Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 23.09.2017 yildagi 753-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.09.2017 yildagi 753-son
Date of entry into force
04.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli “2021-2023-yillarda yoshlar uylarini qurishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yosh oilalar uchun uy-joylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi o‘rinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018 — 2020-yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylar qurish parametrlarini ilovaga* muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qayd etilsinki, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi o‘rinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badallar va foiz to‘lovlari “Yoshlar” uylari bo‘yicha Respublika komissiyasining tavsiyanomasiga asosan ipoteka kreditining butun davri davomida yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, mamlakat hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylarni taqsimlashning hamda ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishning shaffofligini ta’minlaydigan elektron tizimni 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va joriy qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
753-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/753/0048-son; 12.09.2019-y., 09/19/760/3731-son, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)