08.05.2001 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.05.2001 yildagi 207-son
Date of entry into force
08.05.2001
Hujjat 08.05.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining va ular xodimlarining faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini va ularning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi va 1995-yil noyabrdagi 436-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 8-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 8-maydagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1 Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi (elchixonasi va missiya) ga (keyingi oʻrinlarda “diplomatik vakolatxona” deb ataladi), xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi (bosh konsulligi, vitse-konsulligi yoki konsullik agentligi) ga (keyingi oʻrinlarda “konsullik muassasasi” deb ataladi) xorijiy davlatning organlari sifatida, diplomatik vakolatxonalar xodimlarga va konsullik muassasalari xodimlariga ularning funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladi, ular diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasiga hamda konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasiga, xalqaro urf-odatlarga, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladigan diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va qoidalarini, uning xalqi madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini hurmat qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Nizomdagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Nizomda nazarda tutilgan qoidalar oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda, alohida xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, shuningdek ularning xodimlariga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Ushbu Nizom maqsadlari uchun foydalaniladigan atamalar ularning diplomatik vakolatxonalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi va konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi bilan belgilanadigan maʼnolariga muvofiq ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Diplomatik vakolatxonalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.Diplomatik vakolatxonalar respublika davlat organlari va muassasalari bilan rasmiy munosabatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali oʻrnatadilar va amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Diplomatik vakolatxonaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) elchilar, nunsiylar, vakillar, internunsiylar darajasidagi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ishonchli vakillar darajasidagi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qaysi klassga mansubligi tegishli davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Diplomatik vakolatxona boshligʻi yoki diplomatik personalning istalgan aʼzosi akkreditatsiya qilinuvchi davlat tomonidan bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatini oldindan xabardor qilgan holda boshqa davlatda yoki davlatlarda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4.Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) diplomatik vakolatxona xodimlarining tayinlanganligi, ularning kelishi va ketishi yoki ularning diplomatik vakolatxonadagi faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) diplomatik vakolatxona xodimi oilasiga mansub shaxsning kelishi va uzil-kesil ketishi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) diplomatik vakolatxona xodimlari uy xizmatchilarning kelishi va uzil-kesil ketishi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekistonda yashovchi shaxslar diplomatik vakolatxona xodimlari yoki imtiyozlarga va daxlsizlik huquqlariga ega boʻlgan uy xizmatchilari sifatida yollanganligi va ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish niyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) vakolatxona diplomatik xodimlarining yashash joyi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Akkreditatsiya qilinuvchi davlat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati roziligisiz respublikaning boshqa aholi punktlarida diplomatik vakolatxonaning tarkibiy qismi boʻlgan kanselyariya taʼsis etishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmati diplomatik vakolatxonaga va uning xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida zarur koʻchmas mulkni sotib olishda va ijaraga olishda koʻmaklashadi, shuningdek xususiy shaxslardan binolarni ijaraga olishda vositachilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Diplomatik vakolatxonaga, diplomatik personal boshliqlari va aʼzolariga beriladigan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binosi, shuningdek diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylari daxlsiz hisoblanadi. Diplomatik vakolatxonani va xususiy qarorgohni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga, binoan shartnoma asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ichki ishlar organlariga qoʻriqlashga ishonib topshirilayotgan diplomatik vakolatxonalar va qarorgohlarning texnik mustahkamligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxona, uning faoliyati diplomatik vakolatxonaning mutlaqo ichki ishlari bilan bogʻliq boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boʻlgan taqdirda, ichki qoʻriqlashni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binolariga, shuningdek diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylariga faqat tegishli xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi boshligʻining roziligi mavjud boʻlgandagina kirish mumkin. Ushbu binolar va ulardagi anjomlar, shuningdek diplomatik vakolatxonaga tegishli harakatlanish vositalari tintish, musodara qilish, rekvizitsiya, hisobga olish va boshqa majburiy xatti-harakatlardan daxlsizdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur binolar va harakatlanish vositalaridan diplomatik vakolatxona funksiyalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxona boshligʻi diplomatik vakolatxonalar, shu jumladan diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qarorgohlari binolariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrogʻini va Davlat gerbini oʻrnatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Diplomatik vakolatxona oʻz hukumati bilan, oʻz davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek oʻz davlatining uchinchi davlatlardagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan odatdagi aloqa vositalari, kodlashtirilgan va shifrlangan xabarlar, shuningdek diplomatik pochta (keyingi oʻrinlarda dippochta deb ataladi) vositasida toʻsiqsiz aloqa bogʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonalar simsiz xabar uzatgichlar oʻrnatishi va ulardan faqat Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari ruxsati bilangina foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Diplomatik vakolatxonaning arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari istalgan vaqtda, ular joylashgan joydan qatʼi nazar, daxlsizdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Diplomatik pochtani ochish va ushlab qolish mumkin emas. Diplomatik pochtani tashkil etuvchi barcha oʻrinlarda ularning xarakterini koʻrsatib turuvchi tashqi belgilar boʻlishi kerak va ularda faqat rasmiy ravishda foydalanish uchun moʻljallangan diplomatik hujjatlar va buyumlar boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Maqomi va diplomatik pochtadagi oʻrinlar soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlangan diplomatik kuryer (keyingi oʻrinlarda diplomatik kuryer deb ataladi) oʻz vazifalarini bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi himoyasidan foydalanadi. U shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va biror-bir shaklda hibsga olinmaydi yoki ushlab qolinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyatining vakolatli organlari diplomatik kuryerlarga xizmat vazifalarini bajarishda mumkin boʻlgan darajada koʻmaklashadi va ularni himoya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. 3.6.-band qoidalari diplomatik pochtani bir marta tashish uchun tayinlangan vaqtinchalik kuryerlarga (ad hoc diplomatik kuryerlarga) nisbatan ham qoʻllanadi, ulardagi eslatib oʻtilgan daxlsizlik huquqlari bunday kuryer tomonidan unga yuklangan diplomatik pochta belgilangan joyga yetkazib berilgan vaqtda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik pochta xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida, kuryer kuzatuvchisiz, odatdagi aloqa kanali boʻyicha joʻnatilishi yoki fuqaro samolyotining diplomatik kuryer hisoblanmaydigan komandiriga ishonib topshirilishi mumkin. Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq maxsus ruxsatnoma asosida oʻz xodimini diplomatik pochtani bevosita samolyot komandiridan qabul qilib olish uchun yuborish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Oʻzining rasmiy vazifalarini bajarayotganda diplomatik vakolatxona tomonidan undiriladigan haq va yigʻimlar barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Diplomatik vakolatxonalar boshliqlari xususiy yoki ijaraga olingan diplomatik vakolatxona binolariga nisbatan barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadilar, xizmat koʻrsatishning muayyan turlari, shu jumladan binoni ijaraga olish uchun toʻlovdan iborat soliqlar, yigʻimlar va bojlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) odatda tovarlar yoki xizmatlar koʻrsatish narxiga qoʻshiladigan soliqlar ( qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, bojxona bojlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar mulkidan yigʻimlar va soliqlar, agar u mulkka akkreditatsiya qilinuvchi davlat nomidan vakolatxona maqsadlari uchun egalik qilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) merosdan davlat bojlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) manbai Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan daromaddan yigʻimlar va soliqlar, Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat korxonalariga kapital qoʻyilmalardan soliqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) xizmatlar koʻrsatishning muayyan turlaridan undiriladigan yigʻimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, sud va reyestr bojlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Diplomatik vakolatxona rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni, diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari esa—ularning shaxsan foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlarni, shu jumladan dastlabki joylashib olish uchun zarur boʻlgan tovarlarni olib kirishi va olib chiqib ketishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxonaning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek diplomatik vakolatxona boshligʻining va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar, buyumlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etilgan taqdirda, barcha bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi, buyumlarni saqlash, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona rasmiylashtirishi uchun toʻlovlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.12. Diplomatik vakolatxona boshligʻining va diplomatik personal aʼzolarining shaxsiy bagaji koʻrikdan oʻtkazishdan ozod qilinadi, bagajda olib kirilishi va olib chiqib ketilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan tovarlar borligiga asoslar boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday koʻrikdan oʻtkazish faqat bagaj egalarining yoki ularning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.13. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar hamda tintuv qilinishi yoki hibsga olinishi, yoki biror-bir shaklda ushlab turilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.14. Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining oʻz chegaralari doirasida erkin yurishini taʼminlaydi, maxsus ruxsatnoma asosida kiritiladigan zonalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.15. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar, biroq ushbu shaxslar bunga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning aniq ifodalangan roziligi boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga tegishli boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqi diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari fuqarolik-huquqiy munosabatlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularga tegishli koʻchmas mulk, meros toʻgʻrisidagi daʼvo munosabati bilan, shuningdek ular tomonidan xizmat vazifalaridan tashqarida amalga oshiriladigan kasbiy yoki tijorat faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar munosabati bilan xususiy shaxs sifatida kiradigan holatlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxona aʼzolari guvohlar sifatida koʻrsatma berishga majbur emas, bunday koʻrsatmalar berishga rozi boʻlishganda esa ular buning uchun sud yoki tergov organlariga kelishga majbur emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.16. Ushbu Nizomning 3.8, 3.9, 3.11, 3.12 va 3.13-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar diplomatik vakolatxona boshligʻi, diplomatik personal aʼzolarining ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolariga, agar oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa, tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.17. Diplomatik vakolatxonaning maʼmuriy-texnik personali aʼzolari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa yoki Oʻzbekistonda doimiy yashamasa, 3.1, 3.8, 3.9, 3.10, 3.11-bandlarda (3.11-bandda koʻrsatilgan imtiyozlarning dastlabki joylashib olish uchun moʻljallangan tovarlarga nisbatan qoʻllanishini istisno qilgan holda), 3.13 va 3.15-bandlarda (Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqining faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan maʼmuriy-texnik personal xodimlari tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlargagina tatbiq qilinishi istisno qilgan xolda) nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat koʻrsatuvchi personalning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan aʼzolari ular tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan sodir etilgan xatti-harakatlarga nisbatan daxlsizlik huquqidan foydalanadilar hamda oʻz xizmati boʻyicha olishadigan ish haqi yuzasidan soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadilar. Bunday shaxslarga, shuningdek, har bir xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda bojxona imtiyozlari ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.18. Xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtadigan uchinchi davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻi, diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning oʻtishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar. Ushbu qoida ularning imtiyozlar va daxlsizlik huquqidan foydalanishadigan oila aʼzolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi yoki ularga qoʻshilish yoki oʻz davlatiga qaytish uchun alohida joʻnaydigan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.19. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtayotgan diplomatik kuryerlarga ham Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan diplomatik kuryerlarga kabi daxlsizlik huquqi beriladi va himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Konsullik muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Konsullik muassasasi oʻz funksiyalarini konsullik okrugi doirasida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasining joylashgan joyi, klassi va uning konsullik okrugi chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlat oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Xorijiy davlat tomonidan tayinlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan bosh konsul, vitse-konsul va konsullik agenti konsullik muassasasining boshligʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Konsullik muassasasi boshligʻi unga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik ekzekvaturasi berilgandan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Konsul lavozimidagi shaxs alohida holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining roziligi bilan oʻz funksiyalarini oʻz konsullik okrugi tashqarisida bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Konsullik muassasasi binolari daxlsiz hisoblanadi. Ushbu binolarga faqat tegishli xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasi boshligʻining yoki diplomatik vakolatxonasi boshligʻining roziligi bilangina kirish mumkin. Shu bilan birga, yongʻin yoki zudlik bilan himoya choralarini talab qiladigan boshqa tabiiy ofatlar roʻy berganda konsullik muassasasi boshligʻining roziligi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasi binolarining daxlsizligi ulardan konsullik vakolatxonasi funksiyalariga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Konsullik muassasasi binosiga, shuningdek konsullik muassasasi boshligʻi qarorgohiga va bu xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlganda konsullik muassasasi boshligʻi yuradigan transport vositalariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrogʻi osib qoʻyilishi va Davlat gerbi oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.7. Ushbu Nizomning 2.5, 2.6, 3.1-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik muassasasiga nisbatan ham qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.8. Konsullik muassasasining arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari, ularning joylashgan oʻrnidan qatʼi nazar, har qanday vaqtda daxlsiz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.9. Konsullik muassasasi oʻz hukumati bilan, oʻz davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bilan, shuningdek oʻz davlatining uchinchi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan ushbu Nizomning 3.3-bandida nazarda tutilgan tartibda aloqa bogʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.10. Ushbu Nizomning diplomatik pochta va diplomatik kuryer toʻgʻrisidagi 3.5 va 3.6-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik valizasiga va konsullik kuryeriga nisbatan ham qoʻllanadi. Konsullik valizasida rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlardan tashqari boshqa narsalar bor deb hisoblash uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno boʻlishi mumkin. