03.11.2017 yildagi PF-5215-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, 03.11.2017 yildagi PF-5215-son
Date of entry into force
03.11.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qaroriga muvofiq, shuningdek eksport-import operatsiyalarini boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 10-noyabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Farmonga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, shuningdek tender hujjatlari va texnik vazifalarni ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilishga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Import kontraktlarini va tender (tanlov) hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek tender (tanlov) takliflarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 3-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5215-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Tovar nomi

TIF TN boʻyicha tovar kodi

1.

Qurol-yarogʻ va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi buyumlar

8526 (faqat harbiy maqsadlar uchun), 8710, 8802 (fuqaro vertolyotlari, fuqaro samolyotlaridan tashqari), 8803 (fuqaro aviatsiyasi uchish apparatlari qismlaridan tashqari), 8805 (fuqaro toifasiga tegishli boʻlmagan) 8906 10 000 0,9013 10 000 0,9013 20 000 0,9013 80,9014,9301, 9302 00 000 0,9305 (faqat jangovar qurollarga tegishli), 9306 (faqat harbiy maqsadlar uchun)

2.

Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan buyumlar radioaktiv moddalarining chiqindilari

2612 (faqat uran konsentratlari), 2844, 2845

3.

Radioaktiv moddalardan

foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalar

8401

4.

Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar*

7106, 7107 — 7111 00 000 0, 7112, 7115

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Quyidagi hollarda qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar eksporti va importi uchun litsenziya olish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan Markaziy bankning oʻlchovli kumush quymalarini (TIF TN boʻyicha kodi 7106) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan Markaziy bankning oʻlchovli oltin quymalarini (TIF TN boʻyicha kodi 7108) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar yuridik shaxslar tomonidan zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini (TIF TN kodi 7106 92 000 0) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-noyabrdan boshlab qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalarini (TIF TN kodi 7112) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni hamda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan xom ashyoni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirishda hamda “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan xom ashyoni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-son Farmoniga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tender (tanlov) savdolarini oʻtkazishda, tender (tanlov) savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etish va tender (tanlov) takliflarini baholash, tender (tanlov) savdolari natijalarini muvofiqlashtirish, kelishish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish, zarur xollarda. oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish boʻyicha taklif kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha tuzilgan import kontraktlarini tizimli asosda puxta ekspertizadan oʻtkazish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “1-ilovaga muvofiq maxsus tovarlar bundan mustasno” soʻzlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maxsus tovarlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori 6-bandining beshinchi xatboshidagi “ularni amalga oshirish doirasida tuziladigan import shartnomalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “ularni amalga oshirish doirasida zamonaviy import asbob-uskunalarni va texnologiyalarni xarid qilish boʻyicha tuziladigan import kontraktlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qarori 9-bandidagi “ularni amalga oshirish doirasida zamonaviy import asbob-uskunalarni va texnologiyalarni xarid qilish boʻyicha tuziladigan import kontraktlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)