ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Summa |
Moliyalash-tirish manbai |
Masʼul bajaruvchilar |
Amalga oshirish mexanizmi |
|
I. Respublika neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||||
|
1 |
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatish tizimida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning turli darajalarida barcha tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash.. |
2018-yil I chorak |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. Sogʻliqni saqlash vazirligining neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning barcha bosqichlarida aholiga bunday yordam koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi buyrugʻi. |
|
2 |
Neyroxirurgiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning standartlarini tasdiqlash. |
2018-yil II chorak |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Sogʻliqni saqlash vazirligining neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi, shuningdek, neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun klinik protokollar. Aholiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash. |
|
3 |
Neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning yangi zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etishni hisobga olgan holda neyroxirurgiya xizmati tibbiyot tashkilotlari uchun yangi shtat normativlarini tasdiqlash. |
2018-yil II chorak |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, |
Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va shu jumladan, yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etishni hisobga olgan holda yangi shtat normativlarini tasdiqlash. |
|
4 |
Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan va ularning asoratini boshdan kechirayotgan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish. |
2018-2019 |
|
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-tirish vazirligi |
Davolash va dinamik kuzatishga ehtiyoj sezuvchi aniqlangan neyroxirurgik patologiyali bemorlarning yagona elektron bazasini ishlab chiqish. |
|
II. Neyroxirurgiya xizmati davlat tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||||
|
5 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosining qurilishi bitkazilmagan blokini rekonstruksiya qilish, keyinchalik unda poliklinika-diagnostika boʻlimini joylashtirish. |
2017-2018 2017-yil 2018-yil |
5,2 mlrd soʻm shu jumladan: 3,0 mlrd soʻm 2,2 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi |
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash va yangilash. Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish shart-shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish. |
|
6 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bugʻ qozonini qurish, unda yangi isitish uskunasini oʻrnatish. |
2018-yil |
2,0 mlrd soʻm |
Jamgʻarma mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Isitish uskunasini xarid qilish va oʻrnatish. Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish. |
|
7 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalarini va koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining neyroxirurgiya boʻlimlarini, shu jumladan, bolalar boʻlimlarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash. |
2019 — 2022-yillar 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil |
28,0 mln shu jumladan: 3,0 mln 5,0 mln 10,0 mln 10,0 mln |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalaridan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati va hajmlarini oshirish. |
|
8 |
Aholiga neyroxirugiya yordami koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlarini neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni operatsiya qilish va davolashda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
15 mln |
Jamgʻarma mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
Sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga neyroxirugiya yordami koʻrsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari orasida tibbiy buyumlarni taqsimlash boʻyicha buyrugʻi. Tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojni 11 foizdan 90 foizgacha koʻpaytirish. Davolashning barcha bosqichlarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash samaradorligi va sifatini oshirish. Bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash va uzoq umr koʻrishishiga erishish. |
|
III. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari bilan keng hamkorlik qilish | ||||||
|
9 |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida neyroxirurgiya va neyroxirurglar uchun malaka oshirish kurslari boʻyicha klinik ordinatura tashkil etish yoʻli bilan neyroxirurgiya xizmatining kadrlar salohiyatini (har yili 114 nafar vrach) yanada mustahkamlash, shuningdek, xirurg ixtisosligidagi vrachlarni neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash. |
2017 — 2021-yillar |
526,7 |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Neyroxirurglarning malakasini oshirish va xirurg ixtisosligi vrachlarini neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. Neyroxirurgiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturaning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
|
10 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda ular filiallari vrachlarining xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “neyroxirurgiya” va “intervension neyroradiologiya” mutaxassisliklari boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli malaka oshirish kurslaridan oʻtishi. |
2017 — 2021-yillar |
80,0 ming |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Yetakchi xorijiy klinikalar va markazlar bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlar boʻyicha mutaxassislarni ularga yuborish. Neyroxirurgiya xizmatini tashkil etish, neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish masalalarida xalqaro tajribani oʻrganish. |
|
11 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (har yili 40 nafar tibbiyot hamshirasi, neyroxirurgiya boʻlimlarining 5 nafar laboranti) va respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi negizida har yili neyroxirurgiya boʻlimlari tibbiyot hamshiralari va laborantlarining malakasini oshirish. |
2017 — 2021-yillar |
160,9mln soʻm |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasin oshirish markazi. |
Taʼlimning modul tamoyiliga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. Neyroxirurgiya boʻlimlari uchun yuqori malakali tibbiyot hamshiralari va laborantlar tayyorlash. |
|
12 |
Aholiga amaliy tibbiy yordam koʻrsatgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining respublika mintaqalarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish boʻyicha neyroxirurg vrachlar uchun mahorat darslarini tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
|
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Mahorat darslari dasturlarini ishlab chiqish va yangilarini tasdiqlash. Mintaqaviy darajada neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha neyroxirurg vrachlarning bilimlarini va malakasini hamda amaliy koʻnikmalarini oshirish. |
|
13 |
Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash yoʻli bilan ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy neyroxirurgiya amaliyotiga joriy etish. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi neyroxirurgiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida neyroxirurgiya boʻyicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish. |
2017 —2021-yillar |
|
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Oʻzbekiston neyroxirurg vrachlar assotsiatsiyasi |
Yetakchi xorijiy institutlar va klinikalar bilan shartnomalar tuzish. Jahon tajribasidan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. |
|
IV. Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sifatini oshirish | ||||||
|
14 |
Rejali neyroxirurgiya yordami koʻrsatishning 3-darajali tizimini tashkil etish, operatsiya qilishning murakkabligiga qarab mijozlarni ushbu darajalar oʻrtasida qayta taqsimlash. |
2017 — 2021-yillar |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanish va malakali neyroxirurgiya yordami olishning barcha bosqichlarida aholining ulardan foydalanishini yaxshilash imkonini beruvchi darajali tizimni joriy etish. |
|
15 |
Respublikaning davlat tibbiyot tashkilotlarida neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash skriningini joriy etish. |
2019 —2021-yillar |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Skrining tizimini optimallashtirish va neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini vrachlari uchun mavzuli seminarlar oʻtkazish. Yuqori malakali tibbiy yordam bergan holda kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida respublika aholisi orasida neyroxirurgik kasalliklarga chalinish xavfi boʻlgan guruhni aniqlash. |
|
16 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarining viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida neyroxirurgiya boʻlimlarini (15 oʻrinli) tashkil etish. |
2018 — 2021-yillar |
|
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari |
Bolalarning malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishini yaxshilash. |
|
17 |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida asab tizimining yurak-qon tomir patologiyasi boʻlimini tashkil etish yoʻli bilan insultlar profilaktikasi, barvaqt tashxis qoʻyish va davolashni takomillashtirish. |
2018-yil |
|
Bajaruvchining mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Bosh miya tomir patologiyasi bilan ogʻrigan mijozlar diagnostikasini optimallashtirish, davolashni yaxshilash. Aholiga neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish, mijozlar hayoti sifatini yaxshilash. |
|
18 |
Ambulatoriyada davolanadigan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarning vrach qabuliga yozilishining elektron tizimini yaratish. |
2018-2019-yillar |
|
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Bemorlarning vrach qabuliga yozilishining yagona elektron tizimini yaratish yoʻli bilan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarga maslahat berishni optimallashtirish. |
|
19 |
Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bosh miyaning tomir kasalliklariga chalingan bemorlarni davolashning endovaskulyar usullarini joriy etish. |
2019 — 2021-yillar |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Bosh miya tomir patologiyasi bilan ogʻrigan mijozlar diagnostikasini, davolashni optimallashtirishni yaxshilash. |
|
20 |
Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasida tumanlararo neyroxirurgiya boʻlimini tashkil etish. |
2018-yil |
|
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliyavazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
Respublikaning chekka tumanlarida malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishni oshirish. |
|
Kompleks chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirishga jami sarf-xarajatlar: 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari |
||||
|
ulardan: |
mlrd soʻm |
mln AQSh dollari | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
– |
0,69 |
– |
0,08 |
|
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari |
– |
7,19 |
– |
15,00 |
|
xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlari |
– |
– |
28,00 | |