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakolatli organlar ishtirokida konsullik valizasini ochishni talab qilishga haqlidir. Bunday talabni bajarish rad etilgan taqdirda valiza joʻnatuvchiga qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Konsullikning mansabdor shaxslariga va konsullik muassasalarining boshqa xodimlariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Konsullikning mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va ushlab turilishi yoki hibsga olinishi mumkin emas, ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun taʼqib qilish yoki qonuniy kuchga kirgan sud hukmini (qarorini) bajarish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Konsullikning mansabdor shaxslari va konsullik xizmatchilari ular konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida sodir etadigan xatti-harakatlarga nisbatan fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sud yoki maʼmuriy organlari yurisdiksiyasiga kirmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur daxlsizlik huquqi konsullik mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan, ular uning boʻyicha oʻzi vakili boʻlgan davlatning yoxud uchinchi tomonning agenti sifatida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl-transport vositasi sababchi boʻlgan baxtsiz hodisa yetkazgan zarar uchun oʻz zimmasiga bevosita yoki bilvosita majburiyatlar olishmagan shartnomadan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Konsullik muassasasi xodimlari sud ishlarini yoki maʼmuriy ishlarni olib borish chogʻida guvohlar sifatida chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.1. Konsullik xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi personal koʻrsatma berishdan bosh tortishi mumkin emas, 5.3.3-kichik bandda qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.2. Konsullik mansabdor shaxsning koʻrsatmasini talab qiladigan organ ushbu shaxsning oʻz funksiyalarini bajarishiga xalal yetkazmasligi kerak. U, imkoni boʻlgan vaqtda, bunday koʻrsatmalarni mazkur shaxsning uyida yoki konsullik muassasasida eshitishi yoki undan yozma koʻrsatmalarni qabul qilib olishi mumkin. Agar konsullikning mansabdor shaxsi koʻrsatma berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majbur qilish yoki jazolash choralari koʻrilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3.3. Konsullik muassasasi xodimlari oʻz funksiyalarini bajarishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berishga yoki oʻzlarining funksiyalariga taalluqli rasmiy xat-xabarlarni taqdim etishga majbur emaslar. Ular, shuningdek, oʻzlari vakili boʻlgan davlat qonunchiligini izohlovchi koʻrsatmalar berishga majbur emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Konsullikning shtatdagi mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi xududida shaxsiy daromadlar olish maqsadida biror-bir kasb yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ushbu norma buzilgan taqdirda ularga nisbatan berilgan imtiyozlar va ushbu Nizomda ular uchun nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik muassasasi tegishli boʻlgan davlat konsullik muassasasi xodimining ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlari va daxlsizlik huquqlaridan voz kechishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Konsullik muassasasining mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishi, shuningdek konsullikning mansabdor shaxslariga bojxona imtiyozlari berish tartibi ushbu Nizomning 3.11-bandiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik xizmatchilariga va xizmat koʻrsatuvchi personal xodimlariga, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga bojxona imtiyozlari har qaysi xorijiy davlat bilan maxsus bitim asosida va ular bilan oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda tatbiq etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qoʻshimcha qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Ushbu Nizomda diplomatik personal aʼzolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalarda va yigʻilishlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan xorijiy davlatlarning vakillariga, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan oila aʼzolariga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Xuddi shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtuvchi xorijiy davlatlar vakillari, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolari, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan oila aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning oʻtishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga, ushbu tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlar vakolatxonalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanuvchi shaxslarga mansublik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlanadi, 3.18, 3.19 va 6.1-bandlarda koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Ushbu Nizom bilan qamrab olinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 8-maydagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini va ularning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida xalqaro huquq normalariga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq akkreditatsiya qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari har yili kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat protokoli boshqarmasiga vakolatxona xodimlarining lavozimlari, uy manzillari, xizmat va uy telefonlari raqamlari koʻrsatilgan roʻyxatini, vakolatxona tarkibi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi, xususan vakolatxona xodimlarining tayinlanishi, vakolatxona xodimlari va ular oila aʼzolarining kelishi, butunlay ketishi, funksiyalarining toʻxtatilganligi haqidagi axborotnomani yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur axborotnomada vakolatxonaning Oʻzbekiston Respublikasining yoki uchinchi davlatlarning fuqarolari hisoblanadigan xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda vakolatxonalar Davlat protokoli boshqarmasi tomonidan vakolatxona xodimining oila aʼzolari sifatida ilgari akkreditatsiya qilingan shaxslarning qarindoshligi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborotnomani yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalqaro huquq normalariga va milliy qonunchilikka, shuningdek, mazkur Tartibga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida quyidagilar yuridik shaxslar sifatida akkreditatsiya qilinadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) muruvvat yordami koʻrsatish, iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumat tasarrufida boʻlmagan xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xorijiy davlatlarning iqtisodiy va texnika hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha hukumat tashkilotlari vakolatxonalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan barcha vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining maxsus reyestriga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-bandda koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi –
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandda koʻrsatib oʻtilganlar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— konsullik munosabatlari oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xorijiy davlat Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida diplomatik vakolatxona ochish toʻgʻrisidagi notasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xorijiy davlat Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida konsullik vakolatxonasi ochish toʻgʻrisidagi notasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandda koʻrsatib oʻtilganlar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu tashkilotlar vakolatxonasini ochish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v”, “g” kichik bandlarda koʻrsatib oʻtilganlar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi bilan akkreditatsiya qilinayotgan tashkilotlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxona ochish moʻljallanayotganligi bayon qilingan bitim (agar shunday bitim boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, mazkur Tartibga 1-ilovaning 1-bandiga muvofiq hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha tashkilotlar uchun – mazkur Tartibga 1-ilovaning 2-bandiga muvofiq hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandning “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalar bir yil muddatga akkreditatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 3-bandning “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalarni qayta akkreditatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha tashkilotlarning vakolatxonalarini qayta akkreditatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mazkur Tartibga 1-ilovaning 3-bandiga muvofiq axborotnoma taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha tashkilotlarning vakolatxonalari qayta akkreditatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mazkur Tartibga 1-ilovaning 4-bandiga muvofiq axborotnoma taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 3-bandning “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha vakolatxonalar bilan ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksiga birgalikda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotnoma taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vakolatxona foydalanishida boʻlgan yoki akkreditatsiya kartochkalari egalarining shaxsiy mulki huquqidagi avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va avtomashinalar uchun nomerlar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilinayotgan tashkilot maqomiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Akkreditatsiya qilinadigan jismoniy shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida quyidagilar akkreditatsiya qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xorijiy diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining boshliqlari va xodimlari, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining harbiy attashelari, maʼmuriy-texnik hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, ularning qaramogʻida boʻlgan* oila aʼzolari, shuningdek uy xizmatchilari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmasalar yoki bu yerda doimiy yashamasalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*“qaramogʻida boʻlgan shaxslar” toifasiga er-xotin, 18 yoshga toʻlmagan yoki muomalaga layoqatsiz bolalar, ular bilan birga yashovchi ota-onalar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro hukumatlararo vakolatxonalarining boshliqlari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan texnik va muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha xalqaro va hukumat tasarrufida boʻlmagan xorijiy tashkilotlarning