Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.07.2004 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 07.07.2004 yildagi 320-son
Date of entry into force
07.07.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004 YILGI XXVIII YoZGI OLIMPIADA OʻYINLARI SOVRINDORLARI BOʻLGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORChILARIGA BIR MARTALIK MUKOFOTLARNI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sporchilarining Afina shahri (Gretsiya)da oʻtkaziladigan 2004-yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 261-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2004-yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sporchilariga bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan respublika sportchilariga belgilangan bir martalik pul mukofotlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qatʼiy muvofiq ravishda hisoblash va toʻlashni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan sportchilarga jismoniy shaxslar uchun depozit valyuta hisob raqamlari ochsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 7-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-iyuldagi 320-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sporchilariga bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sporchilarining Afina shahri (Gretsiya)da oʻtkaziladigan 2004-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 261-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallari olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oltin, kumush va bronza medallari olgan respublika sportchilari quyidagi miqdorlardagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin medal — 100 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kumush medal — 50 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bronza medal — 25 000 AQSh dollari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oltin, kumush va bronza medallari olgan sportchilarga pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida valyuta mablagʻlarini sotib olish uchun soʻmdagi mablagʻlarni vakolatli tashkilotlarga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tashkilotlari ajratilgan soʻmdagi mablagʻlarni zarur valyuta mablagʻlari sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hisobiga oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ajratilgan summalar Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining konvertatsiya sanasidagi rasmiy almashtirish kursi boʻyicha belgilangan tartibda dollarga konvertatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida valyuta mablagʻlarini sotib oladi va sotib olingan mablagʻlar doirasida Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarga belgilangan tartibda jismoniy shaxslar uchun depozit valyuta hisob raqamlari ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. XXVIII Olimpiada oʻyinlarida erishgan yuksak natijalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida belgilangan tartibda jismoniy shaxslar uchun ochiladigan depozit valyuta hisob raqamlaridan, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan AQSh dollarida amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 316-modda)