07.03.2018 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.03.2018 yildagi 185-son
Date of entry into force
09.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, ijtimoiy sohada hamda davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoniga faol joriy etish hamma joyda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va uning barqaror faoliyatini taʼminlashni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlarining ishonchliligi va sifati alohida ahamiyat kasb etib, ularning buzilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini taʼminlash, belgilangan standartlar va normativlarga muvofiq koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini qayta koʻrib chiqsin va qonunchilik talablariga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi holatlari boʻyicha maʼlumotlarni aniqlash va olish jarayonini avtomatlashtirish yoʻli bilan samarali mexanizmlarning joriy qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 7-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ishlashi, shuningdek, xizmat koʻrsatish sifati buzilganligi uchun koʻrsatkichlarning yagona tizimi boʻyicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo boʻlgan buzilishlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) sud tartibida qoʻllanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan holatlarda esa belgilangan tartibda Inspeksiya tomonidan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash uchun idoraviy statistika hisoboti maʼlumotlari, birlamchi statistika maʼlumotlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taqdim etgan axborotlari, xizmatlarning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan olingan maʼlumotlar, shuningdek, Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi holatlari asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash va toʻlash mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) miqdorlari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoriga muvofiq ravishda hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun undiriladigan jarimalardan tashqari, moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) sifatida undiriladigan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi gʻazna hisob raqamlariga quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy statistika hisobotiga muvofiq — har chorakda, hisobot davridan keyin 30 kun muddatda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi statistika maʼlumotlariga muvofiq va aniqlangan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar sifati buzilishi holatlari boʻyicha Inspeksiyaning tegishli qarori olingandan soʻng bir hafta muddatda.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taqdim etilgan birlamchi statistika maʼlumotlari, hisobotlarining ishonchliligi va moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning oʻz vaqtida toʻlanishi Inspeksiya tomonidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sanksiyalar (jarimalar)ning toʻliq miqdorda oʻtkazilmaganligi aniqlangan taqdirda tegishli summa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Inspeksiyaning qarori olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi gʻazna hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta va ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan, shuningdek, zarar yetkazishga olib kelmaydigan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash bilan cheklanadi. Ushbu holatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni abonentlar (mijozlar)ga aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki ular sifatining pastligi uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan yetkazilgan zararni qoplash yoki toʻlovni qayta hisob-kitob qilishdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Inspeksiyaning moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash toʻgʻrisidagi qarorlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablarini hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)miqdori
(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan baravar)

1. Pochta aloqasi

1.1.

Oʻtkazmalar summalarining korxonaning aybi bilan kamomadi va oʻgʻirlanishi,har bir holat uchun

11

1.2.

Korxona aybi bilan pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolishi, joylanmalarining kamomadi, buzilishi (shikastlanishi),
har bir holat uchun

10

1.3.

Yozma xat-xabarlarning joʻnatuvchidan oluvchigacha oʻtishida nazorat muddatlarining buzilishi, har bir holat uchun

0,1

1.4.

Posilkalar oʻtishida nazorat muddatlarining buzilishi, har bir holat uchun

0,5

2. Magistral va zonaichi aloqa tarmoqlarining
uzatish liniyalari, kanallari, traktlari

2.1.

Telefon kanallarining toʻxtalish davomiyligi (shu jumladan, asosiy raqamli kanal (ARK)ning tonal chastotali kanallari, E1 oqimlari), kanal-soatlarda, aloqa liniyalari turlari boʻyicha 1000 km uchun, chorak davomida hisoblaganda

1

2.2.

Radiorele va optik-tolali aloqa liniyalari orqali tashkil etilgan televizion kanallar shikastlanishlarining davomiyligi, 100 km liniyalar uchun minutlarda, chorak davomida, har bir minut uchun

0,1

2.3.

