ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Sarf-xarajatlar (mln soʻm) |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul bajaruvchilar |
Kutilayotgan natija | |
|
I. “Ona va bola skriningi” markazlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash | |||||||
|
1. |
Homiladorlikning birinchi uch oyligida ayollarni ommaviy tarzda ultratovush tekshiruvidan oʻtkazish uchun markaziy koʻp tarmoqli tuman va shahar poliklinikalarining prenatal tashxis xonalarini yuqori hal etish qobiliyatiga ega boʻlgan statsionar 200 ta UZI-skanerlari bilan jihozlash. |
2018-yil noyabr |
6 400,0 ming AQSH dollari |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) |
14 haftagacha boʻlgan muddatda homila oʻsishida tugʻma nuqsonlarni barvaqt aniqlash. Oʻlimga olib boradigan nuqsonlarga ega bolalar tugʻilishining oldini olish. | |
|
2. |
Biokimyoviy prenatal (tugʻishdan oldingi) skrining oʻtkazish uchun reaktivlar bilan taʼminlash, jami shundan: birinchi uch oylik ikkinchi uch oylik |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
6 027,0 ming AQSH dollari 2 284,0 ming AQSH dollari 456,8 456,8 456,8 456,8 456,8 3 743,0 ming AQSH dollari 748,6 748,6 748,6 748,6 748,6 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Homilada xromosomali sindromlarni va nerv nayi tugʻma nuqsonlarini aniqlash. Xromosomali sindromlarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish. | |
|
3. |
Homiladorlardan qon olish uchun maxsus filtrlovchi qogʻoz blankalar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
33,75 ming AQSH dollari 6,75 6,75 6,75 6,75 6,75 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Xromosomali sindromlarga chalingan va nerv nayi tugʻma nuqsonlari bilan bolalar tugʻilishining oldini olish. | |
|
4. |
Chaqaloqlarni tugʻma gipotireoz, fenilketonuriya, mukovissidozga skriningdan oʻtkazish boʻyicha ulardan qon olish uchun maxsus filtrlovchi qogʻoz blankalar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
515,8 ming AQSH dollari 103,16 103,16 103,16 103,16 103,16 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Irsiy patalogiya bilan kasallangan bolalarni barvaqt aniqlash. Chaqaloqlarning 95 foizi neonatal skriningdan oʻtkazilishini taʼminlash. | |
|
5. |
Respublika “Ona va bola skriningi” markazini homiladorlikning erta muddatlarida molekulyar-sitogenetik tadqiqotlar oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan jihozlash. |
2018 — 2022 yy. xar yili sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
1 252,0 ming AQSH dollari 250,4 250,4 250,4 250,4 250,4 |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Amaliy faoliyatga zamonaviy molekulyar-sitogenetik texnologiyalarni joriy etgan holda homila xromosoma sindromlari diagnostikasi koʻlamini kengaytirish. | |
|
6. |
Chaqaloqlarni tugʻma gipotireoz va fenilketonuriyaga neonatal skriningdan oʻtkazish uchun reagentlar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
9 967,7 ming AQSH dollari 1993,54 1993,54 1993,54 1993,54 1993,54 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Bolalarda tugʻma gipotireoz va fenilketonuriya borligini barvaqt aniqlash. | |
|
7. |
Nukus, Buxoro, Samarqand, Fargʻona “Ona va bola skriningi” markazlarini mukovissidozni aniqlash uchun 4 ta tibbiy diagnostika uskunalari bilan jihozlash. |
2018-2019-yillar sh.j., 2019-y. 2020-y. |
48 ming AQSH dollari 24,0 24,0 |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Hududiy “Ona va bola skriningi” markazlarining tashxis qoʻyish imkoniyatlarini kengaytirish. Bolalarda mukovissidozga barvaqt tashxis qoʻyish, oʻz vaqtida davolash, hayot sifati va davomiyligini yaxshilash. | |
|
8. |
Chaqaloqlarni mukovissidozga selektiv skriningdan oʻtkazish uchun reagentlar va sarflanadigan materiallar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018 g. 2019 g. 2020 g. 2021 g. 2022 g. |
987,4 ming AQSH dollari 197,48 197,48 197,48 197,48 197,48 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Bolalarda mukovissidoz borligini barvaqt aniqlash. Kasallik ogʻirlashishining oldini olish hamda bolalar umr koʻrishini va hayot sifatini oshirish. | |
|
9. |
Bolalarni tandem mass-spektrometrda selektiv skriningdan oʻtkazish uchun reaktivlar va sarflanadigan materiallar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