boshliqlari va doimiy xodimlari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan iqtisodiy, texnik hamkorlik va muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Akkreditatsiya kartochkalarining toifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 8-bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ularning lavozimiga koʻra akkreditatsiya kartochkalari beradi va kartochka egasining pasportiga uning akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.Akkreditatsiya kartochkalari 5 (besh) toifaga boʻlinadi: “A”, “V”, “S”, “D”, “E”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) “A” toifasidagi yashil rangli akkreditatsiya kartochkalari diplomatik pasporti mavjud yoki pasportida yozuv boʻlgan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassalari boshliqlariga va ularning oila aʼzolariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) “V” toifasidagi qizil rangli akkreditatsiya kartochkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari boshliqlariga va ularning oila aʼzolariga, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasalar, beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) “S” toifasidagi toʻq sariq rangli akkreditatsiya kartochkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik personal aʼzolariga, faxriy konsullarga, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila aʼzolariga, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasalar, beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) “D” toifasidagi koʻk rangli akkreditatsiya kartochkalari diplomatik pasporti boʻlgan yoki pasportda egasining diplomatik maqomini tasdiqlovchi yozuv boʻlgan diplomatik vakolatxonalarning diplomatik xodimlariga, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) “E” toifasidagi havorang akkreditatsiya kartochkalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— muruvvat yordami koʻrsatish, iqtisodiy va texnik hamkorlik xalqaro va hukumat tasarrufida boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarning boshliqlariga va doimiy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlarining xizmat koʻrsatuvchi personal xodimlariga, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasalar, beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan muruvvat yordami koʻrsatish, iqtisodiy va texnik hamkorlik xalqaro va hukumat tasarrufida boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining vaqtinchalik xodimlari va ularning oila aʼzolari, diplomatik, konsullik muassasalari uy xizmatchilari boʻlgan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari bermasdan ularning pasportlariga akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Akkreditatsiya kartochkalarini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya kartochkalari berishning quyidagi tartibini belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxona, konsullik muassasasi hamda xalqaro va xorijiy tashkilot vakolatxonasi oʻz xodimini akkreditatsiya qilish va akkreditatsiya kartochkalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ogʻzaki nota yoki pasportning ikki nusxasi, kirish vizasining ikki nusxasi, 4 ta fotosurat (3x4 sm oʻlchamli), tegishli toifalarning 1-shakl boʻyicha toʻldirilgan ikkita akkreditatsiya qilish blankasi va 2-shakl boʻyicha toʻldirilgan bitta blanka ilova qilingan xat yuboradi (2 va 3-ilovalar*);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-3-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va akkreditatsiya hujjatlarini berish arizachi tomonidan zarur hujjatlar topshirilgan kundan boshlab, D (diplomatik) va S (xizmat) toifali kirish vizalari boʻlganda, oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi oʻz xodimlarining xizmat mavqeyi oʻzgargan taqdirda uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xodimning yangi diplomatik mavqeyi va lavozimi koʻrsatilgan diplomatik pasportning nusxasini, 1-shakl boʻyicha toʻldirilgan ikkita akkreditatsiya blankasini, 2-shakl boʻyicha toʻldirilgan bitta blankani va ilgari berilgan akkreditatsiya kartochkasini ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur Tartibning 8-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni qisqa va uzoq muddatga akkreditatsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qisqa muddatli akkreditatsiya olti oygacha muddatga qilinadi, bunda akkreditatsiya kartochkasi berilmaydi, pasportga akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Uzoq muddatli akkreditatsiya olti oydan ortiq muddatga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari boshliqlariga uzoq muddatli akkreditatsiya uch yilgacha muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diplomatik vakolatxonalarning diplomatik xodimlariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga uzoq muddatli akkreditatsiya ikki yilgacha muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlariga, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari xodimlariga, xalqaro va hukumat tasarrufida boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlariga, iqtisodiy, texnik hamkorlik va muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va xodimlariga uzoq muddatli akkreditatsiya bir yilgacha muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Akkreditatsiya kartochkasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bu haqda tegishli nota bilan xabardor qilinadi. Notaga yoʻqolgan akkreditatsiya kartochkasi egasining ikkita fotosurati, topilmalar stolidan olingan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya kartochkasining dublikati oʻn ish kuni mobaynida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Imtiyoz va daxlsizlik huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va xorijiy davlatlar konsullik muassasalarining boshliqlari va xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari diplomatik munosabatlar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasida, konsullik munosabatlari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasida, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari 1947-yil 21-noyabrdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarning imtiyozlari va daxlsizlik huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada nazarda tutilgan, agar mazkur Konvensiyaning amal qilishi ularga joriy etilsa, imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar oʻrtasidagi shartnomalarda belgilangan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan iqtisodiy, texnik hamkorlik va muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha xalqaro va hukumat tasarrufida boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining boshliqlari va doimiy vakillari, shuningdek ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi bilan hukumat tasarrufida boʻlmagan xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan iqtisodiy, texnik hamkorlik va muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari oʻrtasidagi shartnomalarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. 18-21-bandlarda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va ularning oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasalar va uning hududida doimiy yashamasalar, imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Akkreditatsiya kartochkalari egalarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan vakolatxona xodimi butunlay joʻnab ketayotgan xodimning oʻzining, shuningdek uning oila aʼzolarining akkreditatsiya kartochkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga majburiy tartibda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya kartochkalari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Akkreditatsiya kartochkasining egasi, boʻlishi maqomidan qatʼi nazar, quyidagilar majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— oʻzining imtiyozlari va daxlsizlik huquqlariga ziyon yetkazmagan holda boʻlib turgan davlatning qonunlari va qoidalarini hurmat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— vakolatxona binosidan va qarorgohdan, avtotransportdan faqat vakolatxona funksiyalariga muvofiq maqsadlarda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, anʼanalari va turmushini hurmat qilish va yoki bu millatga yoki eʼtiqodga nisbatan xayrixoh boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. 8-bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtinchalik safarlarga chiqishlari ularning haqiqiy pasportlari va Oʻzbekiston Respublikasi vizalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 8-bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida va akkreditatsiya muddatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilish tartibiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Akkreditatsiya qilish tartibi 3-bandining “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan muruvvat yordami koʻrsatish tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) (legalizatsiya qilingan) tashkilot Ustavi yoki Nizomning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) akkreditatsiya qilinadigan tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tavsiya qilinayotgan va Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar va dasturlar, shu jumladan, muruvvat yordamining moʻljallanayotgan miqdorlari toʻgʻrisidagi oʻzbek yoki rus tilida yozilgan axborotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Akkreditatsiya qilish tartibi 3-bandining “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiy va texnik hamkorlik tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga quyidagilar nusxasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) (legalizatsiya qilingan) tashkilot Ustavi yoki Nizomning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) akkreditatsiya qilinadigan tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish tavsiya qilinayotgan loyihalar va dasturlar toʻgʻrisida oʻzbek yoki rus tilida yozilgan axborotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tashkilot oʻz faoliyatini ular orqali amalga oshiradigan vazirliklar va idoralar nomidan yozilgan tavsiyanoma xatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akkreditatsiya qilish tartibi 3-bandining “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar vakolatxonalarini qayta akkreditatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) akkreditatsiya qilinadigan tashkilotning qayta akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining qayta akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) vakolatxonaning amalga oshiriladigan faoliyati toʻgʻrisida oʻzbek yoki rus tilida yozilgan axborotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) vakolatxona xodimlarining yangilangan roʻyxati va vakolatxonaning yuridik manzili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-bandning “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha tashkilotlar vakolatxonalarini qayta akkreditatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) akkreditatsiya qilinadigan tashkilotning qayta akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vakolatxonaning amalga oshiriladigan faoliyati toʻgʻrisida oʻzbek yoki rus tilida yozilgan axborotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) vakolatxona xodimlarining yangilangan roʻyxati va vakolatxonaning yuridik manzili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tashkilot oʻz faoliyatini ular orqali amalga oshiradigan vazirliklar va idoralar nomidan yozilgan tavsiyanoma xatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 47-modda; 2002-y., 14-son, 112-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son; 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)