|
Ijro etuvchi direktor |
1 |
|
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosari — Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi boshligʻi |
1 |
|
Kadrlar boʻyicha inspektor |
1 |
|
Moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻlimi | |
|
Boʻlim boshligʻi |
1 |
|
Bosh mutaxassis |
1 |
|
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish boʻlimi | |
|
Boʻlim boshligʻi |
1 |
|
Bosh mutaxassis |
1 |
|
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va bolalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash boʻlimi | |
|
Boʻlim boshligʻi |
1 |
|
Bosh mutaxassis |
1 |
|
Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi | |
|
Bosh mutaxassis |
1 |
|
Etakchi mutaxassis |
1 |
|
Bolalar sport inshootl�rini uskunalar va sport anjomlari bilan jihozlash boʻlimi | |
|
Boʻlim boshligʻi |
1 |
|
Bosh mutaxassis |
1 |
|
Etakchi mutaxassis |
1 |
|
Bosh yuriskonsult | |
|
Bosh yuriskonsult |
1 |
|
Buxgalteriya | |
|
Bosh buxgalter |
1 |
|
Buxgalter-kassir |
1 |
|
Jami: |
17 |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.08.2004 yildagi 410-son
Date of entry into force
29.08.2004
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi PF-3481-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda jismoniy va maʼnaviy sogʻlom yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, shuningdek sport inshootlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bolalar sportini rivojlantirish va ayniqsa qishloq joylarda oʻquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishga ommaviy jalb etish umumiy oʻrta taʼlim tizimini takomillashtirishning muhim vazifasi, 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ajralmas qismi deb hisoblansin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasi, Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni 3 — 5-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
4. Quyidagilar:
Jamgʻarmaning Homiylik kengashi va Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallari homiylik kengashlari, ularga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlab qolinsin, bolalar sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, ushbu maqsadga erishish uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy homiylarning mablagʻlarini jalb etish uning asosiy maqsadi etib belgilansin;
bolalar sportini rivojlantirish ishida ilgari Jamgʻarma Homiylik kengashining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Mahalla” jamgʻarmasiga va boshqa tuzilmalarga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlanib qolsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
5. Belgilansinki:
Jamgʻarmaning shaharlar va tumanlardagi mintaqaviy filiallari vakillari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi va oʻz faoliyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga hisobot beradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
bolalar sport inshootlarini qurish va ularni rekonstruksiya qilish dasturlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish Jamgʻarma mintaqaviy filiallari vakillarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishining muhim tarkibiy qismi sifatida Bolalar sportini rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtirilgan ishlar dasturini ishlab chiqsin.
Bolalar sportini rivojlantirish dasturi va 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining oʻzaro bogʻliqligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishi monitoringi boshqarmasining bolalar sportini rivojlantirish boʻlimiga yuklansin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga yangidan qurish va rekonstruksiya qilish yoʻli bilan tiklanayotgan bolalar sporti obyektlari foydalanish uchun tuman (shahar) hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qurilishi tugallangan va rekonstruksiya qilingan bolalar sporti obyektlarini qabul qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
bolalar sporti inshootlarining samarali faoliyat koʻrsatishi, ular quvvatlaridan eng toʻliq foydalanilishini taʼminlash, samarali faoliyatni tashkil etish va sport seksiyalarini metodik taʼminlash, ularni malakali sport murabbiylari bilan taʼminlash uchun masʼuliyat xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga yuklanadi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
8. Moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, bolalar sporti inshootlarini namunaviy loyihalar qoʻllanilmasdan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga muvofiq boʻlmagan holda qurish va rekonstruksiya qilish qatʼiyan taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
bolalar sporti obyektlari qurish va ularni rekonstruksiya qilishga tanlov pudrat tender savdolari oʻz vaqtida oʻtkazilishi va puxta tashkil etilishini taʼminlasin;
bolalar sporti inshootlari qurish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishda namunaviy loyihalar va tasdiqlangan qurilish qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin. Bunda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bolalar sporti inshootlari xavfsizligi hamda keyinchalik ulardan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin;
mahalliy homiylarning mablagʻlari hisobiga yangidan qurilayotgan obyektlar va rekonstruksiya qilinayotgan bolalar sporti obyektlari ustidan texnik nazorat qilish amaliyotini joriy etsin.
9. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga 3—6-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda);
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-avgust,
410-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyundagi 110-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 208-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari Toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasi
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining shtatdagi xodimlari
SONI
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 17 kishi.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi PF-3481-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi va xoʻjalik mustaqilligi asosida faoliyat koʻrsatadi, oʻz mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi. Oʻz nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega boʻladi, tegishli majburiyatlar oladi.
4. Jamgʻarma faoliyatida Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va xoʻjalik jamiyatlarining mehnat jamoalari, muassasalar va ijodiy uyushmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, tijorat tuzilmalari, xorijiy va boshqa tashkilotlar, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishga oʻz hissasini qoʻshishni xohlovchi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda qatnashishlari mumkin.
5. Jamgʻarma faoliyati xayriya tusiga egadir. Uning mablagʻlari, ularning tushish manbalaridan qatʼi nazar, Jamgʻarmaning maqsadi va unga yuklangan vazifalarga erishish uchun sarflanadi.
Jamgʻarmaning tijorat va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
6. Jamgʻarma joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 17-uy, 100060.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
II. Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
7. Quyidagilar Jamgʻarma faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy sogʻlom boʻlib voyaga etishining, ularga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning gʻoyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni taʼminlash;
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, buning uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, homiylar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy homiylarning mablagʻlarini jalb etish.
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan bevosita oʻzaro bogʻliqlikda ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yoʻlida va barqaror avj oldirishga koʻmaklashish;
xalq taʼlimini boshqarish organlari va taʼlim muassasalari bilan birgalikda bolalarda sportga mehr uygʻotish, oʻsib kelayotgan yosh avlodda sport bilan shugʻullanish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, maʼnaviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushunishni shakllantirish, ularni salbiy taʼsirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror feʼl-atvorli, Vatanga mehr-muhabbat va oʻz mamlakati uchun gʻurur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, umumtaʼlim maktablari qoshida va aholi yashash joylarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmogʻini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha zarur moliyaviy va moddiy mablagʻlarni jamlash;
bolalarni jismoniy va maʼnaviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport koʻnikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashgʻulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga koʻmaklashish;
umumtaʼlim maktablarining sport bazasini hamda shaharlarda va qishloq joylarda bolalar sport inshootlari tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ularni mamlakatning aholi yashash joylarida oqilona joylashtirish hamda zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlash;
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan kamol topishini koʻzlagan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan oʻzaro yaqin aloqa va hamkorlikni taʼminlash;
hudud aholisining zichligini, sport bilan shugʻullanishga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini eʼtiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining, shu jumladan umumtaʼlim maktablarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti boʻyicha ustozlar va sport-pedagog kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy hamda taʼlim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, respublika sport federatsiyalari, klublari va tashkilotlari bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarda texnikaviy jihozlangan, zamonaviy bolalar sport komplekslarini barpo etishning ahamiyati keng targʻib qilinishini tashkil etish va koʻmaklashish, ushbu vazifalarni roʻyobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlikni, korxonalar va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish;
mamlakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablagʻlari va grantlarni bolalar-oʻsmirlar jismoniy tarbiya va sporti sohasiga keng koʻlamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
iqtidorli yosh sportchilarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport-ommaviy ishlar va xayriya faoliyati masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikda qatnashish;
Vatanimiz jismoniy tarbiya va sportini axborotlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishda, uni jahon axborot tarmogʻiga kiritishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Jamgʻarma mintaqaviy filiallarni tashkil etish va ularni zarur oʻquv-metodik hamda koʻrgazmali-rasmli materiallar bilan taʼminlash, ushbu ishga olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish.