214,75 ming AQSH dollari 42,95 42,95 42,95 42,95 42,95 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Aminokislota va karnitin almashinuvi buzilgan irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish. Oilada keyingi farzand shunday patologiya bilan tugʻilishining oldini olish. | |
|
10. |
Nukus, Buxoro, Samarqand, Fargʻona “Ona va bola skriningi” markazlarini bolalarda sitogenetik tadqiqotlarni tatbiq etish va oʻtkazish uchun raqamli mikroskoplar va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash. |
2018-yil 1-noyabr |
142,9 ming AQSH dollari |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) |
Xromosoma sindromlariga chalingan bolalarni aniqlashni oshirish. Viloyatlarda yashovchi xromosoma sindromlariga chalingan bolalarga tasdiqlovchi tashxis qoʻyish. Hududiy “Ona va bola skriningi” markazlarining tashxis qoʻyish imkoniyatlarini kengaytirish. | |
|
11. |
Respublika “Ona va bola skriningi” markazini irsiy qon kasalliklariga tashxis qoʻyish uchun moʻljallangan gematologik analizator bilan jihozlash. |
2018-yil 1-noyabr |
4,8 ming AQSH dollari |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) |
Irsiy kasalliklarga tashxis qoʻyish usullarini takomillashtirish. | |
|
12. |
Samarqand, Fargʻona, Andijon, Termiz, Nukus va Buxoro “Ona va bola skriningi” markazlarini neonatal va prenatal skrininglar oʻtkazish uchun butlovchi buyumlar bilan birga 6 ta analizatorning takomillashtirilgan modeli bilan qayta jihozlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
930,0 ming AQSH dollari 186,0 186,0 186,0 186,0 186,0 |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) |
Homiladorlarda va chaqaloqlarda tugʻma va irsiy kasalliklarga tashxis qoʻyishni yaxshilash. | |
|
II. “Ona va bola skrinigi” markazlarning kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash va mutaxassislari malakasini oshirish | |||||||
|
13. |
Homilaning sogʻligʻi va yashab ketishiga imkon bermaydigan tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishini oldini olish boʻyicha nizom ishlab chiqish |
2018-yil 1-avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Mehnat va bandlik munosabatlari |
Nogironlikka olib keluvchi tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishini kamaytirish | |
|
14. |
Homiladorlikning birinchi uch oyligida ultratovush tekshiruvining zamonaviy protokolini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-aprel |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) |
Homilaning yashab ketishiga imkon bermaydigan tugʻma nuqsonlarni aniqlash. Homiladorlikka tibbiy qarshi koʻrsatmaga ega boʻlgan homiladorlar guruhini tuzish. | |
|
15. |
Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini vrachlari uchun taʼlim beruvchi seminarlar oʻtkazish orqali ultratovush tekshiruvining tasdiqlangan protokolini joriy etish. |
2018-yil 1-may |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Respublika va hududiy “Ona va bola skriningi” markazlari |
Homila oʻsishining tugʻma nuqsonlariga prenatal tashxis qoʻyishni maqbullashtirish. | |
|
16. |
Yuqori texnologik diagnostika uskunasidan foydalangan holda tugʻma va irsiy kasalliklarga tashxis qoʻyishning zamonaviy usullari joriy etilganligini hisobga olgan holda “Ona va bola skriningi” markazlarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 1-avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) |
Homiladorlarga va bolalarga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishga qoʻyilgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, shtat normativlarini tasdiqlash. | |
|
17. |
Homilador ayollarni ultratovush tekshiruvidan oʻtkazuvchi UZI vrachi lavozimini joriy etish orqali markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 1-avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) |
Prenatal tashxis qoʻyish xonalarini tashkil etish. Homiladorlikning erta muddatlarida ayollarni ommaviy tarzda ultratovush tekshiruvidan oʻtkazish, hududiy va Respublika “Ona va bola skrininig” markaziga tekshirishga yuborish uchun xavf-xatar guruhini tuzish. | |
|
18. |
Xorijning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash. Chet ellik mutaxassislarni. birgalikdagi faoliyatga jalb qilish. Mamlakatimiz skrining markazlari mutaxassislarini xorijda stajirovkadan oʻtkazish. |
