Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2019 13.07.2004 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.07.2004 yildagi 328-son
Date of entry into force
13.07.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI O‘ZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda neft mahsulotlari va gazni qazib olish, ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanishda belgilangan tartibga va texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;

energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish;

neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati va hududiy bo‘limlari tuzilmasi 1—3-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zdavneftgazinspeksiya” markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 37 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 8 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘iga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida “O‘zdavneftgazinspeksiya” markaziy apparati va uning hududiy bo‘limlari tuzilmasiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning tegishli qismi;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 8-iyundagi 220-son qarorining 2—6-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 29-modda), Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 133-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 3-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-iyuldagi 328-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-iyuldagi 328-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-iyuldagi 328-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy bo‘limining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-iyuldagi 328-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zdavneftgazinspeksiya” deb ataladi) neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensati qazib olish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zdavneftgazinspeksiya” tizimiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlar, shuningdek Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini “O‘zdavneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi hamda bevosita “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga bo‘ysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning tegishli qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zdavneftgazinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gaz sotish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini, ularning sotilishini, sifat va miqdor jihatidan saqlanishini, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, gaz iste’molchilari (aholidan tashqari) o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olgan gazdan foydalanish qurilmalarini aniqlash yuzasidan gaz sotuvchi tashkilotlar va gaz uzatish tashkilotlari ishlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning yonilg‘i iste’mol qiluvchi qurilmalarida ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini bajarish sifatini belgilangan tartibda tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejovchi davlat dasturlarini, neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha loyihalar va tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularga rozilik beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar va qoidalar yuzasidan ekspert xulosalar beradi hamda ularni kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral gaz, neft va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ta’mirlash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish shoxobchalari orqali sotish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha hududiy komissiyalar ishchi organi funksiyalarini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz tarmog‘i texnologik obyektlarining ishdan chiqish sabablarini tekshirish komissiyalarining ishida, ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar ishdan chiqishining oldini olish va ularning ishonchliligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya komissiyalari hamda neft-gaz texnologik obyektlarini, neft bazalarini, AYQSh, AKGTSh va AGQShlarni loyihalash, montaj qilish, sozlash va foydalanishga topshirishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar muhandis-texnik xodimlarining normalar va qoidalarga doir bilimlarini tekshirish komissiyalari ishida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilda 100 000 va undan ortiq kubometr tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi korxonalar va neft-gaz texnologik obyektlari (qurilmalari)ga asbob-uskunalarni kompleks sinab ko‘rish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan vosita sifatida qo‘llanganda texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosa beradi;
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan neft-gaz texnologik obyektlari, neft va gaz quduqlari, neft bazalari, avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari va avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi va ularni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha yuridik shaxslar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini, ularning sotilishini, sifat va miqdor jihatidan saqlanishini, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar davomida tekshirilayotgan obyektlarda aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turg‘un va ko‘chma laboratoriyalarda neft mahsulotlari namunalari sifatini mustaqil ravishda tekshirish va tegishli xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish, hisobga olish, shuningdek neft omborxonasi uskunalarining texnik va metrologik holati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish hollari aniqlanganda neft mahsulotlarini sotishni belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik obyektlar qurilishini va ulardan foydalanishni, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning amaldagi normalari va qoidalari buzilgan hollarda va bu buzilishlar ularning ishonchliligi pasayishiga olib kelsa, shuningdek qurilish buyurtmachining malakali texnika nazorati va mualliflik nazorati bilan ta’minlamaganda, to‘xtatib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan obyektlarda, me’yoriy-texnik hujjatlarning ushbu obyektlarning ishonchliligini va neft hamda gazdan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli talablariga mos kelmaydigan apparaturalar, asbob-uskunalar, materiallar va buyumlarni, shuningdek texnologiyalarni qo‘llashni taqiqlash. Ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishning amaldagi normalari va qoidalaridan asosli chetga chiqishlarni, agar ushbu o‘zgartirishlar mazkur obyektlardan foydalanishning ishonchliligini pasaytirishga olib kelmasa, rozilik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz sotuvchi, gaz uzatuvchi tashkilotlarga quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir yilda 100 000 va undan ortiq kubometr tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi korxonalar va neft-gaz texnologik obyektlari (qurilmalari)ga asbob-uskunalarni kompleks sinab ko‘rish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan vosita sifatida qo‘llanganda texnologiyalar va asbob uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning xulosasisiz gazni berish;
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) gaz sarfini hisobga olish priborlari bo‘lmagan gazdan foydalanish qurilmalaridan foydalanilganda yoxud gazdan foydalanuvchi qurilmalarda loyihada nazarda tutilgan gaz yonishi jarayonlarini avtomatik boshqarish vositalari yoki issiqlik-texnika nazorati yoki gazdan samarali foydalanishni ta’minlovchi issiqlikdan qayta foydalanish asbob-uskunalari bo‘lmaganda (buzilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) gazdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini o‘tkazish muddatlari buzilganda gazdan foydalanuvchi qurilmalarga gaz berishni to‘xtatish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda buzilishlar uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ularning qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlari doirasida iqtisodiy jazolar qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va korxonalardan zarur ma’lumotlar va materiallar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining “O‘zdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish, ularni sotish, shuningdek neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlarini (qurilmalarini) montaj qilish va ularni ishlatish bo‘yicha zarur normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-metodik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun mustaqil ekspertlarni hamda ilmiy-tadqiqot, auditorlik, maslahat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning qarorlari, shuningdek “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya”, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “O‘zdavneftgazinspeksiya” o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” va uning hududiy bo‘limlari mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliqning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, boshliq o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi vaziri o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “O‘zdavneftgazinspeksiya” xodimlari maqomiga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavneftgazinspeksiya” xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari esa Bosh davlat inspektori o‘rinbosarlari hisoblanadi. Bosh texnologlar va bosh mutaxassislar katta davlat inspektorlari hisoblanadilar. Muhandislar davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “O‘zdavneftgazinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 322-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)