Rejadan tashqari oʻlchashlar, stansiya shikastlanishlari va elektr taʼminoti qurilmalarining shikastlanishlari sababli kelib chiqqan toʻxtalishlar davomiyligi, chorak davomida, 100 ta ishlatilayotgan telefon kanallari uchun kanal-soatlarda (shu jumladan, ARK tonal chastotali kanallari, E1, IP oqimlari)

0,5

3. Mahalliy (shahar, qishloq) telefon aloqasi

3.1.

Nosozliklarni nazorat muddatlaridan ortiq muddatlarda bartaraf etish vaqti, har bir 1000 telefon-soat uchun

0,2

4.Kabel, efir-kabel teleeshittirish

4.1.

Teledasturlarni translyatsiya/retranslyatsiya qiluvchi kabel/efir-kabel televideniye studiyasi texnik vositalari toʻxtalishlari davomiyligi, har bir 1000 ta abonent nuqta-minut uchun

1

4.2.

Kabel eshittirish tarmogʻidagi texnik vositalarning korxona aybi bilan boʻlgan toʻxtalishlari davomiyligi, har bir 500 ta abonent nuqta- minut uchun

0,1

5. Televideniye

5.1.

Quyidagi quvvatlardagi televizion uzatgichlarning korxona aybi bilan toʻxtalishlari davomiyligi, har bir minut uchun:

1 Vt dan 100 Vt gacha;

0,05

100 Vt dan ortiq;

0,5

shu jumladan normativ muddatlardan ortiq.

1

5.2.

Quyidagi quvvatlardagi televizion uzatgichlarning korxona aybi bilan belgilangan texnik normalardan ogʻishlari davomiyligi, har bir minut uchun:

1 Vt dan 100 Vt gacha;

0,025

100 Vt dan ortiq;

0,25

shu jumladan normativ muddatlardan ortiq.

0,5

5.3.

Korxona aybi bilan raqamli paketdagi telekanal ishlashidagi toʻxtalishlar davomiyligi (tarqatish yoki teleradioeshittirish subyekti), har bir minut uchun

0,05

5.4.

Korxona aybi bilan raqamli paketdagi telekanalning belgilangan texnik normalardan ogʻishlari davomiyligi (tarqatish yoki teleradioeshittirish subyekti), har bir minut uchun

0,01

6. Yoʻldosh aloqasi

6.1.

Yoʻldosh aloqasining qabul qiluvchi va qabul qiluvchi-uzatuvchi yer usti stansiyalari ishidagi uzilishlar, har bir minut uchun:

a) televizion uzatuvchi yer usti stansiyasi;

1

b) televizion qabul qiluvchi yer usti stansiyasi;

0,01

v) telefon aloqaning qabul qiluvchi-uzatuvchi yer usti stansiyasi.

0,1

6.2.

Yoʻldosh aloqasining qabul qiluvchi-uzatuvchi yer usti stansiyalari ishida belgilangan texnik normalardan ogʻishlar, har bir minut uchun:

a) televizion uzatuvchi yer usti stansiyasi;

0,5

b) televizion qabul qiluvchi yer usti stansiyasi;

0,005

v) telefon aloqaning qabul qiluvchi-uzatuvchi yer usti stansiyasi.

0,05

7. Radioeshittirish

7.1.

Quyidagi quvvatlardagi radioeshittirish uzatgichlari ishida korxona aybi bilan toʻxtalishlar davomiyligi, har bir minut uchun:

1 Vt dan 100 Vt gacha;

0,05

100 Vt dan ortiq;

0,5

shu jumladan normativ muddatlardan ortiq.

1

7.2.

Quyidagi quvvatlardagi radioeshittirish uzatgichlari ishida belgilangan texnik normalardan korxona aybi bilan boʻlgan ogʻishlar davomiyligi, har bir minut uchun:

1 Vt dan 100 Vt gacha;

0,025

100 Vt dan ortiq;

0,25

shu jumladan normativ muddatlardan ortiq.

0,5

8. Radioaloqa va mobil aloqa tarmoqlari

8.1.

Mobil aloqa tarmoqlarida qabul qiluvchi-uzatuvchi radio modullarning ishida korxona aybi bilan boʻlgan toʻxtalishlar davomiyligi, chorak davomida, 1000 soat ishlashi uchun minutlarda

0,05

8.2.

