Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.12.2002 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.12.2002 yildagi 424-son
Date of entry into force
04.12.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DON TAYYORLASH VA NON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH TIZIMIDA XARAJATLARNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 13-sentabrdagi F-1624-son Farmoyishi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tizimi korxonalarida don tayyorlash va saqlash, un va non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlarida moddiy-texnika va moliyaviy resurslardan nooqilona va tejamkorliksiz foydalanishning ko‘plab hollari aniqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Don qabul qilish va un tortish korxonalarida tashqi transport tashkilotlarini yuqori tariflar bo‘yicha jalb etish bilan bog‘liq donni transportda tashish xarajatlari o‘sishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir qancha korxonalarda elektr energiyasi, gaz va suv sarfining belgilangan normativlari buzilmoqda, ushbu resurslarni hisobga olish priborlari o‘rnatilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport-tayyorlash va ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining, qayta ishlash xarajatlarining va boshqa noishlab chiqarish xarajatlarining oshishi pirovard natijada un va non-bulka mahsulotlari narxining asossiz ravishda oshishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Un va non-bulka mahsulotlariga barqaror narxlarni ta’minlash, boshoqli ekinlar doni tayyorlash, transportda tashish, saqlash va qayta ishlashning noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini pasaytirish, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tizimi korxonalarining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bo‘yicha moddiy-texnika resurslaridan tejab va oqilona foydalanish hamda non mahsulotlari tannarxini qisqartirish chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar dasturini bajarishi ustidan doimiy monitoring yuritilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar tarkibini mustahkamlash hamda tarmoqning korxonalariga malakali, zamonaviy fikr yuritadigan iqtisodchilar va menejerlarni jalb etish maqsadida ikki oy muddatda Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda uning tasarrufidagi korxonalarning rahbarlari va iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 15-maygacha davlat ehtiyojlari uchun don tayyorlash davrida transport xizmatlariga tariflarning cheklangan darajalarini belgilasin hamda don tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishda “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalarining xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadlarda moliya organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi organlariga zarur materiallarni so‘rab olishga, korxonalarning o‘ziga borib xarajatlarni birlamchi hujjatlar bo‘yicha o‘rganishga ruxsat berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi jahon bozori va mintaqaviy tovar birjalarida shakllanayotgan don narxi konyunkturasidan kelib chiqib boshoqli ekinlar doni ichki xarid narxlarini belgilashning Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-yanvardagi 27-son qarori bilan qabul qilingan tartibiga qat’iy amal qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari donni yig‘ishtirib olish va tayyorlash davrida transport xizmatlariga belgilangan cheklangan tariflarga qat’iy amal qilsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda don qabul qilish va tayyorlov bo‘linmalarining joylashishi sxemasini qayta ko‘rib chiqsin, transportda tashish tizimini maqbullashtirish, ularning temir yo‘llarga eng ko‘p darajada yaqin bo‘lishini ta’minlash va tashish masofasidan kelib chiqib xo‘jaliklarni don qabul qilish punktlariga biriktirish hisobiga boshoqli don ekinlarini transportda tashish xarajatlarini qisqartirishni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda donni qayta ishlash jarayonida olinadigan qo‘shimcha mahsulotning real bozor qiymatini hisobga olgan holda qoliplangan non ishlab chiqarishning jami xarajatlaridan kelib chiqib un va qoliplangan non narxi belgilanishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining oliy navli unga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda tegirmonlarning bir qismini oliy va birinchi nav un ishlab chiqarishga o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda g‘allachilik ilmiy-tekshirish institutlarini jalb etgan holda respublikada yetishtiriladigan bug‘doyning seleksiya navlaridan kelib chiqib navlar bo‘yicha don sarfi, un va non chiqishi normalari va normativlari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining asosiy ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va mol-mulkni konservatsiya qilish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2—4-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda korxonalarning ishga tushirilmagan yoki ishlab chiqarish jarayonida kam foydalaniladigan asosiy fondlarini va boshqa mol-mulkini ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 358-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlariga “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tizimiga kiruvchi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish, ularning aylanma mablag‘laridan homiylik qilishda, xayriya faoliyatida va ijtimoiy-madaniy obyektlar qurilishida foydalanish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S.Yusupov va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri M.B.Nurmurodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 4-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
424-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 23-son, 187-modda; 2004-y., 31-son, 358-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)