05.12.2017 yildagi 968-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.2017 yildagi 968-son
Date of entry into force
07.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni talablarini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va taʼmirlashda koʻrikdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalar foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing maʼlumotlarni translyatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablagʻlari;

vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
968-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 968-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari Vazirlikning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va taʼmirlashda koʻrikdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdordagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalari foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing maʼlumotlarni translyatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini, bunda Jamgʻarma mablagʻlarining 75 foizidan kam boʻlmagan miqdori ushbu maqsadlarga sarflanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovgʻa va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalari va madaniy tadbirlar oʻtkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mutaxassislarni jalb qilish tadbirlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida oʻz xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish choralarini, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori kasb mahorati, murabbiylik uchun hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan Vazirlik xodimlarini asosiy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilagan holda moddiy ragʻbatlantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoʻla mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatishni (alohida hollarda) moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma tarkibi va faoliyat tartibi Vazirlikning hayʼati tomonidan belgilanadigan va tasdiqlanadigan Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 25-dekabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga xorijiy kredit va grantlar jalb etilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarmani boshqarish kengashining majlisi unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror Jamgʻarmani boshqarish kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlikning moliya-iqtisodiyot boshqarmasi Jamgʻarmaning Ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovnomalarni umumlashtiradi va Jamgʻarmani boshqarish kengashiga koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha daromadlari hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va Jamgʻarmani boshqarish kengashiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarmaning tushumlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari kesimida) va Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisi Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalariga zarurat boʻlganda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobot Vazirlik hayʼati majlisida koʻrib chiqiladi va har yili 15-martgacha Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/968/0370-son, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son )