28.11.2002 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2002 yildagi 414-son
Date of entry into force
28.11.2002
Hujjat 28.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki isteʼmol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi tovarlar sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va isteʼmol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda sotilayotgan isteʼmol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini taʼminlash monitoringlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼrifiy ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini oʻtkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining taʼminoti har oylik aʼzolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo kengash tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimi ishlari samaradorligini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining quyidagi qoʻpol ravishda buzilishlari uchun oldindan yozma koʻrsatma bermasdan jarima solishiga ruxsat berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchiga tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati koʻrsatilgan, tovarning xarid qilinganligini yoki ishlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi kassa, tovar cheklari va boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlar sotish yoki xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlarni qabul qilish va sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida axborot olishda zarur yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini oʻzlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha taʼlim muassasalari dasturlariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik idoralarining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda koʻmaklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar boʻyicha haq toʻlagan holda xonalar bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobiga mebel va zarur texnika vositalari bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Isteʼmolchi” rukni tashkil etilishini taʼminlasinlar, unda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni, isteʼmol madaniyatini va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha anʼanalarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.U.Bahromov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
1-ILOVA

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** mintaqalar‎‏

jamiyatlar:‎‎

tuman ‎

shahar ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎viloyatlar:
‎Andijon
‎Buxoro
‎Jizzax
‎Qashqadaryo
‎Namangan
‎Navoiy
‎Samarqand
‎Sirdaryo
‎Surxondaryo
‎Toshkent
‎Fargʻona
‎Xorazm
‎Toshkent shahri ‎
15

‎14
‎13
‎12
‎14
‎12
‎9
‎17
‎9
‎14
‎15
‎16
‎10
‎11 ‎
2

‎3
‎2
‎1
‎1
‎1
‎2
‎2
‎3
‎1
‎6
‎4
‎1 ‎
Jami:‎ 181‎

29‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
2-ILOVA

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI*

*) Doimiy asosda ishlaydigan xodimlarning umumiy soni — 10 kishi. Jamiyatlar aʼzolari va ish hajmi, shuningdek kirish va har oylik aʼzolik badallari koʻpayishiga qarab Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparat xodimlari sonini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**) Ekspert kengashlarda maxsus bilimlarga ega boʻlgan, turli vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
4-ILOVA

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) davlat organlari va jamoat birlashmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash oʻz faoliyatida “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kengashning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, respublika isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat tashkilotlarining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllanish samaradorligini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi birgalikdagi ishlarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarning davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishga doir ishlarni tashkil etish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida manfaatdor xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan amaliy aloqalarni taʼminlash va ularni kengaytirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash oʻz faoliyati jarayonida barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari va isteʼmolchilar birlashmalari bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kengashning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik uyushmalari, korxonalar va birlashmalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining ijrosi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi hamda tegishli organlarga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning qonunda belgilangan tartibini buzgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha normativ materiallarni qoʻllanishda paydo boʻladigan masalalarni koʻrib chiqish, Vazirlar Mahkamasiga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli darajalardagi davlat boshqaruv organlaridan, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan zarur axborotlar olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishiga mutaxassislar, olimlar, ekspertlar hamda turli tashkilotlar va muassasalarning vakillari jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kengashning tarkibi va ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari va jamoat birlashmalarining vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishiga mutaxassislar, olimlar, ekspertlar hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosatini amalga oshirish masalalari faoliyati sohasiga kiruvchi turli tashkilotlar va muassasalarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlar va muassasalarning vakillari jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengashni rais boshqaradi, Kengash tarkibidan oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir nafar oʻrinbosari hamda kotibi boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi (u boʻlmaganda — oʻrinbosar) Kengash faoliyatiga rahbarlik qiladi, majlislarda raislik qiladi, uning ishlarini rejalashtiradi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi, Kengash nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kotibiyat Kengashning ishchi organi hisoblanadi, u Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xodimlaridan iborat boʻladi hamda tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash oʻz faoliyatini oʻzi tasdiqlagan ish tartibi asosida amalga oshiradi. Kengash majlislari zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash qarorlari tavsiyanoma tusida boʻladi va majlisda aʼzolarining 50 foizdan ortigʻi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorlar Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi (ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisi hal qilish huquqiga ega boʻladi) hamda majlis oʻtkazilgan kundan boshlab ikki hafta muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari protokollari rais (oʻrinbosar) va kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo kengashning jamoatchilik birlashmalaridan boʻlgan aʼzolari maslahat ovozi huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalar va uning qarorlari loyihalari Kengash aʼzolari tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa markaziy boshqaruv organlari, shuningdek jamoat birlashmalari vakillari bilan birgalikda tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizom Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ( keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi huzurida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma jamoat birlashmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda ragʻbatlantirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatning samarali faoliyat koʻrsatishini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari aʼzolarining manfaatdorligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari aʼzolari tashabbusi natijasida va tashabbusiga koʻra aniqlangan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan jarima solingan taqdirda, olib qoʻyiladigan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlarning 35 foizi ularning hisob raqamlariga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga quyidagi maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilikni hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni oʻrganish boʻyicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga doir materiallarni eʼlon qilish, sharhlar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda isteʼmolchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 181-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 32-son, 271-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)