Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 24.11.2017 yildagi 941-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.11.2017 yildagi 941-son
Date of entry into force
25.11.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 2-sonli “Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 8-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zstandart” agentligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan vakolatli organlar bilan birgalikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov va “Sanoatgeokontexnazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.V. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
941-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/941/0322-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)