O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektalaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-bet) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-dekabr,
987-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 987-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘rtinchi xatboshidagi “har yili O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirmaydigan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ko‘rsatilgan erkin iqtisodiy zona qatnashchilari bilan yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlari bilan shartnomalar mavjud bo‘lganda — belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “ekstrakt” so‘zidan keyin “va tayyor farmatsevtika mahsulotlari” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “ekstrakt” so‘zidan keyin “va tayyor farmatsevtika mahsulotlari” so‘zlari qo‘shilsin;
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/987/0421-son)