29.11.2017 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 29.11.2017 yildagi 46-son
Date of entry into force
29.11.2017
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash deganda, ularni gʻayriqonuniy ravishda har qanday usulda (oʻgʻirlik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik yoʻli bilan) qoʻlga kiritish tushunilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrishda qayd etilgan turkumdagi ishlarni koʻrish sifati ustidan tegishli nazoratni taʼminlasinlar va sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrsinlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yoʻqligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165, 176-3-moddalari bilan maʼmuriy javobgarlik kelib chiqishiga sabab boʻladi. Agar bunday faoliyat bilan shugʻullanish koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, aybdorning harakatlari JK 190-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlarini JK 190-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” bandlari bilan kvalifikatsiya qilish uchun ham qonunga xilof faoliyatdan koʻp miqdorda daromad olingan boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdor tadbirkorlik faoliyatini faqat ruxsatnoma (litsenziya)siz amalga oshiribgina qolmay, balki davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan hollarda, uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, JK 190-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, yer, suv, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi birinchi xatboshisining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ekologiya ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining ixtisoslashgan ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tili matnidagi 6-bandi ikkinchi xatboshisi “obщestvennaya ekologicheskaya ekspertiza osuщestvlyayetsya nezavisimimi gruppami” soʻzlaridan keyin “spetsialistov” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” va “tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonunga koʻra, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga oid summalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi 290-sonli qarori va 2017-yil 15-iyundagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 375-sonli qarorlarida nazarda tutilgan tartibda undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq transport vositalarini olib qochish deganda, oʻzganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadisiz bir joydan boshqa joyga koʻchirish tushunilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aybdor transport vositasini olib qochganda talon-toroj maqsadini koʻzlagan boʻlsa, uning harakatlari qilmishning xususiyatidan kelib chiqib, JK 267-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki uchinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarni, tegishlicha, JK 164, 166 yoki 169-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochgan shaxslarning harakatlari, ulardan har birining rolidan qatʼi nazar, hamijrochi deb baholanishi va JK 267-moddasi uchinchi qismining “b” bandi bilan JK 28-moddasiga havola etilmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Sudlar zaruriy mudofaa toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlar boʻyicha dastlabki tergov sifatiga nisbatan talabchanlikni kuchaytirishlari, jinoiy tajovuzga daxldor barcha shaxslar javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligini aniqlashlari va asoslar mavjud boʻlganda, ularni javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun bu haqda prokurorga xabar berishlari (JPK 417-moddasi) lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud muhokamasi qatnashchilari doirasini aniqlash va ishning harakati (jamoat ayblovchisini, jamoat himoyachisini ishga kiritish jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar deb tan olish, ishni toʻxtatib qoʻyish yoki uni keyinga qoldirish, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish, boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish, ishni tugatish va boshqalar) bilan bogʻliq, xoh sud muhokamasining tayyorlov qismida va xoh sud muhokamasi jarayonida arz qilingan boshqa barcha iltimoslar ham ushbu qoidalar boʻyicha hal qilinadi. Agar muhokama qilinib, hal etilgan iltimos yuzasidan taraf yana shu asoslar boʻyicha arz qilgan taqdirda raislik etuvchi bu iltimosni muhokamaga kiritishni rad etadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 3-bandiga asosan” soʻzlari “Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 4-bandiga asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat-protsessual kodeksining 415-1-moddasiga muvofiq sud muhokamasi paytida sud ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan oʻzgartirishga haqli. Yangi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan JPK 417-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunchiligiga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, jinoyat ishlarining sud muhokamasida jinoyat-protsessual qonunchiligini qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni, birorta qonun buzilish holatini eʼtibordan chetda qoldirmasdan, muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini talon-toroj qilish, agar bu oʻzganing mulkini qonunga xilof ravishda tekinga oʻzining yoki boshqa shaxslarning mulkdorligiga aylantirishida ifodalangan boʻlsa, JK 167-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va JK 205-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni oʻzganing mulkini JK muayyan moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan talon-toroj jinoyatini sodir etishda aybdor deb topganda, uning harakatlari JK tegishli moddasining ogʻirroq javobgarlikni nazarda tutuvchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etilmaydi (masalan, jinoyat JK 167-moddasining 3-qismi bilan, shu jumladan juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish belgisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1 va 2-qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Sudlarga tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish shaxs normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq vakolatli davlat organiga tegishli faoliyatni roʻyxatdan oʻtkazish yoki uni tiklash yoxud oʻzgartirish toʻgʻrisida murojaat etishi shart boʻlib, biroq qasddan buni bajarmagan holda mavjud boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni JK 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan boʻlishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf etish tavsiya etilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish va oʻzini oʻzi oʻldirishga undashga oid har bir jinoyat ishini koʻrishda sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish toʻgʻrisidagi qonun talabiga rioya qilish zarur”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qoʻrqitish, rahmsiz munosabatda boʻlish yoki shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yoʻli bilan sodir etiladigan oʻzini oʻzi oʻldirish yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilishdan farqli ravishda oʻzini oʻzi oʻldirishga undashda (JK 103-1-moddasi) aybdor koʻndirish, aldash yoki insonning erkini sindiruvchi boshqa yoʻl bilan (masalan, tushkunlikka soluvchi gʻoyaviy tashviqot orqali) qasddan boshqa shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirishga nisbatan qatʼiyatni qoʻzgʻatadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Subyektiv tomondan oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish egri qasd yoki oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan, oʻzini oʻzi oʻldirishga undash esa, qasddan sodir etiladi”;.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. JK 103-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilishi oqibatida qandaydir sabablarga koʻra inson oʻlimi kelib chiqmagan hollarda aybdorning harakatini JK 25-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, chunki JK 103-moddasi nafaqat oʻzini oʻzi oʻldirish, balki, oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish uchun ham javobgarlikni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 103-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ham JK 25-moddasini qoʻllash talab etilmaydi, chunki mazkur jinoyat shaxs oʻzini oʻzi oʻldirishga undalgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Masalan, jinoyat JK 169-moddasi 4-qismi bilan juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish belgisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1, 2 va 3-qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar shaxsda ancha miqdordan ortiq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadi boʻlib, bu maqsadni qismlarga boʻlib amalga oshirsa, u valyuta qimmatliklari umumiy summasidan kelib chiqib, JK 177-moddasining tegishli qismi bilan javobgarlikka tortilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart. Bunda shuni inobatga olish lozimki, ancha miqdorda sodir etilgan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish jinoyatini JK 177-moddasi ikkinchi qismining “a”, “v” bandi va uchinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda muqaddam shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda koʻp yoki juda koʻp miqdorda olish yoki oʻtkazish uchun javobgarlik shaxs shunday harakatlar uchun muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qatʼi nazar kelib chiqadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “JPK 419, 487-moddalariga asosan” soʻzlari “JPK 487-moddasiga asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha quyi sudlarning faoliyati ustidan nazoratni taʼminlashlari, chiqarilgan sud qarorlarining qonuniyligini va asoslantirilganini sinchiklab tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishlari zarur”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-son