Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2002 14.08.2000 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.2000 yildagi 317-son
Date of entry into force
14.08.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IJTIMOIY MUHIM OZIQ-OVQAT TOVARLARINI IMPORT QILISh VA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-fevraldagi 47-sonli “Oʻzoziqovqattaʼminot” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki isteʼmol bozorini ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan (asosan respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bilan) ishonchli va uzluksiz taʼminlash, ularni import boʻyicha keltirish hamda davlat ehtiyojlari uchun va aholiga sotishning taʼsirchan mexanizmini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 20 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan miqdorda ustav jamgʻarmasiga ega boʻlgan “Oʻzoziqovqattaʼminot” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga davlat resurslarining tasdiqlanadigan balanslariga muvofiq qand-shakar, oʻsimlik moyi va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import boʻyicha markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va keyinchalik ichki isteʼmol bozorida sotish yoʻli bilan aholini va davlat ehtiyojlarini ular bilan ishonchli taʼminlash funksiyasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, ijtimoiy soha muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun qand-shakarga va import boʻyicha keltiriladigan majburiy turdagi boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan ehtiyojni muntazam oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar va import boʻyicha keltiriladigan boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini ulgurji-chakana savdo shoxobchasi orqali sotishni puxta tashkil etish hisobiga respublikaning butun hududida aholini, ijtimoiy soha muassasalari va maxsus isteʼmolchilarni ular bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar va ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ularni ishlab chiqarish va taqsimlash resurslarining moddiy balanslariga muvofiq import boʻyicha markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari xorijiy valyutaga import boʻyicha xarid qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlarni xarid qilish va respublika tashqarisida sotish yoʻllarini izlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari tuzilgan import kontraktlariga muvofiq respublika mintaqalariga oʻz vaqtida yetkazib berilishi va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan taqsimotga muvofiq ularning chakana savdo korxonalariga yetkazilishi ustidan monitoring oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkil etilayotgan “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasini quyidagi ulushlarda shakllantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26 foiz — davlat mulkini va yerdan foydalanish huquqini berish yoʻli bilan shakllantiriladigan davlat ulushi hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24 foiz — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida xizmat koʻrsatilayotgan hududni uzluksiz taʼminlash uchun yetarli boʻlgan ombor binolari va boshqa zarur infratuzilmani kompaniyaning mulki etib berish yoʻli bilan Oʻzbekistonning yirik ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalarining ulushlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foiz — ishonchli xalqaro nufuzga va Oʻzbekistonda ish tajribasiga ega boʻlgan oziq-ovqat tovarlari yetkazib beruvchi yirik xorijiy kompaniyalarning ulushlari hisobiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda oziq-ovqat tovarlari yetkazib beruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borsin hamda “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining xorijiy muassislarini va ularning ustav jamgʻarmasiga ulushlarini aniqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda respublika hududida oʻz ombor binolariga ega boʻlgan ulgurji va ulgurji-chakana savdo korxonalar orasidan kompaniyaning oʻzbekistonlik muassislarini, shuningdek, “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasida ularning ulushli qatnashuvi miqdorlari va shakllarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Boshqaruv raisining ikki nafar oʻrinbosariga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga belgilangan tartibda kompaniya Kuzatuvchi kengashi tomonidan tayinlanadilar, keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari maqomiga, maishiy taʼminot va tibbiy hamda transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra tegishli ravishda vazirga va vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import boʻyicha xarid qilish va respublika isteʼmolchilariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jahon va ichki bozorlarda ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari narxlari ustidan monitoringni amalga oshirsin hamda “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuziladigan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, vakolatli bankda va bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda oʻz xulosalarini bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishga shartnomalar tuzish uchun ijtimoiy soha muassasalari va chakana savdo korxonalari joylashishini “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi eʼtiboriga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, “Oʻzdavzahira” bosh boshqarmasi ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari ularni ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslarida nazarda tutilgan hajmlarda import boʻyicha yetkazib berish yuzasidan “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan shartnomalar oʻz vaqtida tuzilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari yetkazib berish yuzasidan savdo korxonalari respublikaning butun hududida qand-shakar, oʻsimlik moyi va boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat tovarlari savdosi bilan aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlash imkonini beradigan etib joylashtirilishini hisobga olgan holda ijtimoiy soha muassasalari, maxsus isteʼmolchilar, chakana savdo korxonalari bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2000-yilda qand-shakarni zaxirada saqlashning tegishli normativlari hajmida davlat zaxirasiga gʻamlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini qand-shakar bilan kafolatli taʼminlash maqsadida 2000-2001-yillarda 20 ming tonna miqdorida yildan-yilga oʻtuvchi sugʻurta fondini shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki, qand-shakardan sanoat ehtiyojlari uchun foydalanuvchi sanoat korxonalari qand-shakarni mustaqil ravishda import qiladilar, yoxud ehtiyojlar miqdori uncha koʻp boʻlmagan boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu maqsadlardagi umumyillik kvotalar doirasida, yetkazib berish uchun “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy boʻlinmalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qand-shakar va oʻsimlik moyini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash maqsadida chakana savdo tarmogʻi orqali sotish qatʼiyan taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, qand-shakar, oʻsimlik moyi va un bilan chakana va ulgurji savdo qilish qoidalari buzilganligi, shuningdek, ularni respublika tashqarisiga olib chiqib ketishga urinilganligi uchun aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy javobgarlikka tortiladilar, savdo korxonalari esa savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomadan mahrum etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va aholini ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari ulgurji-chakana savdosining belgilangan tartibiga rioya qilishini ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari narxlarni shakllantirish normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi, ular narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini chakana savdo tarmogʻi orqali ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar, oʻsimlik moyi va un respublika tashqarisiga yashirin olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahar, Mustaqillik maydonidagi 5-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
317-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi

