Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.01.2004 31.12.1999 yildagi 548-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.1999 yildagi 548-son
Date of entry into force
31.12.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.01.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

USTAV FONDLARIDA DAVLAT MULKI ULUShI BOʻLGAN BANKROT KORXONALARNI TUGATISh BOʻYIChA TUGATISh KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalarini tuzish jarayonlarini va ularning faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
548-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
31-dekabrdagi 548-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qaroriga muvofiq, ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari (bundan keyin tugatish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni ixtiyoriy ravishda yoki xoʻjalik sudi qaroriga binoan tugatish ishlarini amalga oshirish tugatish komissiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tugatish komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — bankrot korxona mulkdorlari tomonidan tuziladi. Bunda tugatish komissiyasi raisligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi (bundan keyin Qoʻmita deb ataladi) bilan kelishiladi. Tugatish komissiyasini tuzish Qoʻmita buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot korxona xoʻjalik sudi qaroriga binoan tugatilganda — Qoʻmita tomonidan tuziladi. Tugatish komissiyasi aʼzolari qoʻmita buyrugʻi bilan tayinlanadi. Tugatish komissiyasiga ishonchli vakil boshchilik qiladi, keyinchalik uning nomzodi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tugatish komissiyasi tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi tarkibiga kreditorlar vakili kiritilishi mumkin, u kreditorlar majlisida saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ixtiyoriy ravishda tugatishda tugatish komissiyasi raisi tayinlangan va majburiy ravishda tugatishda ishonchli shaxs tasdiqlangan vaqtdan boshlab qarzdorning ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar, shu jumladan qarzdorning mulkini tasarruf etish boʻyicha vakolatlar ularga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasining ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tugatish komissiyasiga tugatish komissiyasining raisi (ishonchli vakil) boshchilik qiladi, u ishlarga rahbarlik qiladi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, tugatish rejasini va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi. Tugatish rejasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Tugatish davomida tugatish rejasiga u yoki bu holatlarga bogʻliq holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tugatish komissiyasi majlislari zaruriyatga koʻra, biroq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tugatish komissiyasi majlisi unda tugatish komissiyasi jami aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy kuchga ega boʻladi. Qarorlar tugatish komissiyasining majlisda qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Tugatish komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tugatish komissiyasi aʼzolari uning majlislarida qatnashishga majburdirlar. Tugatish komissiyasi majlislarida bankrot korxona mehnat jamoasi vakili ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tugatish komissiyasi qoʻyilgan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot korxonaning mulkini va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazadi, oraliq tugatish balansini tuzadi, tugatilayotgan ashyolar miqdorini shakllantiradi va uning qiymatini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot korxona mulkini sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablarini uzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tugatish balansini tayyorlaydi va davlat reyestridan chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tugatish ishlari davomida tugatish komissiyasi qarzdor korxonaning bitta bankdagi faqat yagona soʻmdagi va yagona valyutadagi hisob raqamidan foydalanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor korxonaning tugatish ishlari boshlangan vaqtda bankda maʼlum boʻlgan, shuningdek tugatish jarayonida aniqlangan boshqa hisob raqamlari ularning aniqlanishiga koʻra tugatish komissiyasi raisi (ishonchli shaxs) tomonidan yopilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish ishlari davomida kelib tushadigan pul mablagʻlari ham qarzdor korxonaning yagona hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tugatish komissiyasi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida qarzdor korxonaning bankrot boʻlishigacha olib kelinishi munosabati bilan qonunchilikka muvofiq korxona majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beruvchi uchinchi shaxslarga nisbatan talablar qoʻyishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tugatish komissiyasi tugatish ishlari tartibotini oʻtkazish natijalari boʻyicha yakuniy hisobot tayyorlaydi va uni qarzdor korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organga tasdiqlash uchun uch kun muddatda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ oʻn kun muddatda yakunlovchi hisobotni tasdiqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy hisobot koʻrsatib oʻtilgan muddatda tasdiqlanmagan taqdirda u, qaytarish sabablari koʻrsatib oʻtilgan holda, puxtalashtirish uchun qaytariladi. Tugatish komissiyasi oʻn kun muddatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va yakunlovchi hisobotni tasdiqlash uchun takroran taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yakuniy hisobot tasdiqlangan taqdirda u bankrot korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiyoriy ravishda tugatilgan hollarda — tugatish komissiyasi raisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy ravishda tugatilgan hollarda — xoʻjalik sudi tomonidan joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ikki kun muddatda bankrot korxonani belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatishni amalga oshirish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tugatish komissiyasi bankrot korxonani tugatishni bir yilgacha boʻlgan muddatda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tugatish bir yil davomida tugallanmagan taqdirda tugatish komissiyasi tugatish muddatini olti oyga uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoʻmita materiallarni tayyorlaydi va bankrot korxonani tugatish muddatini uzaytirish yoxud muddatni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya majlisining bankrot korxonani tugatish muddatini uzaytirishni tasdiqlash toʻgʻrisidagi protokoli nusxasi Qoʻmita tomonidan uch kun muddatda tugatish komissiyasi raisi (ishonchli vakil)ga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bankrot korxonaning barcha mulki belgilangan muddatda sotilmagan taqdirda tugatish komissiyasi raisi (ishonchli vakil) tugatish ishlarini tugallash maqsadida mulkning sotilmagan qismini davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoʻmitaga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita bankrot korxona mulkining sotilmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisida Komissiya majlisiga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkning sotilmagan qismini oʻtkazish Komissiyaning koʻrib chiqish natijalariga koʻra, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mulk oʻtkazilgandan keyin yakuniy hisobot tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan hollarda tugatish komissiyasi harakatlari yuzasidan manfaatdor shaxslar tomonidan xoʻjalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tugatish komissiyasi vakolati bankrot korxona yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 71-modda)