21.02.2018 yildagi 133-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.2018 yildagi 133-son
Date of entry into force
23.02.2018
Hujjat 23.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim oʻtkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini taʼminlash, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan hamjihatlik va amaliy hamkorlikni, mintaqa davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston — Tojikiston Davlat chegarasini kesib oʻtishda qulay sharoitlar hamda oʻtkazish punktlarining uzluksiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga Samarqand viloyatidagi “Jartepa”, Jizzax viloyatidagi “Qushkent”, “Uchturgan”, Sirdaryo viloyatidagi “Xovostobod”, Toshkent viloyatidagi “Bekobod”, Namangan viloyatidagi “Pop”, Fargʻona viloyatidagi “Ravot”, Surxondaryo viloyatidagi “Gulbahor” avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari hamda “Amuzang” temir yoʻl oʻtkazish punktining (keyingi oʻrinlarda oʻtkazish punktlari deb ataladi) muhandislik-kommunikatsiya va yoʻlboʻyi infratuzilmasini, shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postini tashkil etish va yanada rivojlantirish uchun zarur yer uchastkalari ajratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazish punktlariga tutash avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy standartlarga mos yoʻlboʻyi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini oʻtkazsinlar, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarga joylarda ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratishda koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati organlari deb ataladi), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazish punktlarining faoliyatini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur sharoitlar yaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postining binolari, inshootlari va unga tutash hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bir hafta muddatda operativ boshqarish huquqi bilan bepul asosda belgilangan tartibda bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda yangi joyda joylashtiriladigan chegara postining infratuzilmasi har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan qurilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻtkazish punktlari orqali shaxslar hamda transport vositalarining harakatlanishini oʻrgansin hamda 2018-yil yakunlari boʻyicha oʻtkazish punktlarining tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish maqsadida bajarilgan loyiha-qidiruv va qurilish ishlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yil 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida “Gʻalaba — Xoshadiy” temir yoʻl uchastkasi (keyingi oʻrinlarda temir yoʻl uchastkasi deb ataladi) rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin va oʻtkazish punktida davlati nazorat organlarining faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha hujjati tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, temir yoʻl uchastkasini loyihalashtirish bilan bir paytda rekonstruksiya qilishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida “Gʻalaba — Xoshadiy” temir yoʻl uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyihalash tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudrat tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oʻtkazish punktlari faoliyatini tashkil etish maqsadida uskunalar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) xarid qilish uchun budjetdan maqsadli mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) shakllantirishda ularga markazlashtirilgan investitsiyalardan ajratiladigan limitlar doirasida hamda asoslangan hisob-kitoblar asosida oʻtkazish punktlarining yangi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish loyihalari belgilangan tartibda kiritishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK oʻtkazish punktlarini yuqori tezlikda ishlaydigan aloqa kanallari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha hujjatlari tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish bilan bir paytda qurishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlariga maʼlumotlarni uzatish tarmogʻining yuqori tezlikda ishlaydigan kanallarini taʼminlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” AK — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aloqaloyiha” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” AK — bosh pudrat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻtkazish punktlarini oʻrganish va ularni Dasturga kiritishga doir takliflar taqdim etish natijalari boʻyicha tashkil etilayotgan oʻtkazish punktlarining suv taʼminoti yuzasidan texnik shartlar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi koʻmagida Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi liniyasigacha oʻtkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yoʻllari qayta tiklanishi va kapital taʼmirlanishini, oʻtkazish punktlari yaqinida, shu jumladan oʻtkazish punktlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi oʻrtasida joylashgan hududlarda zarur yoʻlboʻyi infratuzilmasi (panelli-toʻrsimon toʻsiq, ajratuvchi betonli toʻsiq, yoritish, yoʻl belgi va ishoralari) tashkil etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻtkazish punktlariga olib boradigan temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish boʻyicha buyurtmachilar bosh loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli organlarda koʻrib chiqilishi va kelishilishi, belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi barpo etilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ oʻtkazish punktlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash tadbirlarini oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbektelekom” AKga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash asosida yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali ishlab chiqaruvchi zavodlar yoxud ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskunalar, materiallar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) yetkazib berish boʻyicha kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov, va Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni O.M. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133-son