2018 — 2022 yy. har yili tahliliy monitoring |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Respublika skrining markazi (M.K. Sharipova). “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Mahorat darslari oʻtkazish, mamlakatimiz amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Yetakchi chet el mutaxassislarini jalb etgan holda ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | |
|
III. Tugʻma va irsiy kasalliklarning birlamchi profilaktikasi boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish, irsiy kasalliklarga chalingan kasallarni davolash samaradorligini oshirish | |||||||
|
19. |
Tugʻma va irsiy kasalliklarning, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish masalalari boʻyicha aholi orasida quyidagi axborot va targʻibot ishlarini olib borish: telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan axborot koʻlamini kengaytirish; qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish masalalari boʻyicha hamda bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida mavzuga doir seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, suhbatlar oʻtkazish; tugʻma nuqsonli bolalar tugʻilishining oldini olish masalalari boʻyicha risolalar va bukletlar chop etish. |
2018 — 2022 yy. har oy 2018 — 2022 yy. sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
50,0 40,0 8,0 8,0 8,0 8,0 8,0 |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), MTRK (A.J.Xodjayev), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova), “Mahalla” fondi |
Tugʻma va irsiy kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish masalalarida aholining tibbiy savodxonligini oshirish. Ijtimoiy telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, ommaviy axborot vositalarida bosma axborot va nashrlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Aholining xabardorligini oshirish. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish. | |
|
20. |
Respublika tibbiyot tashkilotlarida kam taʼminlangan oilalarning nogiron farzandlarini sogʻlomlashtirish: yuqori lab va tanglayida tugʻma nuqsonlari boʻlgan 300 nafar bolani jarrohlik yoʻli bilan davolash; oyoqlarida tugʻma nuqsonlari boʻlgan (maymoq) va boʻyni qiyshiq 300 nafar bolani jarrohlik yoʻli bilan davolash; yuragida tugʻma nuqsonlari boʻlgan 40 nafar bolani jarrohlik yoʻli bilan davolash. |
2018-2019-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. |
143,5 ming AQSH dollari 72,0 71,5 |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) |
Turli patologiyaga ega kasal bolalarni sogʻlomlashtirish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini va jamiyatda oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini taʼminlash. | |
|
21. |
Neonatal skrining natijasida aniqlangan tugʻma gipotireozga chalingan bolalarni dori-darmonlar bilan taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar sh.j., 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. |
96,4 ming AQSH dollari 19,3 19,3 19,3 19,3 19,3 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Nogironlikning oldini olish maqsadida skrining markazlarida dispanser nazoratiga olingan tugʻma gipotireozga chalingan bolalarni davolash. | |
|
22. |
Fenilketonuriyaga chalingan bolalarni maxsus davolovchi ovqatlanishini taʼminlash. |
2018-2020-yillar sh.j., 2018-y. 2020-y. 2022-y. |
4 076,56 ming AQSH dollari 1358,8 1358,8 1358,8 |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (S.T. Inamova) |
Nogironlikning oldini olish maqsadida skrining markazlarida dispanser nazoratiga olingan fenilketonuriyaga chalingan bolalarni davolash. | |
|
23. |
Chaqaloqlarda tugʻma anomaliyalar rivojlanishining xavf omillarini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy tekshiruvlar oʻtkazish, viloyatlar kesimida tugʻruq majmualarida. |
2018 — 2022 yy. har yili viloyat kesimida natijalar tahlili |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) |
Chaqaloqlarda tugʻma anomaliyalar rivojlanishining sababini aniqlash va uni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | |
|
Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar jami: 90,0 mln soʻm va 30,84 mln AQSH dollari |
||||
|
shundan: |
mlrd. soʻmda |
mln AQSH dollarida | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
— |
— |
28,46 | |
|
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari |
— |
90,0 |
— |
2,38 |