Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2025 09.10.2017 yildagi 808-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2017 yildagi 808-son
Date of entry into force
11.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 477-sonli “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlar tarifini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish yuzasidan tadbirlarni tashkillashtirsin va amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
808-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 808-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, shuningdek yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha namoyishlari va demonstratsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bozorlar, yirik savdo, koʻngilochar, dam olish majmualari va markazlari hamda fuqarolar gavjum boʻladigan boshqa joylarda (keyingi oʻrinlarda fuqarolar gavjum boʻladigan joylar deb ataladi) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar shartnomaviy-huquqiy asosda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda PPX boʻlinmalari deb ataladi) tomonidan mazkur joylarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda yuridik shaxslar deb ataladi) bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq pulli asosda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlar yuzasidan shartnoma tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzish uchun yuridik shaxs tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlim)ga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, fuqarolar gavjum boʻladigan joyning nomi, manzili, bino va inshootlar hamda atrofidagi hududning sxemasi ilova qilingan holda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema asosida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi ariza tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) jamoat tartibini saqlash boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Arizani koʻrib chiqishda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) jamoat tartibini saqlash boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) yuridik shaxs bilan birgalikda fuqarolar gavjum boʻladigan joy koʻzdan kechiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, unda obyekt hududining chegarasi, PPX boʻlinmasi shaxsiy tarkibining talab etiladigan soni, xizmat xonalari, post va marshrutlarning joylashuvi, javobgarlik hududi, PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmat olib borish vaqti hamda tartiblari belgilanadi, shuningdek, shartnoma loyihasi ishlab chiqiladi.
(8-banbning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasida PPX boʻlinmasining xizmatini tashkil etishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun PPX boʻlinmasi shaxsiy tarkibining soni, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, shuningdek xizmatni oʻtash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ularni besh ish kunidan kechiktirmagan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasida obyektlar chegarasini, PPX boʻlinmasining javobgarlik zonalarini, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, soni hamda koʻrsatiladigan xizmatlar smeta qiymatini belgilashda jiddiy kamchiliklar aniqlanganda, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) mazkur kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish tartiblari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shartnoma loyihasi amaldagi qonunlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi uch ish kunidan oshmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish hamda PPX boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yuridik shaxslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shartnoma tuzish va PPX boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. PPX boʻlinmasi zimmasidagi vazifalarni qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgandan soʻng amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari PPX boʻlinmalari naryadlarining faoliyatini tashkil etish orqali koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. PPX boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash tuzilayotgan shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmatni olib borish tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi tomonidan yuridik shaxs bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fuqarolar gavjum boʻladigan joy bir nechta tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan taqdirda, PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmatni olib borish tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. PPX boʻlinmalari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshliqlari taqdimnomasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. PPX boʻlinmalarining boshqaruv apparati va komandirlar tarkibining umumiy soni (otryad, guruh komandirlari) shartnomalarga asosan ajratilgan shtat birliklarining toʻrt foizidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. PPX boʻlinmalarining amaldagi shartnomalar asosida kiritilgan shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ichki ishlar organlarining shartnoma asosida fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari koʻrsatish tariflari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ushbu tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoʻli bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining budjetdan tashqari maxsus hisob-raqamlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar xodimlarga oylik maosh berish, ularni moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish PPX boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash va yangilash uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 09/17/808/0081-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)