16.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2983
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 16.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2983
Date of entry into force
17.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2983]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-B-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 25-yanvardagi 4-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) o‘tkazish natijalari yuzasidan sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijasida tashkilotning attestatsiya komissiyasi tomonidan tashkilotdagi sanitariya-texnik holatning pasporti (bundan buyon matnda pasport deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Pasport tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Pasportni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pasport mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pasport quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning nomi, idoraviy mansubligi (agar idoraviy mansub bo‘lsa) hamda manzili ko‘rsatilgan titul varaq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (1-jadval);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ma’lumotlar (2-jadval);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linma (sex) to‘g‘risida ma’lumotlar (3-jadval);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni to‘g‘risida ma’lumotlar (4-jadval);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari holati to‘g‘risida ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pasportga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda to‘ldirilgan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pasportning 1-jadvalida (Tashkilot xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar) tashkilotda ishlayotgan xodimlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning umumiy soni tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq ma’lumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ma’lumotlaridan foydalaniladi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakasini oshirgan yoki yangi kasbni egallagan nogironligi bo‘lgan shaxslar malakasini oshirganligini yoxud yangi kasbni egallaganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pasportning 2-jadvalida (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan (mo‘ljallangan) sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar, jihozlar hamda yaratilgan boshqa qulayliklar haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 2-jadvalning 3-ustunida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilishi lozim bo‘lgan xonalarning (jihozlarning, yaratilgan boshqa qulayliklarning) soni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlaridan kelib chiqib ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pasportning 3-jadvali (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linma (sex) to‘g‘risida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir bo‘linma (sex) bo‘yicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pasportning 4-jadvali (Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni to‘g‘risida ma’lumotlar) nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir bo‘linma (sex) bo‘yicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq ma’lumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pasportdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijasida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 23-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎TASDIQLAYMAN

‎____________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O)

‎__________________
‎(‎imzo)‎‎

‎‎20__ yil “___” ________________

‎‎___________________________________
‎(tashkilotning idoraviy mansubligi,
‎agar idoraviy mansub bo‘lsa)
‎___________________________________
‎(tashkilotning nomi)


‎Sanitariya-texnik holatning
‎PASPORTI





‎‎Tashkilotning manzili: ______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tashkilot xodimlari to‘g‘risida umumiy
MA’LUMOTLAR

1-jadval

T/r

Ma’lumotlar

Ko‘rsatkichlar

1

2

1.

Xodimlarning umumiy soni, jami:

Shulardan nogironligi bo‘lgan shaxslar:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

2.

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

3.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan ixtisoslashtirilgan bo‘linma (sex) soni (agar mavjud bo‘lsa)

4.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylarining umumiy soni

5.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish joylarining soni (agar mavjud bo‘lsa)

6.

Malakasini oshirgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni

Yangi kasbni egallagan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni

7.

Xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish shakli: poliklinika / tibbiy sanitariya qismi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan

sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar

hamda yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

2-jadval

T/r

Maishiy xonalar, jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar

Umumiy soni

Shula�dan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan soni

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga

muvofiq

amalda

1

2

3

4

1.

Garderobxonalar

2.

Javonlar soni

3.

Dushxonalar

4.

Yuvinish xonalari

5.

Sanuzellar:

unitazlar

polusti chashalar

pisuarlar

tashqarida joylashgan hojatxona

6.

Ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun xonalar

7.

Dam olish uchun xonalar

8.

Kiyimlarni quritish va tozalash uchun xonalar

9.

Ichimlik suv bilan ta’minganlik:

ichimlik suv favvorachalari

saturator qurilmalari

elektr suv qaynatgichlari

10.

Oshxonada o‘tirish joylari soni

Shundan: qo‘ltiq tayoqda harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun

Nogironlik aravachasida harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linma (sex) to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

_________________________________

(bo‘linma (sex) nomi)

3-jadval

T/r

Ko‘rsatkichlar

1-ustunda ko‘rsatilganlardan biri yoki bir nechtasi ko‘rsatiladi

1

2

1.

Bo‘linma (sex) joylashgan joy:

umumiy xonada

moslashtirilgan xonada

maxsus konstruksiyalangan xonada

ochiq maydonda

2.

Ventilatsiya tizimi:

tabiiy (aeratsiya)

sun’iy umumalmashuvchi

konditsiyalash bilan umumiy oqimli

konditsiyalashsiz umumiy oqimli

umumiy havo tortish

mahalliy havo tortish

3.

Yoritish turlari:

tabiiy

sun’iy

aralash

4.

Yoritish tizimi:

umumiy

kombinatsiyalangan

5.

Isitish tizimi:

markazlashtirilgan

mahalliy

6.

Binolarning jihozlanganligi:

maxsus o‘tish joylari

maxsus zinapoyalar

ko‘targichlar

panduslar

7.

Tanib olish va topish uchun rangli va ovozli belgilar mavjudligi:

eshiklarda

zinapoyalarda

panduslarda

o‘tish joylarda

ko‘targichlarda

8.

Zinapoyalar, tushish joylarida suyanchiqlar mavjudligi

9.

Xavfli joylarning belgilanishi:

yoritish vositalar bilan

keskin farq qiluvchi ranglar va materiallar bilan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan

foydalaniladigan bo‘linmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi bo‘lgan

shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

__________________________________

(bo‘linma (sex) nomi)

4-jadval

T/r

Ko‘rsatkichlar

Soni

1

2

1.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy soni, jami

ulardan:

I guruh nogironligi bo‘lganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II guruh nogironligi bo‘lganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III guruh nogironligi bo‘lganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

2.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni, jami

ulardan:

I guruh nogironligi bo‘lganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II-guruh nogironligi bo‘lganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III-guruh nogironligi bo‘lganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan
‎bo‘linmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari to‘g‘risida
‎MA’LUMOTLAR

‎‎1. Ishlarning bajarilishi:

‎‎______‎‎_______________________________
‎(o‘tirib, turib, o‘tirib-turib)

‎‎2. O‘tirib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
‎‎‎(ha, yo‘q)

‎‎‎‎3. Turib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

‎‎______________________________________ ‎‎‎(ha, yo‘q)

‎‎‎‎4. Ish pozasi:

______________________________________
‎‎‎(majburiy, erkin)

‎‎5. Ish mebellari ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
‎‎‎(ha, yo‘q, qisman)

‎‎6. Tanani stolda ushlab turish uchun yordamchi vositalar mavjudligi:
‎o‘tirganda _______________________

‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎turganda ________________________

‎‎‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎stol balandligini sozlash imkoniyati

‎‎_____________________________________________
‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎stol suyanchig‘ini sozlash imkoniyati

‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎7. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan shaxslar uchun ish o‘rnining moslashtirish imkoniyati

‎‎mavjudligi:

‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎8. Qo‘shimcha yoritish mavjudligi:

_____________________________________________
‎‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎9. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun tovushli signallarning
mavjudligi‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎10. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun boshqa signallarning
‎‎mavjudligi

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎11. Qo‘llaniladigan texnologiyalarning ta’rifi:
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
12. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanganligi munosabati bilan qo‘llaniladigan texnologiyalar ta’rifidagi o‘zgartirishlar:
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2983/0908-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)