III. Jamgʻarmaning huquqlari va majburiyatlari
9. Jamgʻarma yuklangan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
oldinga qoʻyilgan maqsad va vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan huquqiy xatti-harakatlarni mustaqil ravishda sodir etish;
bolalar sportini rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
ommaviy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini oʻtkazish, turli xil sport musobaqalarida, notijorat maqsadlaridagi tenderlar va tanlovlarda qatnashish;
davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar hamda firmalar bilan birgalikda bolalar sportini va uning moddiy bazasini rivojlantirish boʻyicha oʻz loyihalari va dasturlarini amalga oshirish;
korxonalar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish;
sport-pedagog kadrlarni kontrakt asosida oʻqitish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, olimlarni jalb etgan holda oʻqitish;
Jamgʻarmaning ustavda qayd etilgan faoliyati sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;
mintaqalararo hamkorlikka koʻmaklashish;
zarur hollarda, ustavda qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun muassislarga va boshqa tashkilotlarga tegishli koʻchmas mol-mulkdan, boshqa mulkchilik obyektlaridan, shu jumladan intellektual mulkidan shartnomaviy asosda foydalanish;
koʻchar va koʻchmas mol-mulkni mulk qilib sotib olish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashish;
oʻz atributlarini (firma belgilarini) yaratish;
belgilangan tartibda banklarda hisob raqamlarini, shu jumladan valyuta hisob raqamlarini ochish, milliy va erkin almashtiriladigan valyutada bank kreditlari va ssudalar olish, oʻz nomidan shartnomalar va kontraktlar tuzish, mulkiy huquqlarga ega boʻlish, sudda daʼvogar va javobgar boʻlish;
bolalar sportini rivojlantirishga doir faoliyatga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Jamgʻarmaning moddiy va moliyaviy mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli maslahat, axborot xizmatlari va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish;
ommaviy axborot vositalarida oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni eʼlon qilish;
davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda amaliy aloqalarga kirishish.
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat siyosati va dasturlarini amalga oshirishda, 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturini bajarishda faol qatnashish;
vakolatxonalarga, filiallarga hamda Jamgʻarma tomonidan tashkil etilgan boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati dasturlarini ishlab chiqishda har tomonlama koʻmaklashish va ularning ishlarini oʻz vaqtida nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Jamgʻarma tomonidan yoʻnaltiriladigan moliyaviy va moddiy mablagʻlardan oldinga qoʻyilgan vazifalarga muvofiq qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
11. Jamgʻarma va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari oʻz faoliyatida bolalar sporti inshootlari qurilishi masalalarida shaharlar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, oʻquv-metodik ishlar masalalari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va ularga hisobot beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
IV. Jamgʻarma qatnashchilari
12. Davlat, jamoat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, banklar, boshqa jamgʻarmalar, shu jumladan xorijiy jamgʻarmalar, shuningdek Jamgʻarmaning asosiy vazifalarini amalga oshirishda ixtiyoriy asosda qatnashuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) Jamgʻarmaning qatnashchilari hisoblanadilar.
V. Jamgʻarma boshqaruv organlari tuzilmasi
13. Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini va xorijiy sheriklarni jalb etish, bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, Jamgʻarma tomonidan oʻz faoliyati amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashish, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlash, shuningdek Jamgʻarma tomonidan jalb qilinayotgan mablagʻlardan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash uchun Homiylik kengashi tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining raisi hisoblanadi.
Homiylik kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Homiylik kengashi Jamgʻarmaning ustavda qayd etilgan vazifalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi va Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisobotini muntazam ravishda eshitadi va tasdiqlaydi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari tuziladi. Joʻqorgʻi Kengesi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari raislari hisoblanadilar.
