Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlovchi yangi loyihalar bilan yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maxsus komissiyaning (Oʻ.T. Sultonov) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan 3 va 4-ilovalarni:
tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, qismlarini va ularga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq loyihalari roʻyxati;
* 1-ilova berilmaydi.
xomashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq loyihalari roʻyxati bilan toʻldirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
* 2-ilova berilmaydi.
* 3-ilova berilmaydi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-sentabr,
447-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 426-modda)