtkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi oʻzgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
14. Roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va baholash axboroti oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (xaritalar, sxemalar) shakllarida, anʼanaviy va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
III. OʻSIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRINI YURITISh TARTIBI
15. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan quyidagi maʼmuriy-hududiy darajalarda:
birlamchi darajada oʻsimlik dunyosi obyektlarning davlat kadastri subyektlarining vakolatli shaxslari tomonidan;
mintaqaviy darajada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati va tabiatni muhofaza qilish viloyat qoʻmitalarining vakolatli shaxslari tomonidan;
respublika darajasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi.
16. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri subyektlari darajasida vakolatli shaxslar: yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni roʻyxatga oladi, ularning soni, sifati va bahosi toʻgʻrisidagi axborotni yigʻadi, kadastr kitobini yuritadi, oʻsimliklarning turlar boʻyicha tarqalishining kadastr rejasini tuzadi va mintaqaviy darajada zarur kadastr axborotini beradi.
17. Mintaqaviy darajada vakolatli shaxslar kadastrini yuritishda subyektlarga uslubiy yordam koʻrsatadi, tushayotgan axborotni tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yovvoyi oʻsimliklarning roʻyxatini va yovvoyi oʻsimliklarning turlar boʻyicha joylashishi hududiy sxemalarini tuzadi, hisobotlar tuzadi hamda ularni har yili 1-martgacha belgilangan shaklda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati respublika darajasida:
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi;
viloyat kadastr hisobotlarini tizimlashtiradi;
kadastr xizmatlarini moddiy-texnik taʼminlaydi;
oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr materiallaridan foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi;
zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga beradi.
19. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat yoʻli bilan hisobga olish:
yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor va manzarali, oziq-ovqat maqsadida foydalaniladigan oʻsimliklar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi oʻsimliklar boʻyicha — Davlat muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklar boʻyicha — “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi tomonidan
(19-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
yovvoyi oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.
20. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini yurituvchi vazirliklar va idoralar oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, hajmda va muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2001-yildan boshlab har yili oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelgacha Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etish shakli. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
22. Oʻsimlik dunyosining ishlab chiqiladigan kadastr axboroti ishonchliligi uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati, oʻsimliklarning davlat tomonidan hisobga olinishi yurituvchi vazirliklar va idoralarning vakolatli shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I.UMUMIY QOIDALAR
1. Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish, ulardan foydalanish va ularni iqtisodiy baholash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son qaroriga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ularni iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi.
3. Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
4. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi, hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining subyektlari hisoblanadi.
5. Quyidagilar hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik turlarining imkoni boricha eng koʻp sonini qamrab olish;
axborotni toʻplash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish metodikasining yagonaligini;
Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini taʼminlash;
kadastr axborotini toʻldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi;
davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish.
6. Hayvonot dunyosining davlat kadastri: obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazishni, ular sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish sifatini, obyektlarni iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni oʻz ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq toʻlab foydalanadilar.
7. Hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat tomonidan hisobga olishni va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablagʻ bilan taʼminlanishi kerak.
II. HAYVONOT DUNYOSINING DAVLAT KADASTRI MAZMUNI
8. Oʻzbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini davlat kadastrida yovvoyi hayvonlarning har bir turi (kichik turi) boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻladi. Yovvoyi hayvonlar turlarning quyidagi guruhlariga birlashtirilgan:
a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yoʻqolib ketayotgan turlari;
b) alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar turlari;
v) ovlanadigan hayvonlar turlari;
g) baliqlar;
d) qishloq xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar;
e) oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar;
j) odam va hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar;
z) hayvonlarning boshqa turlari.
9. Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi:
tur (kichik tur)ning maqomi;
tarqalishi (hududlar boʻyicha taqsimlanishi);
soni;
biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi;
foydalanilishi;
iqtisodiy baholanishi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuritiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi hayvonlarining genetik fondi kitobi” hayvonot dunyosining davlat kadastrini tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi.
11. Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axboroti uzluksiz yangilashini taʼminlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni oʻz ichiga oladi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda obyektlar birlamchi roʻyxatdan oʻtkaziladi (xatlanadi).
Joriy turda asosiy tur oʻtkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi oʻzgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
12. Roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (xaritalar, sxemalar) shakllarida, anʼanaviy va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
III. HAYVONOT DUNYOSINING DAVLAT KADASTRINI YURITISh TARTIBI
13. Hayvonot dunyosining davlat kadastrini Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.
14. Hayvonot dunyosining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan quyidagi maʼmuriy-hududiy darajalarda:
birlamchi darajada hayvonot dunyosining davlat kadastri subyektlari vakolatli shaxslari tomonidan;
mintaqaviy darajada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat qoʻmitalarining vakolatli shaxslari tomonidan;
respublika darajasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi.
15. Yovvoyi hayvonlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ular toʻgʻrisidagi miqdoriy va sifat axborotini toʻplash, kadastr daftarini yuritish, kadastr xaritalarini tuzish va mintaqaviy darajaga zarur axborotni berish subyektlar darajasida davlat kadastrining funksiyalari hisoblanadi.
16. Mintaqaviy darajada vakolatli shaxslar kadastrni yuritishda subyektlarga uslubiy yordam koʻrsatadi, tushadigan axborotni tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yovvoyi hayvonlar roʻyxatini, yovvoyi hayvonlarning turlar boʻyicha joylashishi hududiy sxemalarini tuzadi, hisobotlar tuzadi hamda ularni har yili 1-martgacha belgilangan shaklda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etadi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi kadastr xizmati respublika darajasida:
hayvonot dunyosining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi;
viloyat kadastr xizmatlari hisobotlarini tizimlashtiradi;
hayvonot dunyosining davlat kadastri boʻyicha yillik hisobotni tuzadi;
kadastr xizmatlarini moddiy-texnik taʼminlaydi;
hayvonot dunyosini davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini chiqadi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr materiallaridan foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi;
zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlari yagona tizimiga beradi.
18. Hayvonlarni davlat yoʻli bilan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmini hisobga olish boʻyicha hujjatlar:
turlari Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar boʻyicha ilmiy tashkilotlar, oʻquv yurtlari va boshqa idoralar, davlat qoʻriqxonalari va tabiiy milliy bogʻlar ishtirokida Fanlar akademiyasi tomonidan;
belgilangan tartibda ov qilish va sanoat obyektlariga kiritilgan hayvonlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqovlash” uyushmasi, ov qilish xoʻjaligini yurituvchi boshqa tashkilotlar tomonidan;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
hisobga olinishi va hayvonot dunyosining davlat kadastriga kiritilishi kerak boʻlgan hayvonlarning barcha turlari (kichik turlari) boʻyicha davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiiy bogʻlar hududida tegishli ravishda idoraviy va milliy tabiiy bogʻlar hududida tegishli ravishda idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat qoʻriqxonalari va tabiiy bogʻlar tomonidan;
baliqlarning sanoat turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-sentabrdagi 412-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 157-modda)
alohida xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining karantinli va alohida xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish respublika markazi tomonidan;
qishloq xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
yuqorida koʻrsatilmagan hayvonlarning qolgan turlari (guruhlari) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.
19. Hayvonlarning davlat roʻyxatini va ulardan foydalanish hajmi hisobini yurituvchi vazirliklar va idoralar hayvonot dunyosining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, hajmda va muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga bepul taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2001-yildan boshlab har yili hayvonot dunyosining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
21. Hayvonot dunyosining ishlab chiqiladigan kadastr axboroti ishonchliligi uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining kadastr xizmati, hayvonlarning davlat tomonidan hisobga olinishi yurituvchi vazirliklar va idoralarning vakolatli shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 89-modda; 2003-y., 17-18-son, 157-modda; 2004-y., 42-son, 446-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda)