O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda montaj va maxsus qurilish ishlarini boshqarishni yanada erkinlashtirish, ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va korporativ boshqaruv normalari va prinsiplarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1-ilovaga muvofiq montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, metall konstruksiyalari tayyorlovchi sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi (“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi) tarkibiga uyushma qatnashchilari huquqi bilan ixtiyoriy ravishda kirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi faoliyati o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida, 1-ilovaga muvofiq uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi;
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi uning tarkibiga kirish xohishini bildirgan korxonalar va tashkilotlar uchun ochiq ekanligi, uning qatnashchilari esa uning tarkibidan erkin chiqib ketish huquqiga ega ekanligi;
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ijro etuvchi organining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari uning qatnashchilari umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilansin:
uyushma tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, sanoat korxonalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotining yuqori sifatli qurilish mahsulotiga, yuqori texnologiyali, maxsus qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, montaj qilish hamda asbob-uskunalar, zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalanishning ilg‘or tizimlarini joriy etishda ko‘maklashish;
korxonalar va tashkilotlarga marketing tadqiqotlari o‘tkazishda, ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda ko‘maklashish;
uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;
tarmoq uchun kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda yordam berish.
4. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi qatnashchilari tomonidan belgilangan, xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 15 kishi bo‘lgan Uyushma ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilansinki, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
5. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ikki oy muddatda qatnashchilarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazsin, Uyushmaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“O‘zmontajmaxsusqurilish”) uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 7 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-avgust,
400-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 18-avgustdagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 18-avgustdagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga qatnashchilar huquqi bilan kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati
I. Qurilish, montaj va maxsus qurilish ishlari korxonalari
1. “93-Maxsus trest” OAJ
2. “O‘zelektrmontaj” OAJ
3. “Po‘latqurilma” OAJ
4. “Santexgazmontajqurilish tresti” OAJ
5. “Sanoatventilyatsiya” OAJ
6. “Santexyig‘ish” OAJ
7. “Portlatishsanoat” OAJ
8. “Maxsusavtomatika” OAJ
9. “Avtomatika” OAJ
10. “Qo‘qonqurilish” OAJ
11. “Raytek” YoAJ
12. “Sanoataloqamontaj” MChJ
13. “Tol-servis” MChJ
14. “Issiqlikmontaj” MChJ
15. “Agrosantexgazmontaj” XB
16. “Farg‘onaneftkimyomontaj” MChJ
17. “Neftzavodmontaj” MChJ
18. “Al-me’mor” MChJ
19. “Maxsussantexgazmontaj” MChJ
20. “Firuz-lak” MChJ
21. “Gidroizolsintez” XF
22. “Elekom” XF
23. “Qurilishmontaj” XF
24. “Binokor” sanoat-qurilish kompaniyasi” MChJ
II. Sanoat korxonalari va tashkilotlari
26. “To‘ytepa metall qurilmalari zavodi” OAJ
27. “Santexnika jihozlari zavodi” OAJ
28. “Toshkent quvur zavodi QK” MChJ
29. “Mashsanoatqurilish” MChJ
30. “Vent-kon” XF
31. “Kitob KK” MChJ
32. “ Agrokeramika QK” MChJ
33. “Puls – Bax QK” MChJ
34. “Djan plast QK” MChJ
35. “Osiyo – vayer QK” MChJ
36. “Velizol QK” MChJ
37. “RIGGER GLASS QK” MChJ
38. “Boyler korporeyshn QK” MChJ
39. “Temir injiniring QK” MChJ
III. Loyihalash tashkilotlari
40. “Montajloyiha LTI” MChJ
IV. Ishlab chiqarish-texnik butlash korxonalari
41. “O‘zta’minbutlash” OAJ
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 373-modda)