Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi PQ-3352-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi PQ-3352-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
39-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 39-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 44-45-son, 445-modda):
a) qaror nomlanishining rus tili matnidagi “jertv” soʻzi “jertvam” soʻzi bilan almashtirilsin.
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosi jabrdiydalarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”;
v) 3-bandning toʻrtinchi xatboshi, 4-band va 5-bandning birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 2-ilovada:
2, 15, 24 va 26-bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosi jabrdiydalarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/39/0608-son; 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)