Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.08.2023
23.04.2019
14.05.2018
09.01.2018
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bir oy muddatda tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning o‘z faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-iyuldagi 562-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 777-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek, uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qabul — mahalla fuqarolar yig‘ini raisining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga telefon orqali qilingan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rasmiy veb-sayti orqali yoki ularning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa tashkilotlarning portallari orqali tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxs uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxs uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining aniq nomi va murojaatning mohiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarda murojaat qiluvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fuqarolar yig‘inlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek, ularning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul kotibi (keyingi o‘rinlarda mas’ul kotib deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat o‘sha kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron murojaatlar tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yozma va elektron (qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar mas’ul kotib tomonidan murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida qayd etish shtampini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan shaxsning ismi, sana ko‘rsatilgan holda ijro etish to‘g‘risida belgi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etish shtampida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining rasmiy nomi, murojaatning tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Murojaat pochta orqali konvertga solib berilganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha jo‘natiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan murojaatlarning konvertlari murojaat qiluvchining manzilini, murojaatning jo‘natilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Og‘zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolar yig‘ini raisi yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi boshqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qayd etish kartochkasi to‘ldiriladi. Qayd etish kartochkasi og‘zaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga og‘zaki murojaat qilishganda, ular tomonidan taqdim etilgan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq to‘ldirilgan qayd etish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ro‘yxatga olingan murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechikmay fuqarolar yig‘ini raisiga yoki uning o‘rinbosariga kiritiladi, u mas’ul xodimni belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiya (topshiriq beradi) qo‘yadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida mas’ul kotib murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimiga imzo qo‘ydirgan holda beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaatlar ularning ish yurituviga qabul qilinishi yoki tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolati doirasiga kirmaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat besh kun muddatdan kechiktirmay fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tushgan elektron murojaat elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa organlarga o‘tkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agar murojaatni ko‘rib chiqish davomida murojaatning dublikati kelib tushsa, mazkur murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatning dublikati murojaat ko‘rib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini tegishli tartibda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Murojaatlarning turlariga kiritilmagan xatlarni (tashakkurnomalar, tabriknomalar, taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) ko‘rib chiqish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan uning o‘z ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Murojaatni to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, murojaatni ko‘rib chiquvchi murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa organlardan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo‘lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish fuqarolar yig‘ini raisining topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqishning imkoniyati bo‘lmaganda, ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin emasligi to‘g‘risida javob yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiqish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Murojaatni ko‘rib chiqayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchiga murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risidagi qarorni fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari qabul qiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoaviy murojaatlarga javob xati, agar murojaatda javob xatini boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchilarning ro‘yxatida birinchi ko‘rsatilgan shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatga javob xati murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Murojaatga javob xati fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo‘lib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro‘yxatida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan shaxsga yoki ularning talabiga ko‘ra boshqa shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Murojaat, unda ko‘tarilgan barcha masalalar qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko‘rib chiqilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni ko‘rib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda mas’ul kotib murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga va qayd etish kartochkasiga belgi qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Agar murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati olinsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha yagona javob beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatning dublikati murojaat ko‘rib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin olinsa, u holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Takroriy murojaatlar umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga ko‘ra murojaatni ko‘rib chiqqan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaatga javobni uning mazmunini o‘zgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xatolar va arifmetik xatolarni o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish to‘g‘risidagi iltimosi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bog‘liq materiallarni saqlash belgilangan tartibda mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etish shart bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa — bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan holatlarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat qiluvchiga xabar qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Taklif fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan olingan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ayrim hollarda fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning o‘rinbosarlari murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish va ko‘rib chiqishni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim murojaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Murojaatni anonim deb e’tirof etish mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga telefon orqali kelib tushgan murojaatlar qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Anonim deb e’tirof etilgan murojaat xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, mas’ul kotib ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda mas’ul kotib tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab, ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Murojaatlarni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar takroriy murojaatda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini yozma yoki elektron tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki uni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida og‘zaki ravishda, shu jumladan telefon orqali iltimos qilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo‘qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etgandan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqish huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Fuqarolar yig‘ini raisi murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Takroriy murojaatni ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 44-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar to‘xtalishi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni ko‘rib chiqish fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan tasdiqlanadigan xulosa orqali murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Murojaatni ko‘rib chiqish uni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha tugatilganda, murojaat murojaat qiluvchiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Murojaatni ko‘rib chiqish chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli tugatilganda, murojaat qiluvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi xati orqali yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish fuqarolar yig‘ini raisi yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har qanday masalalar, shu jumladan o‘z vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, mazkur bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega bo‘lgan avvalgi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga mazkur Nizomda belgilangan tartibda xabar qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, zaruriyat bo‘lganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, qabul qilish tartibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’muriy binosida hamda mahalla guzarlaridagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Mas’ul kotib qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish mas’ul kotib ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning o‘rinbosarlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Fuqarolar yig‘ini raisi yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida mas’ul kotib va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Nizomning 52-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Shaxsiy qabul davomida fuqarolar yig‘ini raisi qaroriga ko‘ra va murojaat qiluvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio va videoyozuv, shuningdek, fotosuratga olish) qo‘llanilishi mumkin.
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Murojaat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni ko‘rib chiqishning borishi to‘g‘risida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni tekshirish materiallari va uni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat yordamidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish to‘g‘risida iltimos qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda murojaat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik yuzasidan tegishli tuman (shahar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashga yoki bevosita sudga shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari murojaatni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat qiluvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu qarorga rozi bo‘lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni o‘z vakolatlari doirasida aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini ko‘rishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Mas’ul kotib murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mas’ul kotib murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrochilar tomonidan buzilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini raisini darhol xabardor qiladi.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mas’ul kotib monitoring natijalari bo‘yicha har oyda fuqarolar yig‘ini raisiga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan nazoratdan va ijrodan chiqariladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan chiqarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlil natijalari bo‘yicha mas’ul kotib fuqarolar yig‘ini raisiga murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun javobgarlik fuqarolar yig‘ini raisiga, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, mas’ul kotibiga yuklanadi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslar
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda FO‘O‘BO deb ataladi) murojaatlarni taqdim etish.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra
↓
↓
2-bosqich
FO‘O‘BO
1. Murojaatni qabul qilish va ro‘yxatga olish, murojaatda bayon qilingan masalalarni o‘rganish.
2. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va FO‘O‘BO mas’ul xodimini belgilash bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) imzolash uchun FO‘O‘BO raisiga kiritish.
3. Murojaatlarni FO‘O‘BO mas’ul xodimiga ijro etish uchun yuborish.
1-2) Murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan
3) Rezolyutsiya (topshiriqnoma) imzolangan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan
FO‘O‘BO mas’ul kotibi
↓
↓
3-bosqich
FO‘O‘BO mas’ul xodimi
Qo‘yilgan masalalarni hal etish FO‘O‘BO vakolati doirasiga kirmaydigan murojaatni taalluqliligi bo‘yicha tegishli organlarga yuborish va bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilish.
Besh ish kun mobaynida
→
Murojaatlarni ish yurituviga qabul qilish
↓
Murojaatlarni ko‘rib chiqish, natijasiga ko‘ra javob xatini tayyorlash
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Qo‘shimcha ravishda o‘rganish talab etilmasa, murojaat kelib tushgan paytdan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan
Qo‘shimcha ravishda o‘rganish talab etilsa, murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir oygacha bo‘lgan muddat ichida
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoki boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish zarur bo‘lgan xollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddatlari FO‘O‘BO raisi tomonidan istisno tariqasida ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Takliflarni ko‘rib chiqish
Bir oydan kechiktirmasdan
Qo‘shimcha ravishda o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda ma’lum qilinadi.
↓
↓
4-bosqich
FO‘O‘BO raisi
1. Murojaat qiluvchiga yozma shaklda javob xatini yo‘llash.
1. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha javob xati imzolangan kunda.
2. Murojaatni ko‘rib chiqish tugallanganligini qayd etish.
2. Murojaat qiluvchiga
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Old tomoni) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayd etish kartochkasi
Tartib raqami:
Savol:
Murojaat qiluvchi:
Manzili:
Murojaat tushgan sana:
Murojaat qiluvchilar soni:
Murojaatning shakli:
Varaqlar soni:
Qabul shakli:
Dublikat/ takroriy
Murojaatning turi:
Oldingi murojaatning sanasi va raqami:
Nazorat turi:
Murojaatning qisqacha mazmuni:
Rezolyutsiyani (topshiriqnomani) imzolagan rais:
Raisning rezolyutsiyasi (topshirig‘i):
Bajarish muddati:
Tarkibiy bo‘linma:
Ijrochi:
(Orqa tomoni)
Murojaatlarni ko‘rib chiqishning holati
Yuborilgan sana
Qayerga yuborilgan
Javob xatining raqami va sanasi
Muddati uzaytirilgan:
Kim tomonidan: (imzo)
Javob xati kelgan sana:
Ko‘rib chiqish natijalarining qisqacha mazmuni:
Nazoratdan chiqarildi
(kim tomonidan):
Sana:
Bajaruvchining
imzosi:
Bajarilgan sana:
Murojaatni ko‘rib chiqish muddati buzilganligi haqidagi belgi:
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)