Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020 30.04.1998 yildagi 611-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.04.1998 yildagi 611-I-son
Date of entry into force
21.05.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish bo‘yicha kompleks choralarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun qo‘shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlarini berish va ularni himoya qilish choralarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi ta’minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, diniy e’tiqodi, iqtisodiy faoliyati qayerda amalga oshirayotganligiga, shuningdek investorlar yoki investitsiyalarning qaysi mamlakatga mansubligiga qarab chet ellik investorlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar ularning ijrosi chet ellik investorga yoki chet el investitsiyalariga zarar yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo‘llash huquqiga egadir.
(3-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-6-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 278-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorga to‘lanadigan dividendlar tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i miqdorining (stavkasining) ko‘paytirilishi;
(3-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘tkaziladigan daromadini (foydasini) o‘z mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag‘larni o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablag‘larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo‘llash sharoitida o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turish hollari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini ko‘paytirish tarzida, joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi bo‘yicha cheklashlarning joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlarning — jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qo‘shimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarning joriy etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-6-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 278-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el investitsiyalari, avvalo xususiy investitsiyalar bo‘yicha barcha shartnomalar, ular bajarilishining qat’iy kafolatlarini ta’minlash borasida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan tegishli organlarining nazorati ostida turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari o‘zlarining qonuniy vakolatlaridan foydalanish paytida chet ellik investor qonun hujjatlarini buzganligini aniqlasalar, ular faqat vakolatlari bo‘lgan hamda muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarnigina ko‘rishlari mumkin. Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan chet ellik investorning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Chet ellik investorlarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarni himoya qilishning umumiy kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlarida qo‘shimcha, shu jumladan sheriklar tomonidan chet ellik investorlar oldidagi o‘z majburiyatlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar va ularni himoya qilish choralari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, ya’ni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotida ilg‘or tuzilmaviy o‘zgarishlar ro‘y berishini ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar kiritilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga investitsiyalar kiritilayotganda;
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning eksport imkoniyati mustahkamlanishi va kengayishini, respublika jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuvini ta’minlovchi ustuvor loyihalarga investitsiya kiritilayotganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishi xomashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin.
(4-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y.,1-2-son, 18-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolat berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlashda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar ro‘yobga chiqarilishining davlat monitoringi amalga oshirilishini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlashni hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida berilib, ularda, xususan, chet el investitsiyalarini kiritish, ulardan foydalanish va ularning o‘rni qoplanishini ta’minlash shartlari hamda tartibi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va chet ellik investor o‘rtasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomalarini, ularda chet ellik investorning investitsiya majburiyatlarini mustahkamlagan holda, tasdiqlash nazarda tutiladi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Davlat mulkiga aylantirishdan kafolatlar. Rekvizitsiyalarni amalga oshirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rekvizitsiya to‘g‘risidagi qaror:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar yoki boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazilgan zararga monand ravishda tovon to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha, talablarga rioya etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko‘rsatib o‘tilgan tovon to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investor sud va hakamlik tartibida quyidagilar bo‘yicha, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekvizitsiyani amalga oshirish uchun qo‘llanayotgan maqsadning qonuniyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekvizitsiya miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekvizitsiya qilinadigan investitsiyalar va boshqa aktivlar bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon to‘lovlarining mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekvizitsiyani amalga oshirish paytida davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari rioya qilgan tartib yuzasidan bahslashishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishni cheklash yoxud mablag‘larni majburiy olish davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mablag‘larni o‘tkazish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi. Bunday o‘tkazishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va qo‘shimcha summalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarni amalga oshirishdan tushgan daromadlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazilgan zararni qoplash uchun tovon sifatida ushbu Qonunga muvofiq olingan mablag‘larni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarni ijro etish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investitsiyalarining hammasini yoki bir qismini sotishdan kelgan tushumni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizoni hal qilish, shu jumladan sud yoki hakamlikning har qanday hal qiluv qarori tufayli vujudga keluvchi to‘lovlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga to‘lanadigan ish haqini va boshqa to‘lovlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘larni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro huquq normalariga muvofiq, davlat chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag‘larni o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda chet ellik investorning mablag‘larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo‘llash sharoitida o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Investitsiya faoliyati to‘xtatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investor investitsiya faoliyatini to‘xtatganidan keyin investitsiya faoliyatini to‘xtatish natijasida olingan o‘z aktivlarini, chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi yoxud boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda, pul yoxud natura shaklida o‘z mamlakatiga erkin qaytarish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalana olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar o‘zlarining manfaatlariga biron-bir tarzda daxl qiluvchi qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, shuningdek sudning hal qiluv qarorlaridan erkin foydalana olishlari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa – bunday hujjatlar e’lon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Nizolarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el investitsiyalari bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq nizo (investitsiyaga oid nizo), taraflar kelishuviga ko‘ra, ular o‘rtasidagi maslahatlashuvlar orqali hal etilishi mumkin. Agar taraflar kelishilgan hal qiluvga erisha olmasalar, bunday nizo O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi tomonidan yoxud hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozim.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyaga oid nizoga jalb etilgan taraflar o‘zaro kelishuvga ko‘ra bunday nizoni ko‘rib chiquvchi organni, shuningdek investitsiyaga oid nizo bo‘yicha hakamlik sudlovini amalga oshiruvchi mamlakatni aniqlashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolarni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi, shartnomada nizolarni hal qilishning xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘zga tartibi nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, chet ellik investor yetkazilgan zarar uchun sud tartibida shunga monand tovon olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ular chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashgan hollarda yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan sud tartibida qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. O‘zaro zid qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonunning qoidalari bilan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o‘rtasida biron-bir nomuvofiqlik bo‘lgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay bo‘lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Qonunning ilgari amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan qo‘llanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan chet el investitsiyalariga nisbatan, mazkur Qonunning chet ellik investorga ko‘proq qulaylik yaratib beradigan qismigina qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
611-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 93-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 278-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda)