20.12.1999 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.1999 yildagi 532-son
Date of entry into force
20.12.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OBYEKTLARNI DAVLAT MABLAGʻLARI VA HUKUMAT KAFOLATI OSTIDAGI KREDITLAR HISOBIGA BARPO ETISHDA QURILISH TAVAKKALCHILIKLARINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha tomonlarning manfaatlarini himoya qilish, sugʻurta hodisalari oqibatida paydo boʻladigan qurilish tavakkalchiliklari qoplanishini va zararlar toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomda nazarda tutilgan tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari sugʻurta pulining 0,4 foizi miqdorida tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2000-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — pudratchilar davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan obyektlarni qurish uchun pudrat shartnomalarini tuzishda Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudrati shartnomalari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash faqat shartnomalar sugʻurta polislari mavjud boʻlgan taqdirda boshlanadi. Sugʻurta polisi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofoti toʻlangandan keyin taqim etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda; )
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 20-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
532-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-dekabrdagi 532-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Fuqarolik kodeksining 669-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “sugʻurta qilish” deb ataladi) tartibi va shartlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, shuningdek mazkur Nizomga binoan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻurta tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — sugʻurtalovchi) pudratchi va yoki sugʻurtalashdan manfaatdor boshqa shaxslarning mulkiy manfaatlarini, shuningdek, qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining javobgarligini sugʻurta qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sugʻurta qilish sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta qildiruvchi va yoki boshqa shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Sugʻurta qildiruvchiga va bunday shaxsga sugʻurta qilingan mol-mulk nobud boʻlishi yoki shikastlanishidan yetkazilgan zarar toʻlanishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularga ehtiyot qismlar, materiallar va qurilish maydonida boʻlgan hamda sugʻurta shartnomasida qayd etilgan qurilish va montaj buyumini oʻzida ifodalaydigan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining javobgarligi sugʻurta qilish obyektlari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizom boʻyicha sugʻurta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhlari qoplanishini taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, oʻz-oʻzidan yonish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻgʻirlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻron, dovul;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zilzila, sel, koʻchki, tuproqning choʻkishi, oʻpirilish, qulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruksiyalarning qulab tushishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nuqsonli materiallar va konstruksiyalarni ongsiz ravishda qoʻllashdan koʻrilgan zarar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Polisning yoki tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra qurilish pudrat shartnomasining muddatiga muvofiq belgilanadi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgan taqdirda, polis tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga koʻra belgilanadigan qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlanishi sharti bilan amal qilishni davom etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-1. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qarori asosida 6-1-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. SUGʻURTALOVCHINING JAVOBGARLIGI CHEGARASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurtalovchining javobgarligi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta puli bilan cheklanadi. Qurilayotgan obyekt toʻliq qiymatining 80 foizidan ortiq boʻlmagan qismi yoki ilgari bajarilgan ishlar hajmi, shu jumladan materiallar qiymati hisobga olingan holda rejalashtirilayotgan yilda barpo etilayotgan obyekt qiymatining bir qismi tomonlarning kelishuviga koʻra sugʻurta puli boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sugʻurta qildiruvchining javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalashning butun muddati uchun sugʻurta shartnomasida belgilangan javobgarlik limitlari doirasida belgilanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun albatta javob bergan taqdirdagina toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasida bir hodisa boʻyicha javobgarlik limiti belgilangan boʻlsa, ayni bir sugʻurta hodisasi tufayli kelib chiqqan barcha zararlar boʻyicha tovon puli, shu jumladan zararning oldini olish yoki uni qisqartirish boʻyicha xarajatlar ushbu limitdan ortiq boʻlishi mumkin emas. Sugʻurtalovchi shuningdek sugʻurta hodisasidan keyin hududni tozalash bilan bogʻliq oqilona xarajatlarni ham toʻlaydi, biroq u sugʻurta pulining 2 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta hodisasidan keyin hududni tiklash ishlarini olib borish uchun yaroqli holga keltirish uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan xarajatlar tozalash boʻyicha xarajatlar deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sugʻurtalovchining javobgarligi sugʻurtalangan mol-mulk qurilish maydoniga tushirilgan paytdan boshlanadi, biroq sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta uchun sugʻurta mukofoti amalda toʻlangan sanadan va sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sanadan oldin boshlanmaydi. Sugʻurtalovchining javobgarligi qurilish, montaj qilish, asbob-uskunalarni boʻsh va ish holatida sinashning butun davri mobaynida davom etadi hamda obyektni foydalanishga topshirish paytida, biroq sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sanadan kechikmay tugaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. UMUMIY ISTISNOLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha quyidagilar natijasida bevosita yoki bilvosita paydo boʻladigan zararlar qoplanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil harbiy harakatlar yoki harbiy tadbirlar va ularning oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urush qurollarining taʼsiri, xalq gʻalayonlari va ish tashlashlar, terrorizm, musodara qilish, rekvizitsiya, mol-mulkni xatlab qoʻyish, harbiy yoki fuqaro maʼmurlari va biror bir siyosiy tashkilotlarning farmoyishiga koʻra mol-mulkning yoʻq qilinishi yoki shikastlantirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro portlashi, radiatsiya va radioaktiv zaharlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qildiruvchining, foydasiga sugʻurta tuzilgan shaxsning yoki ularning vakillarining qasddan qilgan harakati yoki qoʻpol ehtiyotsizligi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qildiruvchiga, foydasiga sugʻurta tuzilgan shaxslarga yoki ularning vakillariga sugʻurta hodisasi boshlangungacha maʼlum boʻlgan xatolar, kamchiliklar yoki nuqsonlar;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ishlarning qisman yoki umuman toʻxtatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim buyumlarning korroziyaga uchrashi, chirishi, tabiiy eskirishi, oʻzidan-oʻzi yonishi yoki boshqa tabiiy xossalari, bunda ushbu hodisalar keltirib chiqargan baxtsiz hodisalar natijasida boshqa sugʻurta qilingan buyumlar shikastlanishidan koʻrilgan zararning oʻrni qoplanishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan tajriba yoki tadqiqot ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish texnikasi va transport vositalari ichki tomonining tashqi omillarga bogʻliq boʻlmagan holda sinishi natijasida shikastlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sugʻurtalovchi shuningdek obyektlar qurilishida foydalaniladigan nuqsonli materiallar, buyumlar yoki ularning qismlari almashtirilishi, tuzatilishi yoki sozlanishi qiymatini, shuningdek ishlarni amalga oshirishdagi xatolar qiymatini ham toʻlamaydi. Ushbu istisno daxl qilingan nuqsonli materiallar va buyumlar bilangina bevosita cheklanib qoladi, ammo materiallar yoki ishlardagi bunday nuqsonlar natijasida toʻgʻri qurilgan obyektlar va buyumlarga yetkazilgan zarar qoplanishini istisno qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yonilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy moddalar, sovutish suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallar, sugʻurta qilingan obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (sugʻurtalangan tavakkalchiliklar uchun zarur boʻlgan qurilish obyektlaridan tashqari), qimmatbaho metallar, toshlar, sanʼat asarlari, hujjatlar va qimmatli qogʻozlarning nobud boʻlishi yoki shikastlanishi, shuningdek faqat xatlov paytida aniqlangan zarar, boy berilgan foyda yoki shartnomaviy jarimalar singari biror-bir bilvosita zarar sugʻurta bilan qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. SUGʻURTA SHARTNOMASINI TUZISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi ariza-anketasi asosida tuziladi, unda tavakkalchilik darajasi toʻgʻrisida bir fikrga kelish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻladi va sugʻurtalovchi tomonidan imzolanadigan sugʻurta polisi bilan rasmiylashtiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi ariza-anketa bilan bir vaqtda tavakkalchilik darajasini baholash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni taqdim etadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzilgandan keyin unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar imzolagan, sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining uzviy qismi boʻlib qoladigan qoʻshimcha bitimlar bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta uchun sugʻurta mukofotini toʻlashga majbur. Sugʻurta mukofotini toʻlash boshlangungacha sugʻurta shartnomasining sugʻurtalovchining majburiyatlariga oid qismi kuchga kirmaydi. Sugʻurta mukofoti foizdagi toʻlov stavkasini jami sugʻurta summasiga koʻpaytirgan holda hisoblab chiqariladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta mukofoti miqdori sugʻurtalash muddatlarining davomiyligiga va tomonlarning ahdlashuvi boʻyicha sugʻurta mukofotining umumiy miqdoriga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchini sugʻurta summasi oʻzgarganligi, shuningdek tomonlar sugʻurta toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashgandan keyin tavakkalchilikda boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Obyekt qiymatini 10 foizdan ziyod koʻpaytiruvchi oʻzgartirishlar sugʻurtalovchiga shartnoma shartlarini qayta koʻrib chiqishni talab qilish huquqini beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisalarining oldini olishni taʼminlovchi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan oldini olish tadbirlarini qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash uchun tushadigan mablagʻlarning ikki foizi doirasida mablagʻ bilan taʼminlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agar sugʻurta qildiruvchiga va sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ishlar uch oydan ortiq boʻlmagan davrga toʻxtatib turilsa, sugʻurta shartnomasining amal qilishi tomonlar oʻrtasidagi qoʻshimcha bitimga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan davrga toʻxtatib turilishi mumkin va u sugʻurta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi bildirishnomasidan keyin ishlar qayta tiklanganda, sugʻurta davrini ishlar toʻxtatib turilgan davrga koʻpaytirgan holda, qoʻshimcha sugʻurta mukofotisiz yangidan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish obyekti sugʻurta qildiruvchiga va sugʻurtalash uning foydasiga tuzilgan shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra konservatsiya qilinganda, sugʻurta shartnomasi boʻyicha qolgan davr uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotining bir qismi sugʻurtalovchi tomonidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa barcha hollarda sugʻurta davri faqat tomonlarning ahdlashuvi boʻyicha, miqdori tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadigan qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlangan holda uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishlarni jadallashtirish natijasida qurilishning belgilangan muddati sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta muddati tugashidan ilgari tugasa sugʻurta mukofoti qaytarilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. SUGʻURTA HODISASI BOSHLANGANDA TOMONLARNING OʻZARO MUNOSABATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sugʻurta hodisasi boshlanganda sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs sugʻurtalovchining soʻrovnomalarini yoki talablarini kutib oʻtirmasdan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni kamaytirishning imkoni boʻlgan barcha choralarni koʻrishi va yetti kundan kechikmay sugʻurtalovchini sodir boʻlgan hodisadan yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart. Sugʻurtalovchi xabarni olgandan keyin uch kun ichida obyektni koʻzdan kechirib chiqishga majbur.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sugʻurta qildiruvchi mazkur mol-mulk boʻyicha boshqa sugʻurta tashkilotlari bilan tuzilgan barcha sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisida sugʻurtalovchini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, topshiriqnomalar, dublikatlar yoki nusxalarni hamda sugʻurta hodisasi boshlanishi holatlari va sabablari toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa zarur hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sugʻurta qildiruvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi olinib, sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar olingandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sugʻurta qildiruvchining va sugʻurtalovchining vakillari, shuningdek, zarurat boʻlganda manfaatdor shaxs hisobiga vakolatli tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sugʻurtalovchining vakillari vaziyatni, zarar xarakterini va miqdorini aniqlash uchun sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan joyga erkin kira olishi hamda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning tegishli hujjatlaridan bemalol foydalana olishi kerak.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida vaziyatlar, zararning xarakteri va miqdori boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda masala ekspert komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qaysi tomon oʻz ekspertini tayinlaydi va bu toʻgʻrida ikkinchi tomonni xabardor qiladi hamda oʻz eksperti xizmatiga haq toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qoida tomonlarning kelishmovchiliklarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda hal etish boʻyicha huquqlarini cheklamaydi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sugʻurta qildiruvchi shikastlangan mol-mulk va hodisa roʻy bergan joy sugʻurtalovchining vakillari tomonidan koʻzdan kechirilgach hamda sugʻurta hodisasi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha xatti-harakatlar sugʻurtalovchi bilan yozma yoki elektron shaklda kelishib olingandan keyin imkoniyatga qarab sugʻurta hodisasi oqibatlarini bartaraf etishga (almashtirishga, tuzatishga) kirishishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sugʻurtalovchi yoki uning vakili sugʻurtalangan mol-mulkni qutqarishda va saqlab qolishda, buning uchun zarur choralarni koʻrgan yoki koʻrsatgan holda, qatnashish huquqiga ega. Sugʻurtalovchining yoki uning vakillarining ushbu xatti-harakatlari sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini eʼtirof etish hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sugʻurta tovoni sugʻurta hodisasi eʼtirof etilgandan va koʻrilgan zarar miqdorini hamda toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlovchi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangandan keyin besh bank kuni mobaynida toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nobud boʻlgan mol-mulk uchun tovon summasi uni tiklash yoki sugʻurta hodisasi vaqtidagi almashtirishlar qiymati bilan, ushbu summalardan qaysi biri kamroqligidan kelib chiqqan holda, cheklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikastlangan mol-mulkni tuzatish xarajatlari uning haqiqiy qiymatidan yoki sugʻurta hodisasi vaqtidagi almashtirish qiymatidan ortib ketgan taqdirda u nobud boʻlgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mol-mulk shikastlangan taqdirda uni bevosita sugʻurta hodisasi boshlanishidan oldingi holatiga keltirish uchun zarur tuzatish xarajatlari toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sugʻurtalovchi zararni bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlarni, agar ushbu zarar sugʻurta shartlariga koʻra toʻlanishi kerak boʻlsa, toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agar aynan bir sugʻurta hodisasi sugʻurta shartnomasi ular foydasiga tuzilgan bir nechta shaxslarga zarar yetkazgan boʻlsa, umumiy tovon summasi ushbu shaxslar oʻrtasida har qaysi shaxs koʻrgan zararning umumiy zarar summasidagi miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Agar sugʻurta hodisasi boshlangan vaqtda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan mol-mulkka nisbatan boshqa sugʻurta shartnomalari amal qilayotgan boʻlsa, zarar tovoni har qaysi sugʻurtalovchi tomonidan mol-mulk sugʻurtalangan sugʻurta summalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va sugʻurtalovchi zarar tovonining faqat oʻz ulushiga tushgan qisminigina toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun sugʻurta qildiruvchiga toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun, toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasining 0,15 foizi miqdorida, lekin toʻlanishi kerak boʻlgan summaning koʻpi bilan 10 foizi miqdorida neustoyka toʻlaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Agar zarar summasi zarar yetkazishda aybdor boʻlgan shaxs tomonidan toʻliq toʻlangan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovoniga boʻlgan huquqini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarar qisman yoki toʻlanadigan sugʻurta tovonidan kamroq miqdorda undirilgan boʻlsa, bu holda u sugʻurta qildiruvchi yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan olgan summani hisobga olgan holda toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sugʻurta tovoni toʻlangandan keyin sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan zararni toʻlatishni talab qilish huquqi, toʻlangan summa doirasida, sugʻurtalovchiga oʻtadi. Sugʻurta qildiruvchi barcha hujjatlarni sugʻurtalovchiga berishga va aybdor shaxsga nisbatan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha xatti-harakatlarni qilishga majbur.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Agar sugʻurta holati:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qildiruvchining yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning ataylab qilingani isbotlangan, sugʻurta hodisasi boshlanishiga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlar sodir etganligi, ularning oʻz fuqarolik burchini bajarishi yoki sugʻurta qildiruvchining yoki uchinchi shaxslarning hayotini, salomatligini, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bundan mustasno;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalash obyekti, tavakkalchilik darajasi, sugʻurta hodisasi va uning oqibatlari toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga soxta maʼlumotlarni qasddan xabar qilganlik;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchini tavakkalchilikdagi jiddiy oʻzgarishlar, shuningdek sugʻurta qildiruvchiga va sugʻurta shartnomasi ularning foydasiga tuzilgan shaxslarga maʼlum boʻlgan xatolar, kamchiliklar va nuqsonlar toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik hamda sugʻurtalovchining yoki uning vakilining vaziyatni, zararning xarakterini va miqdorini aniqlashda qatnashishiga toʻsqinlik qilganlik;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar oqibatida sodir boʻlganda sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishga haqlidir.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs tomonidan zararni bartaraf etish va qisqartirishga doir oqilona chora-tadbirlar koʻrilmaganligi tufayli yetkazilgan zarar darajasida sugʻurta tovoni toʻlashni rad etishga ham haqlidir.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 70-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 180-modda;2003-y., 11-son, 88-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)