14. Nazorat-taftish komissiyasi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli (yoʻnalishlar boʻyicha) va qonuniy foydalanilishini, Jamgʻarmaning, unga idoraviy mansub mintaqaviy filiallar va tarkibiy boʻlinmalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qiladi.
15. Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga hisobot beradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Jamgʻarma joriy faoliyatiga rahbarlikni ijro etuvchi direktor amalga oshiradi, u Jamgʻarma nomidan ish koʻradi, oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shtatlar jadvalini, ijro etuvchi apparat va mintaqaviy filiallarning joriy taʼminotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Jamgʻarma mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
16. Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari ikki tomonlama boʻysunishga ega — Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatiga bevosita boʻysunadi va ayni bir vaqtda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga hisobot beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Jamgʻarma mintaqaviy filiallari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyanomasiga koʻra, Homiylik kengashi bilan kelishgan holda, ijro etuvchi apparat tomonidan tayinlanadilar.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
17. Jamgʻarma ijro etuvchi apparatining shtatdagi xodimlari soni 17 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), mintaqaviy filiallarda esa — 3 kishidan iborat etib belgilanadi, shuningdek 1 nafardan bosh mutaxassis — har bir tuman, viloyat boʻysunishidagi shahar, Toshkent shahridagi tumanga vakil belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
18. Jamgʻarma apparati va uning mintaqaviy filiallari taʼminoti Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning bolalar sporti bazasini shakllantirish va rivojlantirish uchun javob beradigan tumanlar va shaharlardagi vakillari faoliyati Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
VI. Jamgʻarmaning mol-mulki va moliyaviy mablagʻlari
19. Jamgʻarmaning mol-mulki asosiy vositalardan va Jamgʻarma tomonidan Jamgʻarma qatnashchilari ulushlari hisobiga olingan boshqa aktivlardan hamda boshqa tushumlardan tashkil topishi mumkin.
20. Jamgʻarmaning pul mablagʻlari:
davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) mablagʻlari;
Jamgʻarma muassislarining pul badallari;
Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari, tashkilotlari va klublarining pul mablagʻlari;
xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlari va begʻaraz yordami;
budjetdan tashqari jamgʻarmalarning ajratmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, kichik biznes korxonalari, xususiy tadbirkorlar, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari va ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari;
Jamgʻarma, shuningdek Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish maqsadida Jamgʻarma tomonidan taʼsis etilgan korxonalar va tashkilotlar faoliyatidan olingan daromadlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
21. Jamgʻarmaning har yilgi daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma ijro etuvchi apparatining taqdimnomasiga koʻra Jamgʻarmaning Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda)
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari ustavda qayd etilgan vazifalarni bajarishga, bolalar sportini rivojlantirishga doir tegishli davlat dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarga, shuningdek Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilayotgan bolalarni sogʻlomlashtirish dasturlarini roʻyobga chiqarishda faol qatnashayotgan shaxslarni xayriya tarzida ragʻbatlantirishga sarflanadi.
22. Soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar Jamgʻarma tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi.
23. Jamgʻarma va uning mintaqaviy filiallari oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradilar.
Davlat Jamgʻarma majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, Jamgʻarma esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
24. Jamgʻarmaning mulkiy huquqlari jamoat hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinadi.
VII. Jamgʻarma faoliyatini toʻxtatish tartibi
25. Jamgʻarmaning faoliyati Jamgʻarma Homiylik kengashining qaroriga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
26. Jamgʻarmani tugatishda Jamgʻarma ixtiyoriga berilgan binolar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk ularning egalariga qaytariladi.
27. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestriga Jamgʻarma tugatilganligi va faoliyati toʻxtatilganligi haqida yozuv qayd etilgan paytdan boshlab Jamgʻarmani tugatish yakunlangan, Jamgʻarma esa faoliyatini toʻxtatgan deb hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda, 30-31-son, 229-modda; 2006-y., 23-son, 208-modda, 40-son, 396-modda; 2008-y., 8-9-son, 40-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 37-son, 1002-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)