Tarmoqning alohida uchastkalarida uskuna shikastlanishlarining normativdan ortiq vaqtda bartaraf etilishi, har bir minut uchun

0,1

8.3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha oʻrnatilgan ulanishning abonent tashabbusi bilan boʻlmagan uzilish bilan tugallangan chaqiruvlar ulushi (Call drop rate), chorak davomida, oʻrnatilgan ulanishning abonent tashabbusi bilan boʻlmagan uzilish bilan tugallangan har bir 100 ta chaqiruv uchun, normativdan ortiq vaqtda

0,1

8.4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumiy chaqiruvlar sonidan muvaffaqiyatsiz chaqiruvlar ulushi (Call unsuccessful rate), chorak davomida, har bir 100 ta muvaffaqiyatsiz chaqiruv uchun, normativdan ortiq vaqtda

0,5

8.5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha maʼlumotlarni paketli uzatish xizmatidan foydalana olish koeffitsiyenti, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

0,5

8.6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ulanishni oʻrnatish vaqtida normativlarga javob bermaydigan chaqiruvlar ulushi, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

0,1

8.7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha paketlarni kommutatsiyalash orqali maʼlumotlarni uzatishda oʻrnatilgan ulanish vaqtining koeffitsiyenti, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

0,1

8.8.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha maʼlumotlar uzatish xizmatining uzilish koeffitsiyenti, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

0,1

8.9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha nutqni uzatish sifati normativlariga javob bermaydigan chaqiruvlar ulushi, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

1,0

8.10.

Mobil aloqa tarmogʻi uchun maʼlumotlar uzatish tezligining oʻrtacha qiymatiga rioya qilmaslik, chorak davomida, har bir normativdan ortiq holat uchun

0,1

9. Davriy bosma nashrlar

9.1.

Isteʼmolchilarga obuna davriy bosma nashrlarni yetkazib berish muddatlarining korxona aybi bilan buzilishi, har bir nusxa uchun

0,05

10. Maʼlumotlar uzatish tarmoqlari

10.1.

Belgilangan maʼlumotlar uzatish tezligiga muvofiq xizmatlar koʻrsatish sifatining korxona aybi bilan buzilishi aniqlangan holatlar soni, har bir holat uchun

0,5

10.2.

Operator va provayderga bogʻliq boʻlgan sabablarga koʻra maʼlumotlar uzatish uskunasining normativdan ortiq toʻxtalishi davomiyligi, chorak davomida, har bir minut uchun

0,1

10.3.

Korxona aybi bilan maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga normativdan ortiq muddatlarda foydalanishni tiklash vaqti, har bir toʻliq soat uchun

0,01

11. Xalqaro kommutatsiya markazlarini chetlab oʻtib,
xalqaro ovozli trafikni ruxsatsiz oʻtkazish

11.1.

Qonunga xilof ravishda xalqaro soʻzlashuvlarni amalga oshirishda foydalanilgan har bir aniqlangan abonent raqami uchun

70

12. Telekommunikatsiya tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish

12.1.

Avariya, uzilishlar, toʻxtalishlarga olib kelgan telekommunikatsiya tarmoqlari va liniya-kabel inshootlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi, har bir holat uchun

1

13. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari
tomonidan koʻrsatiluvchi axborot-maʼlumot xizmatlari

13.1.

Telefon orqali texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatidan foydalanish koeffitsiyenti pasayishi, chorakda, oʻrnatilgan normativning har bir buzilish holati uchun

0,01

13.2.

Axborot-maʼlumot xizmatlari operatorining belgilangan normadagi vaqtdan ortiq javob berish vaqti, har bir holat uchun

0,01

14. Statistika hisoboti

14.1.

Belgilangan tartibda idoraviy statistika hisobotlarini taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etish, har bir holat uchun

10

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-iyundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 51-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori 1-ilovasining 27-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)