28.11.2002 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2002 yildagi 414-son
Date of entry into force
28.11.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini o‘tkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining ta’minoti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a’zolik badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar va ijtimoiy buyurtmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan beshinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida axborot olishda zarur yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘zlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan o‘tkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 o‘quv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha ta’lim muassasalari dasturlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik idoralarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda ko‘maklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar bo‘yicha haq to‘lagan holda xonalar bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z mablag‘lari hisobiga mebel va zarur texnika vositalari bilan ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini ta’minlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Iste’molchi” rukni tashkil etilishini ta’minlasinlar, unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, iste’mol madaniyatini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha an’analarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** mintaqalar‎‏

jamiyatlar:‎‎

tuman ‎

shahar ‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
‎viloyatlar:
‎Andijon
‎Buxoro
‎Jizzax
‎Qashqadaryo
‎Namangan
‎Navoiy
‎Samarqand
‎Sirdaryo
‎Surxondaryo
‎Toshkent
‎Farg‘ona
‎Xorazm
‎Toshkent shahri ‎
15

‎14
‎13
‎12
‎14
‎12
‎9
‎17
‎9
‎14
‎15
‎16
‎10
‎11 ‎
2

‎3
‎2
‎1
‎1
‎1
‎2
‎2
‎3
‎1
‎6
‎4
‎1 ‎
Jami:‎ 181‎

29‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI*

*) Doimiy asosda ishlaydigan xodimlarning umumiy soni — 10 kishi. Jamiyatlar a’zolari va ish hajmi, shuningdek kirish va har oylik a’zolik badallari ko‘payishiga qarab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparat xodimlari sonini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**) Ekspert kengashlarda maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, turli vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizom Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ( keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi huzurida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘arma jamoat birlashmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda rag‘batlantirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatning samarali faoliyat ko‘rsatishini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashga quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilikni hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka doir materiallarni e’lon qilish, sharhlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 181-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 32-son, 271-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)