O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-13]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/13-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Rezident banklarga chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa rezident tijorat banklarida ochiladi.”.
2. 31-bandning birinchi xatboshisidagi “vakolatli” degan so‘z “tijorat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 48-bandning “b” kichik bandidagi “vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga, agar ularning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa,” degan so‘zlar “tijorat bankidagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1948-13/0089-son)