Ijroiya apparat xodimlarining cheklangan soni — 33 kishi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import boʻyicha xarid qilish va ularni respublika isteʼmolchilariga sotish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import boʻyicha xarid qilish tartibini, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida isteʼmolchilarga chakana va ulgurji sotish mexanizmini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi isteʼmolchilarga keyinchalik ulgurji va chakana sotish uchun markazlashtirilgan tartibda xarid qilish “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan ularni ishlab chiqarish va taqsimlash balanslaridan kelib chiqqan holda import boʻyicha xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini narxi, sifati va tovar yetkazib berishning boshqa shartlari boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yirik va ishonchli oziq-ovqat tovarlari yetkazib beruvchilar boʻlgan yetakchi firmalardan xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilishga kontraktlarni, qoidaga koʻra, konsignatsiya shartlarida 90 kundan 180 kungacha haqini toʻlash muddati bilan tuzadi. Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini yetkazib berishga kontraktlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularni ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslarida nazarda tutilgan hajmlar va muddatlarda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi zarur ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini xorijiy valyutaga import boʻyicha xarid qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni xarid qilish va respublika tashqarisida sotish yoʻllarini izlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini ulgurji sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi import boʻyicha olib keladigan qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari isteʼmolchilarning turli toifalari (ijtimoiy soha muassasalari, davlat zaxirasi, maxsus isteʼmolchilar, chakana savdo korxonalari) uchun ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslaridagi limitlar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ehtiyojini ishonchli taʼminlaydigan hajmlarda “Oʻzoziqovqattaʼminot” kompaniyasining hududiy ulgurji boʻlinmalari omborlariga bevosita kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tegishli hududiy ulgurji boʻlinmalari omborlaridan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini aholiga faqat chakana sotish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishgan holda chakana savdo tashkilotlarining Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan joylashishiga muvofiq chakana savdo tashkilotlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini davlat zaxirasiga gʻamlash uchun ularni ishlab chiqarish va tasdiqlashning tasdiqlangan balanslarida belgilanadigan limitlar boʻyicha — “Oʻzdavzahira” bosh boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi maxsus xoʻjalik hisobidagi savdo firmalari hamda Toshkent shahar savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamenti orqali, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarga idoraviy maktabgacha bolalar, oʻquv va davolash muassasalarini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan limitlar boʻyicha ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari xarid qilinishini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini xarid qilishga tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida ijtimoiy soha muassasalariga va budjet tashkilotlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida maxsus isteʼmolchilar muassasalariga yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini chakana sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan import qilinadigan qand-shakar va ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz chakana doʻkonlari tarmogʻi, hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi boshqa chakana savdo tashkilotlari orqali ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan joylashtirilishiga muvofiq chakana sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Chakana savdo tashkilotlarining hududiy joylashtirilishi respublikaning butun hududida shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar aholisini ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli taʼminlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun chakana savdo tarmogʻi orqali sotish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Narx shakllantirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan import qilinadigan qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarining chakana narxi import boʻyicha xarajatlarni, savdo tashkilotlarining chiqimlarini, ustama xarajatlarni qoplashni hamda ulgurji savdo korxonalari uchun rentabellik darajasi — 6-7 foiz va chakana savdo korxonalari uchun — 3-4 foiz boʻlishini taʼminlashni hisobga olgan holda ularga jahon narxlari konyunkturasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari chakana narxlarining cheklangan darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan belgilangan tartibda kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini importdan xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash xorijiy yetkazib beruvchilar bilan erkin almashtiriladigan valyutada hisob-kitob qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining birjadan tashqari valyuta bozorida konvertatsiya qilingan holda konsignatsiya asosida yetkazib berilgan qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini sotishdan tushgan tushumdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi konvertatsiyani amalga oshirish uchun import qilingan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini sotishdan soʻmda olingan tushumni ustuvor konvertatsiya qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasini belgilangan tartibda oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini sotishdan olingan soʻmdagi tushumni birjadan tashqari valyuta bozorida “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan konvertatsiya qilinishi litsenziya egasi sifatida Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib shakllanayotgan erkin kurs boʻyicha belgilangan choraklik kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini sotishdan olingan soʻmdagi tushumni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining narxlar boʻyicha ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari ularni ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan balanslari hajmlari va muddatlarida import boʻyicha xarid qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalarida ijtimoiy soha muassasalari, maxsus isteʼmolchilar, davlat zaxirasi va aholining qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan ehtiyojining oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari sotadigan chakana savdo tashkilotlarining maqbul hududiy joylashtirilishi taʼminlanishi, shuningdek ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari aholiga uzluksiz sotilishi va ijtimoiy soha muassasalari va budjet tashkilotlari ular bilan belgilangan limitlar doirasida toʻliq taʼminlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Chakana savdo tashkilotlari “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy ulgurji boʻlinmalari bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi va ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarining aholiga mazkur Nizomga muvofiq belgilangan cheklangan narxlar boʻyicha uzluksiz sotilishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan talablar bajarilmagan taqdirda chakana savdo tashkiloti “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan shartnomalar tuzish huquqini beruvchi chakana savdo tashkilotlari joylashgan joydan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari ulgurji-chakana savdosining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari narxlarini shakllantirish normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi, ular narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha muassasalarini, shuningdek aholini chakana savdo tarmogʻi orqali qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash ustidan nazorat qilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus isteʼmolchilarni qand-shakar va boshqa ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan uzluksiz taʼminlash va davlat zaxirasiga oʻz vaqtida gʻamlash ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qand-shakar, oʻsimlik moyi, un va majburiy turdagi boshqa oziq-ovqat tovarlari respublika tashqarisiga yashirin olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi amalga oshiradi.