Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevralya,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 118-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirishga belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Agentlikka toʻlanadigan vositachilik haqi, jumladan:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika yetkazib berish, harbiy-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalari ishlab chiqargan harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni sotish boʻyicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi;
boʻshaydigan harbiy-texnik mulkni tashqi bozorga sotish boʻyicha tuzilgan kontrakt qiymatining 30 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat sohalarini litsenziyalashdan tushadigan mablagʻlarning 100 foizi, shu jumladan qayd etilgan maqsadlar uchun tegishli vazirlik va idoralarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agentlik tarkibiga kiradigan tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda miqdori belgilanadigan ajratmalari;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
d) shartnoma (kontrakt) majburiyatlarini buzganligi uchun yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar miqdorining 100 foizi;
e) jamgʻarma boʻsh mablagʻlarini likvidli moliya vositalarida (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va boshqalar) vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
j) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan mablagʻlar Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boʻlinmalarida ochiladigan bank hisobraqamlarida jamlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
5. Jamgʻarma mablagʻlari:
mudofaa sanoati kompleksini qoʻllab-quvvatlash, uning salohiyatini rivojlantirish va oshirish, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha dasturlar va loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga;
qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy-texnik mulkni ishlab chiqish hamda modernizatsiyalash tadbirlarini moliyalashtirishga;
mudofaa sanoati sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga;
harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, yoʻq qilish va qayta ishlash sohasidagi loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlar, shu jumladan xalqaro mutaxassislar ishini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik kadrlarini, jumladan, xorijiy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlariga;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etishga;
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, Agentlikning profilaktika va boshqa tadbirlarini oʻtkazishga;
Agentlik xodimlarining mamlakat ichida va tashqarisida xizmat safarlarida boʻlish xarajatlarini toʻlashga;
Agentlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga xizmat koʻrsatish va ularni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirishga;
Agentlikning Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti xodimlarini taʼminlashga;
Agentlik ijro etuvchi apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirishga;
Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga;
Agentlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga;
Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari bilan qoplanmagan joriy xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
(5-bandning oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarmaning 25 foizdan ortiq boʻlmagan mablagʻlari Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarmaning Agentlik direktori rahbarlik qiladigan Kengashi Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish organi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Agentlik, uning idoraviy mansub tashkilotlari vakillaridan shakllantiriladi va Agentlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
10. Jamgʻarma kengashining majlislari har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, Jamgʻarma kengashining navbatdan tashqari majlislari ham chaqirilishi mumkin. Jamgʻarma Kengashi majlislari ularda Kengashning kamida uch aʼzosi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
11. Jamgʻarma Kengashi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan Jamgʻarmani shakllantirishning barcha manbalari boʻyicha Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini tayyorlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning Jamgʻarmadan olingan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamgʻarma daromadlarining prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi va mablagʻlar tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi kamchiliklarni bartaraf etishga doir tegishli choralar koʻradi;
tushumlarni koʻpaytirish va Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
oʻz faoliyati doirasida boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Agentlikning Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish xizmati (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) Jamgʻarma kengashining ishchi organi hisoblanadi va u quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishining hisobini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish uchun uni belgilangan tartibda taqdim etadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda taqdim etish uchun Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini barqaror shakllantirish, oʻz vaqtida moliyalashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlash monitoringini amalga oshiradi.
Ishchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
13. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini tayyorlash, koʻrib chiqish hamda tasdiqlash har yili joriy yilning 1-oktabrigacha kelgusi yil uchun moliyaviy mablagʻlar tushishining kutilayotgan prognozidan va ushbu Nizomda belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi oʻrinbosari bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari asosida ishchi organ Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzadi hamda Agentlik direktori tasdiqlagandan soʻng ushbu smetani roʻyxatdan oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boʻlinmalarida ochiladigan bank hisobraqamlari orqali sarflanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarma xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boʻlinmalari tomonidan Agentlikning toʻlov topshiriqnomasi asosida toʻlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jamgʻarma mablagʻlarining yil oxirida barcha manbalar boʻyicha qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga oʻtkazilmaydi, Agentlik tomonidan markazlashtirilgan holda foydalanish uchun kelgusi yilga oʻtkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Agentlik direktori tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
7-bob. Yakunlovchi qoida
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/118/0781-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)