29.11.2017 yildagi PF-5264-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.11.2017 yildagi PF-5264-son
Date of entry into force
01.12.2017
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili boʻlib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik koʻzlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va oʻrganish mavjud emas, buning oqibatida mazkur dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni toʻliq roʻyobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni taʼminlamayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etishni taʼminlovchi yagona organning mavjud emasligi, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat koʻrsatishi fan, taʼlim va ishlab chiqarishning toʻliq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu esa oʻtkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash boʻyicha faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy etishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning ustunlik qilishi budjet mablagʻlaridan nooqilona foydalanishning sabablaridan biridir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli eʼtibor qaratilmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega boʻlgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur holatlar innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida davlat boshqaruvining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari koʻrsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targʻib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yoʻnaltirilgan tuzilmalarni, xususan chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qoʻllash orqali faol joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, oʻz vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va sogʻlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sohaga innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga koʻmaklashuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya faoliyati sohasida ilgʻor xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma obyektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan oʻzaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targʻib qilish va ulardan amaliy foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez oʻzgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi ekologik toza texnologiyalarni qoʻllagan holda unumdorlikni oshirishni nazarda tutadigan “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarining prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistik xablar faoliyati samaradorligining oʻsishiga faol koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy, soliq-budjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga taʼsirini baholash bilan oʻzaro bogʻliqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish koʻlamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qishloq xoʻjaligiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng avvalo, mavjud er, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sektorda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy koʻrsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida taʼminlash orqali savdo bozorlarini va ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni kengaytirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ijtimoiy rivojlanishga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan oʻqitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targʻib qilishga koʻmaklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion oʻquv dasturlarini ishlab chiqishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash tizimini, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr koʻrishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” konsepsiyalarini joriy etishni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydigan madaniy, sport va boshqa obyektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilgʻor standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil rivojlanishini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni, suv obyektlariga tashlanadigan oqova suvlarni kamaytirishga, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarning, jumladan muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor, ekologik toza avtotransport yoqilgʻisini ishlab chiqarish texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda qoʻllanishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan suvni tozalash, chuchuklashtirish, oqova suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy va sanoat chiqindilarini qayta ishlash, shu jumladan energiya va biooʻgʻitlarni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ilgʻor texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va ragʻbatlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion tadqiqotlar, gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ragʻbatlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik gʻoyalarini, shu jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish, koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro manfaatli yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yoʻnaltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish boʻyicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etish, shuningdek, IT-infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va yuqori texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yoʻnaltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlarning holatini oʻrganadi, innovatsiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2018-yil 1-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu bandda koʻrsatilgan tugatilayotgan idora va muassasalarning boʻshayotgan shtat birliklari Vazirlikka oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tugatilayotgan idora va muassasalarning xodimlarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Fanlar akademiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tanqidiy oʻrganishni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati, uning natijalarini amaliyotga joriy etish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnoparklarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining vazifa va funksiyalarini ular faoliyatida bir-birini takrorlashning oldini olish maqsadida tashkiliy-shtat tuzilmalari va vakolatlarini optimallashtirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish boʻyicha tanqidiy oʻrganishni va takliflar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonning 6-bandida koʻrsatilgan idoralar va muassasalar tugatilishi bilan bogʻliq tadbirlarni tashkillashtirish, shuningdek, Vazirlikni joylashtirish, shu jumladan tugatilayotgan idoralar va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini oʻtkazish orqali uning moddiy-texnika bazasini tashkil etish, ishni samarali tashkil qilish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan jihozlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini Jamgʻarma hisobiga oʻtkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikni yuqori malakali kadrlar bilan, shu jumladan tugatilayotgan idoralar va muassasalarning xodimlari hisobidan toʻldirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllarini, shuningdek, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ham belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Fan toʻgʻrisida”gi qonunlari loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash, olim va mutaxassislarning xorijda amaliyot oʻtashini tashkil etish uchun kredit va grantlarni jalb qilish boʻyicha xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ishlarni olib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5264-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5264/0339-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)